1 oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi, Özbekiston Paralimpiya qömitasi hamda Özbekiston sport taşkilotlari faxriylari Kengaşi hamkorligida  sport va jismoniy tarbiya, olimpiya va paralimpiya harakati rivojiga köp yillar davomida munosib hissa qöşib kelayotgan 30 nafardan ziyod sport faxriysi iştirokida tantanali tadbir taşkil etildi.

Bayram tadbirida sport sohasida köp yillik mehnati, boy tajribasi va fidoyiligi bilan yoş avlodga ibrat bölib kelayotgan faxriylarga alohida ehtirom körsatildi. Ular bilan bir piyola çoy ustida dildan suhbat qurilib, samimiy tilaklar bildirildi va esdalik sovğalari topşirildi.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Sport vaziri maslahatçisi Şarifjon Möminjonov va Özbekiston Paralimpiya qömitasi Boş kotibi Farruh Ahmedovlar iştirok etdilar.

Uçraşuv davomida sport faxriylarining mamlakatimiz sporti taraqqiyotidagi munosib örni, ularning yillar davomida orttirgan boy tajribasi, yoş sportçilarni tarbiyalaşdagi xizmatlari alohida eʼtirof etildi.

Darhaqiqat, bugun xalqaro maydonlarda yurtimiz şarafini munosib himoya qilayotgan, nufuzli musobaqalarda yuksak natijalarni qölga kiritayotgan sportçilarimizning har bir ğalabasi zamirida fidoyi ustoz va murabbiylarning maşaqqatli mehnati, sport faxriylarining köp yillik tajribasi va ular yölga qöygan ezgu anʼanalar mujassamdir.

Samimiy muloqot davomida faxriylar taşkilotçilarga öz minnatdorliklarini izhor etdilar. Ular mamlakatimiz sportçilariga yirik musobaqalarda  yuksak çöqqilarni zabt etiş, Vatanimiz bayroğini xalqaro sport maydonlarida yanada baland kötarişlarini tiladilar.

Bunday uçraşuvlar  sport faxriylariga körsatilayotgan ehtiromning yorqin namunasi bölib, avlodlar örtasidagi maʼnaviy boğliqlikni mustahkamlaş, yoş sportçilarni ustozlar anʼanalariga sodiqlik hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalaşda  muhim ahamiyat kasb etadi.

Botirjon ISMAILOV.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan