Sölim Namanganning Kosonsoy tumanida 106 yoşli, hammaga örnak böladigan hayot yölini bosib ötgan, şu tabarruk yoşida ham tinib-tinçimaydigan hamdamova Boltijon ona yaşaydilar.

Aya hamon ğayrat-şijoatli, hali-hanuz uy-rözğor işlarimi, nevara-evaralarga qaraşmi, hamma işga yordam berib ketaveradilar. Bundan taşqari, mahallaning faol nuroniylari bilan birgalikda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yaraştiriş, xotin-qizlarni tarbiyalaş, öquvçi qizlarga odob-axloq saboqlarini berişda faollik körsatib kelmoqdalar. Ularning yordami va saʼy-harakatlari bilan mahallalardagi ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar yaraştirildi.

Mahalla ayollari, qöni-qöşnilar onaxondan maslahat oliş, yöl-yöriq söraş uçun tez-tez çiqib turişadi. Onaxon maslahati va yordamlarini heç kimdan ayamaydilar. Xonadoni har doim kelib-ketuvçilar bilan gavjum, fayzli. “Mehnatdan qoçmanglar, bolalarim, mehnat odamni öldirmaydi, uluğlaydi. Çin yurakdan, mehr bilan qilingan iş heç qaçon mukofotsiz qolmaydi. Har doim yuzingizni yoruğ, hurmatingizni baland qiladi. Esimni taniganimdan buyon mehnat qilaman. Alloh uzun va barakali umr bergani, elda aziz qilib qöygani şundan”, — deydi onaxon ziyoratga kelganlarga.

Onaxon töliqsiz örta maʼlumotni Çust tumanidagi Rudakiy nomidagi maktabda olganlar. Ikkinçi jahon uruşi yillarida front ortida fidokorona mehnat qilib, yaxşi kunlardan umid qilib yaşaganlar. Frontdan keyingi tiklaniş davrida ham qişloq xöjaligi sohasida faoliyat olib borib, davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yölida sidqidildan mehnat qilganlar. Bugungi kunda barça qilgan mehnatlarining rohatini körib, elning eʼzozida umrguzaronlik qilmoqda. Mehnatlari eʼtirof etilib, “Mahalla iftixori” kökrak nişoni bilan taqdirlangan.

Boltijon onaning olti nafar farzandi, 22 nafar nabirasi, evarayu  çevaralari bor. Yuz yoşdan oşib, bugungi kunda ham tetik, bardam onaxon barça yöqlab keluvçilarni duo qiladi. Duolarida bugungi dorilomon kunlarga şukronalik, yoşlarga insof, yurtga tinçlik-xotirjamlik sörab çarçamaydilar.

Asolat AHMADQULOVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan