Özbekiston xalq taʼlimi aʼloçisi, II darajali “Soğlom avlod uçun” ordeni, “Madaniyat va sanʼat fidokori”, III darajali “Mehnat faxriysi”, Özbekiston mustaqilligining 20-25-30 yilligi nişonlari sohibi Avezov Rajab Şodiyeviçni nafaqat Buxoro viloyati, balki respublikamizda ham yaxşi tanişadi.
Rajab Avezov 1950 yil 5 may kuni Ğijduvon tumanida tuğilgan. Buxoro davlat pedagogika instituti, hozirgi BuxDUning rus tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. Uzoq yillar maorif sohasida faoliyat yuritgan hamyurtimiz tuman bolalar va ösmirlar ijodiyoti markazi direktorligidan pensiyaga çiqqan.
U kişi istiqomat qilayotgan “Bobur” mahallasi 1979 yili taşkil etilgan bölib, odamlar köçib kelmasidan avval bu yerlar taşlandiq, şörxok hudud bölgan. Na bir imorat, na bir daraxt bölmagan. Hozirda esa tanib bölmas darajada özgarib ketgan. Köçalar obod, yöllar asfaltlangan, işlab çiqariş şoxobçalari, maktab va bolalar boğçalari mahallaning fayziga fayz qöşib turibdi.
Rajab aka pensiyaga çiqqaç, yaʼni 2014 yilda “Bobur” mahallasi fuqarolar yiğiniga rais etib saylandi. Mahallada iş boşlagan ilk kunlaridanoq odamlarning dardi bilan qiziqdi. Ularning xonadoniga borib, yaşaş şaroitlarini obdon örgandi. U iş boşlagan paytda mahalla tarkibida 1100 xonadonda 2500 ga yaqin oila istiqomat qilgan. Xulosa aniqki, öşa vaqtlarda har bir xonadonda, ayrimlarida esa uçtalab oila yaşagan. Rajab aka eʼtiborini ayni muammoga qaratib, ehtiyojmand oilalarga yangi uy-joy olib berişda kömaklaşdi.
Mahallada u paytlari içimlik suvi, zangori olov masalalari birinçi galdagi muammolardan edi. Rajab aka mazkur muammolarni hal qiliş yöllarini izlab topdi va ijobiy hal etdi. MFYga raislik qilgan davrida mahalla binosi taʼmirlanib, qayta jihozlandi, zamonaviy körinişga keltirildi. Bu işlarda mahallada istiqomat qilayotgan tadbirkor homiylarning hissasi katta, albatta.
Bugun Rajab Avezov nomini eşitganlar borki, u insonga öz hurmat-ehtiromini namoyon qiladi. Tabarruk 76 yoşida ham Rajab Avezov tinib-tinçimaydi. “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi taşkil etilgandan buyon uning işiga kömaklaşib keladi. Zarur maslahatlari bilan jamğarma faoliyatini yaxşilaşga hissa qöşadi. Turli yiğinlar, körik-tanlovlar uning iştirokisiz ötmaydi. “Keksalar maslahati” guruhi kengaşi raisi sifatidagi faoliyati ham eʼtirofga loyiq.
— Xalqimizda “Ustoz otangdek uluğ” degan maşhur ibora bor, — deydi Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömitaning Ğijduvon tumani bölimi xodimi Şahlo Maʼmurova. — Ota farzandini osmondan yerga tuşirişga qodir inson bölsa, ustoz ana şu farzandni osmonga kötaruvçi buyuk insondir. Ana şunday buyuk inson mening ilk ustozim, hayotda öz örnimni topa olişimda otalarça ğamxörlik qilgan Rajab Avezovdir. To hayot ekanman, heç bir mubolağasiz, bu insonni boşda tutaman. U kişining har bir ögiti, pand-nasihatini yon daftarçamga doimiy ravişda qayd etib borganman, ularni kundalik şiorimga aylantirganman. U kişining: “Sening har kungi rejang nimalarnidir daftarga qayd etiş emas, balki ana şu reja deb belgilagan vazifalaringni amalga oşiriş bölsin! Sen şunday yaşaginki, vaqti kelib, ötib ketganingdan keyin ham sening xayrli amallaringni birovlar yaxşilik bilan yodga olsin! Insonlar qalbida ezgulik, yaxşi xotira qoldirişga intil”, degan sözlari mana, yigirma tört yildirki, yölimni yoritib kelmoqda…
Rajab Avezov — ajoyib şoir. “Mutribo, sozingni çal, tanbur-dutoring yayrasin!” — deya boşlanuvçi qöşiqning matni aynan şu inson qalamiga mansubligini bilarmidingiz?! Bu şeʼr unutilmas qöşiq bölib, qariyb öttiz yildan buyon qirqqa yaqin qöşiqçi tomonidan kuylab kelinmoqda. Şoirimizning bu kabi ijod mahsullari qator kitoblarga jo bölgani ham bor gap.
Rajab aka muallim, sanʼatkor, şoir, bastakor, rejissyor. Tom maʼnoda, yuksak maʼnaviyatli inson. U kişining çin vatanparvarligi maktabda öqib yurgan kezlaridayoq namoyon bölgan. Hali ösmir yoşida, töğriroği, 14 yaşarligida özi öqiydigan maktab direktori Sayfiddin Rajabov uni yoniga çaqirib:
— Rubobni yaxşi çalar ekansan, biz bilan işlamaysanmi? — deydi.
Bola Rajab bundan şoşib qoladi:
— Men hali yoşman-ku! Qolaversa, buni otamdan söraşim kerak.
— Kimning bolasisan?
— Şodi Avezovning…
— E-e, ha-a! Şodi akaning öğliman de? Sen xöp, deyaver, otang bilan özim gaplaşaman…
Şu qisqa suhbatdan keyin bola Rajab öqituvçiga aylandi. U maktabdagi boşlanğiç sinf öquvçilariga musiqa fanidan saboq bera boşladi. Bu uning uçun hayotda öz örnini topa olişi, yuksalişi va elga tanilişida ilk qadam edi. Şu tariqa öqidi, örgandi, fidokorona mehnat qildi, tanildi, yuksaldi, el içida öz örniga ega böldi.
Samat DAMINOV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.