Karmana — Navoiy viloyatidagi qadimiy şaharlardan biri. Tarixiy manbalar hamda tuman hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarga köra, mutaxassis olimlar şahar örni va uning yon tevaragidagi yerlarda toş davri, yaʼni mustye (miloddan oldingi 150-40 ming yilliklar) bosqiçidan boşlab, aholi yaşagan, degan xulosaga kelişgan. Negaki, şahar yaqinidagi Qalqonota va undan sal naridagi Uçtut qişloqlari örnida öşa davrga oid toş qurollar yasagan ustaxonalarning lahmlari topilgan.
Ayni paytda, Karmana tumani viloyatning iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgan yetakçi tumanlaridan hisoblanadi. Hozirda 39 ta mahalla fuqarolar yiğini hududida 160 578 nafar aholi istiqomat qiladi. Ulardan 78 019 nafari erkaklar bölsa, 82 559 nafari ayollar. Orasida 14 897 nafar nuroniylar bor. Ana şu keksa avlod vakillarining 6 554 nafarini erkaklar, 8 343 nafarini ayollar taşkil etadi.
— Bugungi kunda mamlakatimizning barça hududlarida bölgani kabi tumanimiz nuroniylari ham kundan-kunga faollaşib borişmoqda, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Karmana tumani bölimi raisi Ötkir Rajabov. — Mamlakatimiz Prezidentining 2024 yil 25 noyabrdagi “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 405-sonli qarori ham nuroniylarimiz zimmasiga yangi masʼuliyat yukladi. Ötgan yili 43 ta mahalla fuqarolar yiğinidan “Keksalar maslahati” guruhi rahbarlari bilan birga, 129 nafar har tomonlama faol nuroniylarni kambağallik röyxatiga kiritilgan 551 nafar oilaga biriktirdik. Faol nuroniylar tomonidan olib borilayotgan işlarni tizimli nazorat qiliş uçun tuman “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi aʼzolari bilan maslahatlaşib, 39 ta mahallani (bir-biriga yaqin) 8 ta hududga böldik va faol nuroniylar olib borayotgan işlarni umumlaştirib, har çorakda “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimiga maʼlumot taqdim etişni yölga qöydik. Şuningdek, turli soha vakillarini öz içiga olgan 17 kişidan iborat “Nuroniylar jamoatçilik kengaşi” ham işlab turibdi. “Keksalar maslahati” guruhi rahbarlarining olib borayotgan işlariga qarab, har çorakda rağbatlantirib boryapmiz.
Tumandagi “Beşkent” mahallasida bölib, faol nuroniylar hamda mahalla oqsoqollari bilan uçraşdik. Mahalla fuqarolar yiğini binosi 2021 yilda “Taşabbusli byudjet” platformasi “Obod mahalla” dasturi asosida 250 million söm mablağ hisobiga qurilgan ekan. Bugun uşbu maskanda “mahalla yettiligi”ga yelkadoş bölayotgan “Keksalar maslahati” guruhi rahbari va ikki nafar faol nuroniyga ham kambağallik röyxatiga kiritilgan oilalar bilan jiddiy şuğullanişi uçun alohida xona ajratib berilganini körib, mahalla raisiga minnatdorlik bildirdik.
Ayni paytda mahallada 668 ta xonadonda 889 ta oila istiqomat qiladi. Aholi soni 3 395 nafar. Ular orasida 525 nafar 60 yoşdan oşgan nuroniylar bor. Mahalla yetakçisi Kamoliddin Qurbonovning aytişiça, mahallaning piru badavlatlari Davron bobo Rajabov bilan Qudrat bobo Asadovlar 90 yoşni qarşilabdilar. Nigora momo Jörayeva esa 93 yoşga kiribdi. Davron bobo Rajabovdan hol-ahvol söraş, duo oliş maqsadida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Ötkir Rajabov hamda mahalla “Keksalar maslahati” guruhi rahbari Salim Qurbonov bilan otaxonning xonadoniga bordik. Hayotining 40 yildan ziyodini yoş avlodga bilim, tarbiya berişga baxşida etgan muallimni darvozaxonasida uçratdik. Hamrohim — mahalla nuroniylari rahbari maqsadimizni aytgaç, ustozning çiroyi oçilib, yurtimizga tinçlik, farovonlik, Prezidentimizga tansihatlik, xalqimizga omonlik tilab, duolar qildi.
“Keksalar maslahati” guruhi rahbariga biriktirilgan, kambağallik reyestrida turuvçi Şahnoza Kenjayeva tibbiy körikdan ötkazilib, ikki nafar farzandining qöşimça repetitorlik kursiga qatnaşi uçun homiy topib berilibdi.
Kambağallik reyestrida turuvçi yana bir oila boşliği Otabek Imomov qurilişda işlayotgan çoğida tepadan boşiga qattiq predmet tuşib ketib, oğir jarohat olgani tufayli mehnat qiliş qobiliyatini yöqotgan ekan. Şu bois, şifokorlar tavsiya etgan dorilarni muntazam içib yurişga ehtiyojmandligi tufayli unga “Saxovat va kömak” homiylik jamiyati tomonidan 1,5 million sömlik dori-darmon, iş bilan maşğul bölişi uçun mahalla tomonidan makka donidan bodroq tayyorlaydigan apparat xarid qilib berilibdi. Farzandlariga kiyim-keçak olişga bir million söm pul, oziq-ovqat mahsulotlari, “Nuroniy” jamğarmasi tarafidan öquv partasi, stul, sport formasi va krossovka ham berilibdi. Mahalladagi Qosim Şayx jome masjidi imom-xatibi Bektoş Hakimov homiyligida uç xonali barça şaroitlarga ega yangi uy-joy qurib berilganini eşitib, juda xursand böldik.
Faol nuroniy Muzaffar Rustamov ham yana bir kambağallik reyestridagi oila vakilasi Aziza Aşurovani tibbiy körikdan ötkazib, ijtimoiy ahvolini önglaş uçun 15 million söm imtiyozli kredit mablaği olişiga kömaklaşibdi, yaşaş xonadonini dezinfeksiya qildiribdi. Boşqa bir kambağal oiladagi Latofat Kenjayevaning yaşaş xonadonini homiylar yordami bilan 60 million söm mablağga taʼmirlanibdi.
Tumanning “Kalovot” mahallasida bölganimizda, fuqarolar yiğini raisi Gulnoz Şodiyeva mahallada 7 245 nafar aholi istiqomat qilişini, şundan 682 nafari nuroniylar ekanini aytdi. Öşa keksalardan Zuvaydullo bobo Bozorov 91 yoş, Muxtor bobo Turobov 93 yoş, Mahmud bobo Ziyayev 94 yoş, Orzi bobo Röziyev 96 yoşda ekaniga alohida urğu berdi.
Bu mahallada faol nuroniylar — Rözigul Bahronova bilan Barno Uzoqovga 5 nafardan kambağal oila biriktirilgan ekan. Uşbu nuroniylar ham özlari masʼul bölgan oilalarning maktabda öqiydigan farzandlariga “Nuroniy” jamğarmasi tomonidan berilgan öquv partasi, stul hamda sport kiyimlarini yetkazib beribdi. Oqsoqollar bilan birga, Maftuna Yuldoşevaning oilaviy ahvoli bilan tanişdik. Maftuna boquvçisini yöqotgani uçun yoş bolasi va közi ojiz onasi bilan birga turar ekan. Uning xonadoniga mahalla tavsiyasi bilan “Xazna” bozor savdo taşkiloti quyoş panellari örnatib beribdi. Maftuna homiylik yordami körsatgan insonlarga minnatdorlik bildirib: “Ötgan oyda ehtiyojimdan ortiq elektr energiyani 750 ming sömga davlatga sotdim. Pulini darhol plastik kartamga taşlab berişdi”, — dedi mamnuniyat bilan. “Xazna” taşkiloti Maftunadan taşqari, “Kalovot” köçasida yaşovçi Mahliyo Ravşanova hamda “Boğimurod” köçasida istiqomat qiladigan Said Mirzayevning xonadoniga ham xuddi şunday quyoş panellari örnatib berganini eşitib, korxona biznesiga baraka tiladik. Faollar aralaşib, kambağal oila Nargiza Nabiyevaning uyini viloyat soliq boşqarmasi homiyligi bilan 100 million sömga kapital taʼmirlatibdi. “Gulobod” köçasida yaşovçi Sevdiyor Qodirov hamda “Toşkent” köçasida turuvçi Nargiza Jörayevaga tuman hokimligi 2 boşdan ona sovliq qöy xarid qilib beribdi. Bunday misollarni yana köplab keltiriş mumkin. Şu tariqa, mahalla faol nuroniylari birinçi yarim yillikda reyestrga kiritilganlarning hammasini röyxatdan çiqaribdi.
“Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi va mahalla “Keksalar maslahati” guruhi rahbari bilan mahallaning eng yoşi uluğ qariyasi 96 yoşli Orzi bobodan hol-ahvol söragani xonadoniga bordik. Otaxon hovlisidagi mevali daraxtlarga şakl berayotgan ekan. Darvozaxonasida köriniş berişimiz bilan qölidagi arra va tok qayçini bir çetga qöyib, bizni şirin kalom ila qarşilaş bilan birga, qölimizni qattiq siqib, otalarga xos iliq söraşdi. Boboning bardamligi, şu yoşida ham jismoniy harakatlar qilayotganini körib, ruhiyatimiz kötarildi. Mahalla nuroniylarining oqsoqoli Röziqul aka Jabborov: “Ollohga şukr, bobomiz hali tetik. Tinmay yurtimizga tinçlik, xalqimiz dasturxoniga maʼmurlik tilab, duolar qiladilar”, — dedi.
— Albatta, duo qilaman-da, umrimning 6 yili, mayli, bolalikka ketsin, lekin 90 yildan beri men bunday xalqparvarlikni, xalqni rozi qilişni öylaydigan bunday Prezidentni körmaganman! Qança rahbarlar ötdi, ammo birortasi yetim-yesirning, kambağalning boşini silagan emas! Buni hammamiz körib, bilib turibmiz-ku, ilohim, Yurtboşimiz hamişa omon bölsin, el-yurtimiz yanada obod bölaversin! — dedi Orzi bobo.
Karmana tumanining “Dörmon” mahallasida ham nuroniylar faol iş olib borişmoqda. “Xudoga şukr, nuroniylarimizning kayfiyatlari yaxşi. Mahallamiz tinç, mayda qonunbuzarlik, jinoyatçilik holatlari yöq. 2 ta ajrim yoqasiga borgan oila bor edi, yaraştirib qöydik”, — deydi onaxonlardan biri. Men bu istarali onaxonni tanidim. U kişi 2023 yilda “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” körik-tanlovining viloyat bosqiçida birinçi örinni egallab, Respublika bosqiçida iştirok etgan “Dörmon” mahallasi “Keksalar maslahati” guruhi rahbari Gulnora Jabborova edi.
Suriştirsam, Gulnora Rajabova hamda faol nuroniylar Röziboy Xolboyev va Rohila Qulmatova özlari masʼul bölgan 15 nafar kambağal oilaga har tomonlama maʼnaviy, moddiy, amaliy yordam körsatib, turmuş şaroitlarini farovonlaştirişga tutinibdilar. Jumladan, Sarvinoz Jörayevaning 2 nafar farzandiga amaliy yordam berişdan taşqari, özini “Dörmon” kafesiga işga joylaştirişibdi. Xolida Ravşanovaga davolaniş uçun viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasidan order olib berişibdi. Mohiçehra Fayzullayevani issiqxona xöjaligiga işga ötkazibdi. II guruh nogironi Zokir Jumayevning yaşaş xonadoni “Dörmon” jome masjidi imom-xatibi Olim hoji Eşnazarov homiyligida kapital taʼmirlanibdi va xonadoni tomiga “Xazna” bozor savdo taşkiloti tomonidan quyoş panellari örnatib berilibdi. Boquvçisini yöqotib, bir farzand bilan qolgan Nozigul Namozovani “Diydor” kafesiga işga kiritib, bolasini mahalla hisobidan boğçaga joylaştiribdi. Şu tariqa, dörmonlik faol nuroniylar özlariga biriktirilgan 8 nafar kambağalni röyxatdan çiqaribdi. Ayni paytda qolgan 7 nafar kambağalni ham reyestrdan çiqarişga harakat qilişayotgan ekan.
Karmana tumaniga qilgan safarimiz çoğida 39 nafar “Keksalar maslahati” guruhi rahbarlari va 117 nafar faol nuroniylar mahallalardagi kambağal oilalarni reyestrdan çiqariş uçun bir qator ibratli işlarga qöl urganiga, ularning fidoyilik bilan olib borayotgan tizimli işlari natijasida qança-qança xonadonlar va köngillar obod bölayotganiga guvoh böldik.
Xudoyberdi Navröz,
“Nuroniy” muxbiri.