Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yoşi uluğ insonlar köpçilikni taşkil qiladi. Ularning ibratga töla hayoti va faoliyati barçamiz uçun öziga xos tajriba maktabi bölib xizmat qiladi, desak, aslo mubolağa qilmagan bölamiz.
Ana şunday möʼtabar onaxonlardan biri “Amir Temur” MFYga qaraşli Töqmoq qişloğida istiqomat qilib kelayotgan 101 yoşli Maryam ona Nizayevadir.
Maryam ona 1924 yilda Rossiyaning Ufa şahrida tuğilgan. Inson taqdiri turli sinov va maşaqqatlarga töla bölarkan. 1942 yilda Ikkinçi jahon uruşi sababli onaxon oilasi Rossiyadan Özbekistonga evakuatsiya qilingan.
Maryam aya Ikkinçi jahon uruşida fidoyilik bilan xizmat qilgan turmuş örtoği Zokir Gaynatullayev bilan birgalikda uç qiz va uç öğilni voyaga yetkazib, barçasini uyli-joyli qilişgan.
Bugungi kunda onaxonning 21 nafar nevarasi, 50 nafar çevarasi va 3 nafar evarasi bor.
Onaxon qişloq ahlining yuragidan mehnatsevarligi, pazandaligi, çaqqon va epçilligi, şu bilan bir qatorda, öziga xos donişmandligi bilan çuqur joy olgan.
Yoşi uluğ onaxon har bir lahzasi, körgan-keçirganlari, bugungi dorilomon kunlar uçun çin dildan şukrona aytadi. Farzandlariyu nevara-çevaralari va qişloq ahliga doimo özining insoniylik ögitlarini berib boradi. Vatanni seviş, ona yurtga çin dildan xizmat qiliş, halol bölişni uqtiradi.
Yurtimizda yuzdan oşgan tabarruk inson — Maryam ona Nizayeva kabi fariştasifat momolarimiz bor ekan, ularning duolari bilan mamlakatimizning gullab-yaşnaşi, xalqimizning yanada farovon bölişiga aslo şubha yöqdir.
Bahodir Qiliçev.