Umrimizning körkidur  piru badavlat keksalar,

Odamiylik  mulkida siz bizga ibrat, keksalar.

 

Oy kabi nurlar soçur baxtdan çaroğon yuzlari,

Osmondek bağri keng, sohib  saxovat keksalar.

 

Bu hayot böstonida çin mehribon boğbon ular,

Mehnatidan topgani  rohat-faroğat keksalar.

 

Jonajon farzandlariga dilda bor mehrin berib,

Söng nabiralar kamolin közlagan mard keksalar.

 

El aro siz  ezguliklar aylab  eʼzoz içrasiz,

Hur Vatanni yaşnatişga koni ğayrat keksalar.

 

Qari bilganni degaylar, pari bilmas heç qaçon,

Har muammoning ilojin topgay, albat, keksalar.

 

Bayramu töylarda vazmin, kamtarin töyboşisiz,

Oqilu  olijanob,  feʼli alomat keksalar.

 

Toğ kabi mağrur, uluğvor, köksida kek saqlamas,

Yaxşiliklar qilsa-da, qilmaydi minnat keksalar.

 

Siz — otamning otajoni, siz — onamning onasi,

Izlaringiz közga surtay, poyi jannat keksalar.

 

Siz duoga qöl oçib, omad  tilarsiz barçaga,

Dildagi orzu-umid bölgay  ijobat, keksalar.

 

Özbekona bu  muruvvat, aqlu huş,  odob uçun —

Taʼzim aylab aytajakmiz, sizga rahmat, keksalar!

 

Faxr etarmiz siz bilan, siz — nuri Iymon qalʼasi,

Borligingiz  özi  bizga  katta davlat, keksalar.

 

Aytadur Zikrillo: doim  tinç-omon bölsin zamon,

Baxtimizga siz böling soğu salomat, keksalar.

 

Zikrilla Neʼmat,

şoir, “Döstlik” ordeni, 1-darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni sohibi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan