Dunyoda şunday insonlar böladiki, ularning har bir işi — mahorat, aytgan sözi — ögit, yaşaş tarzi esa barça uçun ibrat. Şu maʼnoda aytiş mumkinki, yarim asrdan ziyod vaqt davomida el xizmati, vatan ravnaqi yölida kamarbasta böliş har kimga ham nasib etavermaydigan neʼmat, eʼzoz va ehtiromning yuksak namunasi sanaladi. “Nuroniy” jamğarmasi Namangan viloyati bölimi raisi, senator, xalq deputatlari viloyat kengaşi deputati, “El-yurt hurmati” hamda “Mehnat şuhrati” ordenlari sohibi Ikromxon Najmiddinov ana şunday fidoyi va zahmatkaş insonlardan biridir.
Ikromxon Najmiddinov özining 52 yillik faoliyati davomida qaysi sohada, lavozimda işlamasin, eng avvalo, oddiy insonlarning dardi va taşvişi bilan yaşaşni hayotiy maslagiga aylantirgan. Namangan viloyatida Ikromxon Najmiddinov saʼy-harakatlari bilan obod bölgan manzillar juda köp. Ularning har biri bugun viloyatning zamonaviy qiyofasiga körk qöşib turibdi.
Albatta, ustozning turli masʼuliyatli lavozimlarda amalga oşirgan va xalq xizmati yölida qilayotgan bugungi ezgu işlarining har biri alohida bir kitobga mavzu böladi. Zero, u kişi rahbarlik qilgan sohalarda öziga xos mahorat maktabi yaratilgan va ustozdan ögit olgan şogirdlar bugun mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi yölida fidoyilik bilan mehnat qilişmoqda. Salkam ön yildan buyon Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi raisi sifatida işlab kelayotgan Ikromxon Najmiddinov bugun Namangan viloyatidagi keksa avlod vakillarining çinakam suyançiği, maslahatgöyiga aylangan desak, mubolağa bölmaydi. Bu haqda gap ketsa, ustozning özi şunday deydi:
— Davlatimiz rahbari sönggi yillarda nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida alohida tizim yaratib berdilar. Keksalarimiz davlatimiz rahbarining mehri, eʼtibori va ğamxörligini har qadamda va har kuni his etmoqdalar. Xususan, bugungi kunda viloyatda istiqomat qilayotgan 273 ming 26 nafar nuroniy, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari, mehnat fronti faxriylari hamda 100 yoşdan oşgan tabarruk insonlar ham şukronalik bilan umrguzaronlik qilişmoqda. Davlatimiz rahbarining tegişli Qarorlari bilan sönggi uç yilda Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining har biriga alohida eʼtibor körsatilmoqda. Birgina 2025 yil davomida 197 nafar faxriyning uy-joyi taʼmirlab berildi. Oxirgi uç yilda muhtojligi aniqlangan 5 nafar uruş faxriysining xonadonlari obodonlaştirildi, ularga nogironlik aravaçalari va eşitiş moslamalari yetkazib berildi. 9 may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan faxriylar va halok bölgan harbiylar oilalariga moddiy yordam va sovğalar berilişi taʼminlandi. “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi va tibbiyot tizimi hamkorligida 2025 yilda 65,2 ming nafar nuroniy tibbiy körikdan ötkazilib, ularning 19,3 ming nafari imtiyozli davolandi. Jumladan, ötgan uç yil davomida faxriylarga 3 ming 199 ta nogironlik aravaçasi va boşqa tibbiy moslamalar, protez-ortopedik jihozlar olib berildi. Şuningdek, 3 ming 488 nafar nuroniy sanatoriylarda imtiyozli dam olgan bölsa, 216,8 ming nafardan ziyod fuqaroning yurtimiz böylab ziyoratgoh va boşqa turdagi muqaddas qadamjolarga sayohati taşkil etildi.
Darhaqiqat, Ikromxon Najmiddinov rahbarligida Namangan viloyatida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş böyiça noyob tizim yaratildi. Respublikada birinçilardan bölib eng faol nuroniylar saralab olinib, uyuşmagan aholi va muammoli yoşlarga biriktirildi. Prezidentimiz taşabbusi böyiça yölga qöyilgan “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosida 2025 yilda 2 ming 243 nafar nuroniyga 22 ming 430 nafar muammoli yoş biriktirildi va ularning 99,8 foizining muammolari hal etilib, yoşlar jamiyatda öz örniga ega bölişdi. Mazkur körik-tanlovning respublika bosqiçi Namangan şahrida ötkazilib, viloyatimiz vakili 1-örinni egallagani bu boradagi işlarning yuksak eʼtirofi böldi. Şu bilan birga, davlatimiz rahbarining 2024 yil 25 noyabrdagi “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, ötgan yilda viloyat böyiça 19761 ta kambağal oilaga nuroniylar biriktirilib, bu oilalarning 85,4 foizi kambağallikdan çiqarildi.
Şuningdek, Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengaşi deputati sifatida Ikromxon Najmiddinov saylangan okrugida 650 nafar fuqaroni qabul qilib, içki yöllar va içimlik suvi taʼminoti kabi köplab oğriqli muammolarni hal etdi. Uning bevosita taşabbusi bilan Töraqörğon, Yangiqörğon, Norin va Pop tumanlarida “Nuroniy” jamğarmasining boğ va tokzorlari taşkil etildi. Bu esa tizimning moliyaviy barqarorligini taʼminlaşda muhim omil bölmoqda. Şuningdek, viloyatning barça tumanlarida zamonaviy “Nuroniylar maskani” barpo etildi.
Bugungi kunda xar bir yönaliş va sohalarga biriktirilgan nuroniylarning tizimli iş taşkil etişlari natijasida viloyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligi yanada yaxşilandi. Uyuşmagan aholi va yoşlarni ekstremistik oqimlar taʼsiriga tuşib qolişi kamaydi hamda noqonuniy migratsiya salmoği qisqardi. Yoşlarni dars va maşğulot vaqtida öz örinlarida bölişlari taʼminlanib, ular örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarlik kamaymoqda. Eng muhimi, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida nuroniylarning roli sezilarli darajada ortib bormoqda. Bugun Namangan tajribasi sifatida eʼtirof etilayotgan tizimli islohotlar zamirida katta hayotiy maktab egalarining mehnati mujassam.
Özining fidoyiligi, boy hayotiy tajribasi va jonkuyarligi bilan keng jamoatçilik örtasida yuksak hurmat qozongan, faol fuqarolik pozitsiyasi va amalga oşirayotgan xayrli işlari bilan namuna bölib kelayotgan Ikromxon Najmiddinovni namanganliklar ustoz deb qadrlaşadi. Çunki Ikromxon Hoşimxonoviçning har bir ezgu saʼy-harakatlari zamirida, eng avvalo, ona yurtga muhabbat, insoniylik, yuksak madaniyat va şogirdlarga bölgan mehri mujassam. Qahramonimizning hayot yöli nafaqat rahbarlik masʼuliyati, balki zamondoşlarining eʼtirofi va şogirdlarining minnatdorçiligi bilan yanada munavvardir.
— Elga xizmat qiliş, el-yurt işiga kamarbastalik inson umrini saodatga burkaydi, — deydi Namangan viloyati hokimligi huzuridagi Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari xodimlarining malakasini oşiriş böyiça öquv markazi direktori, xalq deputatlari viloyat Kengaşi deputati Rahmonjon Egamberdiyev. — Ustoz Ikromxon Hoşimxonoviç Najmiddinov heç mubolağasiz ana şunday fayzli umr sohiblaridan biridir. Men ustozning yuksak madaniyati, ilmu salohiyati va odamiylik fazilatlarini, ayniqsa, işga bölgan fidoyiligini alohida qadrlayman. U kişining har bir muloqot va muomalada yuksak madaniyatni hamroh bilib, boy tajribaga tayanib iş yuritişlari biz, yoş rahbarlar uçun alohida ibrat maktabidir. Bu fazilatlar Ikromxon Hoşimxonoviç tuman, viloyat va respublika darajasidagi yuqori idoralarda işlagan vaqtlarida ham soha xodimlarini birdamlik va hamjihatlikka, ezgu maqsad yölida birlaşişga unday olgan. Ezgulikka oşno, el xizmatini oliy maqsad deb bilgan ustozga şogird ekanligimdan, u kişi bilan zamondoş va hamfikr bölib kelayotganimdan faxrlanaman. Muborak 75 yoşni qarşi olayotgan bölsalar-da, faoliyatlaridagi şijoat xuddi 50 yoşli insonlarnikidek baland. Işonamanki, ustozimiz el-yurt uçun hali köp ezgu işlarni amalga oşiradilar.
— Men Ikromxon Hoşimxonoviçning butun mehnat faoliyatini yaqindan bilaman, — deydi köplab davlat mukofotlari, orden va medallar sohibi Botirali Ikromov. — Ikromxon qaysi sohada, qanday lavozimda işlamasin, öz vazifasiga doimo yuksak masʼuliyat va talabçanlik bilan yondaşadi. Yuksak madaniyatli inson. Bu fazilat, avvalo, uning muomalasida körinadi; şunça yil içida biror kişiga qöpollik qilganini yoki qattiq gapirganini eşitmaganman. Şuningdek, uning kitobxonligi va bilimdonligiga köpçilik havas qiladi. Bugun ham xotirasi tiniqligi bois, öqigan maʼlumotlarini aniq manbasi bilan aytadi va suhbatdoşini ham mutolaaga tarğib qiladi. U qatnaşgan davralarda suhbatlar hamişa fayzli va mazmunli ötadi.
Dengiz sathidan 800-900 metr balandlikda, şimolning injiq iqlimida paxtadan baraka topiş oson emas. Ammo Hoşimxon ota yaratgan intizom va mehnat muhiti har yili rejani ortiği bilan bajariş imkonini berardi. Ikromxon Najmiddinov mana şunday tabarruk zotning munosib davomçisidir. Yetmiş beş yoşlik muborak dovonga kelgan bölsa-da, Ikromxon hamon serğayrat va taşabbuskor.
Darhaqiqat, xalqning duosi va eʼtirofi har qaysi inson uçun eng oliy mukofotdir. Şu maʼnoda, inson umrining gözalligi faqat yaşab ötilgan yillar bilan emas, balki öşa yillar içida qilingan xayrli işlar va odamlar qalbida qolgan iz bilan çambarças boğliq. Ikromxon Hoşimxonoviçning 75 yillik yubileyi esa Namangan ahli va yurtimiz uçun fidoyilik hamda sadoqatning öziga xos tantanasi böla oladi. Boisi, ustozning bugungi serğayrat faoliyati, yoşlarga xos şijoati va tinimsiz izlanişlari bundan keyin ham yurtimiz ravnaqi uçun uzoq yillar xizmat qilişidan dalolatdir.
Hamroxon Musurmonova.