Uzoq yillar davomida davlatimiz va xalqimiz manfaatlarini taʼminlaş yölida beminnat mehnat qilib, bugungi kunda farzandu nabiralar bağrida keksalik gaştini suribgina qolmay, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida faol iştirok etayotgan nuroniylarimizni har qança eʼzoz etsak, şunça kam. Ularning ibratli hayoti, fidoyi mehnat faoliyati, bosib ötgan şon-şarafli yöllari bugungi avlod uçun, çinakam maʼnoda, mahorat maktabi bölib xizmat qilişi şubhasizdir.
Ayni ezgu amaliy saʼy-harakatlar jarayonida faxriylarimiz uçun qator tadbirlar taşkillaştirilib, ularga nisbatan özgaça mehr-muruvvat va ehtirom körsatilmoqda. Ana şunday tadbirlardan biri Toşkent şahar Yunusobod tumanidagi keksalar, nogironligi bölgan şaxslar, uruş va mehnat faxriylarining “Nuroniy” sanatoriyasida bölib ötdi.
“Nuroniylar — doim eʼzozda” şiori ostida ötkazilgan mazkur “Uç avlod uçraşuvi” tadbirida respublikamizning barça viloyatlaridan dam oliş uçun taşrif buyurgan nuroniylar iştirok etdilar.
Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasining Şayxontohur tuman bölimi raisi Ravşan Abidov, tuman “Oqila ayollar” harakati rahbari Marhamat Yuldaşeva, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölinmasi rahbari Şirinboy Jumanov, faol nuroniylardan Javlon Ahmedov sözga çiqib, bugungi kunda mamlakatimizda nuroniylarga körsatilayotgan eʼtibor va uning öziga xos samaralari xususida töxtalib ötdilar.
Uçraşuv şeʼrxonlik va kuy-qöşiqlar bilan fayzga töldi. Nuroniy otaxonu onaxonlar davraga çiqib, dilbar qöşiqlarga quloç yozib, raqsga tuşdilar.
— Bunday tadbirlar nuroniylarimizga özgaça kuç beradi. Mazkur maskanda davolanib, dam olib, bir-birlari bilan yaqindan tanişgan, tajriba almaşgan nuroniylarimiz, albatta, öz joylarida tarğibot işlarini yanada jonlantiradilar, — deydi “Nuroniy” jamğarmasining Şayxontohur tuman bölimi raisi Ravşan Abidov.
Respublikamiz viloyatlaridan dam oliş uçun kelgan nuroniylar mazkur uçraşuvdan ulkan taassurotlar olib, ayni eʼtibor va eʼtirof uçun davlatimiz rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdilar. Qöllarini duolarga oçarkanlar, Yaratgandan yurtimizda tinçlik va farovonlik abadiy bölişini tiladilar.
Öz muxbirimiz.