Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida yozuvçi, dramaturg, jurnalist Tölqin Muhiddin tavalludining 85 yilligiga bağişlangan ijodiy uçraşuv bölib ötdi. Tadbirni uyuşma raisining birinçi örinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi va adibga uyuşmaning esdalik sovğalarini topşirdi.

Uçraşuvda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining 1-örinbosari Şarof Ubaydullayev, “Işonç” va “Işonç — Doveriye” gazetalari boş muharriri Husan Ermatov, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalistlar — Şuhrat Jabborov, Aşurali Jörayev va boşqalar sözga çiqdi.

Yozuvçi va jurnalist Tölqin Muhiddin bugungaça 50 ga yaqin dramatik asar, önlab hikoya va qatralar yozgan. Ularning köpi gazeta va jurnallarda naşr etilgan. Radiolavhalar, telenovellalar tayyorlangan. Teatrlarda sahnalaştirilgan hamda kitob holida çop etilgan. Xususan, “Saodatning jasorati”, “Öçmas bitiklar”, “Qalbi qalbiga monand döstlar davrasi”, “Turmuş madaniyati”, “Qalbim közi bilan köraman sizni”, “Öğil bola gap”, “Teatr sanʼati zargari”, “Mehribonlarim” kabi badiiy kitoblari naşr qilingan.

Tölqin Muhiddin “Gulxan” jurnali, “Toşkent oqşomi”, “Işonç” va “Işonç—Doveriye”, “Közgu”, “Közgu XXІ”, “Nuroniy”, “Abu Ali ibn Sino”, “Qaldirğoç”  kabi qator gazetalarda  mehnat faoliyatini olib borgan.

“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining 1-örinbosari Şarof Ubaydullayev Tölqin Muhiddin ijodiy faoliyati, uning bugungi jurnalistika va adabiyotimizga qöşib kelayotgan öziga xos hissasini alohida qayd etib ötdi. Öz navbatida, adibga mustahkam salomatlik, oilaviy xotirjamlik va jöşqin ijodiy kuç tiladi.

— Tölqin aka xato va kamçiliklarimizni, yutuqlarimizni oçiq aytadigan mehribon ustozimizdir.  Har kelganida özlaridan mehr taratib ketadilar. Eng avvalo, “Işonç” gazetasini taşkil qilganlar va tahririyatda şunday iz qoldirganki, bugun biz, izdoşlar ana şu yölni davom ettirmoqdamiz.

Tölqin Muhiddin nafaqat yozuvçi va jurnalist, balki ilmiy sohada ham eʼtibor qozongan. U yigirmadan ziyod oliy taʼlim muassasalarida işladi. Uzoq yillar Sanʼat va madaniyat institutida dars berdi. Respublikada birinçi bölib, “Jurnalistika asoslari” öquv qöllanmasini naşr qildi. Keyinçalik professor Muxtor Xudoyqulov bilan hamkorlikda “Jurnalistikaga kiriş” darsligi, sanʼatşunoslik fanlari doktori, professor Muhabbat Tölaxöjayeva bilan hamkorlikda “Drama nazariyasi” öquv qöllanmasini yozdi.

— Faoliyatim davomida muharrirning talaş bölganini birinçi körişim, — dedi Aşurali Jörayev. — Tölqin akani, har bir gazeta bizning muharrir, deydi. Ustozning ilk muharrirlik qadami “Gulxan” jurnalidan boşlangan. Yanglişmasam, Tölqin aka 10 ta tahririyatda boş muharrir bölganlar. Bu inson kasbiga, hamkasblariga bölgan mehr-muhabbati bilan matbuotda öz izlarini qoldira olgan.

Tölqin Muhiddinning tarjimon sifatidagi xizmatlari ham eʼtirofga loyiq. Osiyo va Afrika yozuvçilarining ertak va hikoyalari örin olgan “Dastlabki uçqun”, Svyatoslav Saxarnovning “Qissalar”, Yuriy Dmitriyevning “Tabiat möʼjizalari”, Miyoko Matsutanining “Taroning toğlar ölkasidagi sarguzaştlari” kabi qator tarjima kitoblari şular jumlasidan.

Uçraşuvda bir qator gazeta tahririyatlari, hamkasblari va şogirdlari adibga esdalik sovğalarini topşirdi.

Maysara Nazarova,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan