Kitob insonning eng sodiq dösti, beminnat maslahatçisi, yolğiz kunlarIning yöldoşi, bilimlar xazinasining kaliti ekanligi haqida köp va xöp gapirilsa-da, sönggi yillarda “Yoşlar kitob öqimay qöydi” degan gapni köp eşitamiz. Şu örinda yana bir savol örtaga çiqadi: Ota-onalar kitob öqiyaptimi? Oila davrasida, turmuş taşvişlaridan ortib, badiiy asarlar muhokama qilinyaptimi?

Navoiy viloyati Nurota tumani “Ğafur Ğulom” mahallasida istiqomat qilayotgan 85 yoşli Nizomiddin ota Karomov bilan suhbatimiz şu savollar atrofida keçdi.

Nizomiddin ota uzoq yillar marmar konida işlab nafaqaga çiqqanlar, mahalla-köyda nimaiki tadbir, marosim, maʼrakalar bölsa, boş-qoş. Yettita farzandi özidan tinib, uvali-juvali bölib ketgan, nevara-çevaralar, evaralari özlaridan köpayib, bir mahalla bölgan…  Otaxonning özi tumandagi uçta kutubxonaning doimiy, faol aʼzosi. Vaqt topdi degunça, darrov qöllariga kitob oladilar, mutolaa qilişdan heç qaçon zerikmaydilar, töxtamaydilar.

— Bolaligimda adirlarda, daştlarda qöy boqardim. Keng dala, suhbatdoş yöq. Keçgaça qöylar ortidan yurib, özim bilan özim sözlaşib rosa zerikardim, — deydi Nizomiddin ota Karomov. — Şunday kunlarning birida ustozimning topşiriği bilan maktab kutubxonasiga kirdim va “Göröğli” dostoniga közim tuşdi. Şu dostondan bir parça eşitgandim. Davomiga rosa qiziqib qoluvdim. Kitobni qanday olib öqiş mumkinligi haqida sörab bilib oldim va şu kuni kutubxonaga aʼzo böldim. Dars tugagaç, uyga şoşildim, keyin dalaga. Kitobni qöltiğimga qistirdim, belimga bir burda non boğladim. Dalada qöylarni ötlaşga yoydimu, kitobni öqişni boşladim. Keçgaça “Göröğli” dostonini öqidim. Kunning qanday keç bölganini sezmadim. Ğira-şirada uyga qaytar ekanman, xayolimda faqat dostonning davomi. Bilasiz, “Göröğli” turkum dostonlari yuzga yaqin xilma-xil mazmundagi asarlarni özida birlaştirgan ulkan silsila. Uşbu silsilaga oid dostonlarda afsonaviy xalq bahodirining tuğilişi, yoşligi, ozodlik ölkasi Çambil şahrining bunyod etilişidan boşlab batafsil öquvçiga tuşuntiriladi. Dostonlarning asosiy ğoyasi qahramon va sevimli yor sadoqati, ota-ona va farzand burçi, birodarlik va döstlik masalalaridan bahs yuritadi. Ifodasining serböyoqliligi, jozibadorligi bilan kitobxonni öziga rom etadi.

Şunday qilib, kitobning sehrli olamiga kirib keldim. Qaçon, qayerda bölmay, qölimdan kitob tuşmasdi. Yigirma yildan köp qöy boqdim. Kitob doimiy hamrohim böldi. Keyinçalik marmar koniga işga kirdim. Baribir kitobni qölimdan qöymasdim. Dam oliş damlaridami, ovqatlaniş soatlaridami, vaqt topdim degunça, kitobga yopişardim. Qiziqib ketganimdan baʼzida ovqat yeyiş ham esimdan çiqib ketardi. Bugungaça qança kitob öqiganimni ham bilmayman… çunki ular juda köp. Halq dostonlari eng sevimli kitoblarim. Alişer Navoiy asarlari, “Payğambarlar tarixi”, “Qobusnoma”, Çingiz Aytmatov, Tohir Malik asarlari eng yaxşi körib öqiydiganlarimdir. Çet el adabiyotidan ham köplab kitoblarni mutolaa qilaman. Tarjima qilinmagani bölsa, rus tilida ham öqiyman. Asar tarjima qilingan bölsa, baʼzan asl manbasiga murojaat qilaman. Masalan, Lev Tolstoyning “Uruş va tinçlik” romanini asl manbasida öqib çiqdim. Bu menga tarjimasidan ham köproq yoqdi. Şundan keyin asarlarni asl manbasi bilan öqişni örgandim”.

Otaxon öz uyida kutubxona taşkil etgan. Xontaxtaning ustida öqişga tayyorlab qöyilgan kitoblarga köz yugurtiraman: Doktor Oiz Qarniyning “Ökinma”, Gabriel Garsia Markesning “Yolğizlikning yuz yili”, “Buzrukning kuzi”, Ötkir Hoşimovning “Ikki eşik orasi”, Tohir Malikning “Odamiylik mulki”…

Meni, ayniqsa, hayratga solgani — otaxon şu yoşidayam közoynaksiz kitob öqiydilar!

— Kitob eng sodiq döst, yaxşi-yomon kuningda yoningda hamdam, yaxşi maslahatçi, ajoyib suhbatdoşdir. Köp yaqinlarim, döstlarim dunyoni tark etib ketdilar. Yolğizlikdan qiynalgan damlarimda ham şu kitoblar sirdoşim böldi, — deydi Nizomiddin ota Karomov.

Kitobxon otaxonning oilasida tarbiya topgan farzandlar ham hayotda öz örinlarini topib, allaqaçon nafaqaga çiqib ketganlar. Nabiralari, evaralari bugungi kunda jamiyat hayotida faol. Hammasi kitobxon, öz fikri, öz dunyoqaraşiga ega insonlar. Bunga sabab esa, oila boşliğining kitobxon ekanligida, deb bemalol aytiş mumkin.

Asolat AHMADQULOVA.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan