Atoqli jurnalist,  “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi, “Nuroniy” jamğarmasi Respublika boşqaruvi raisining birinçi örinbosari  Şarof Ubaydullayevni 83 yoşga tölişi munosabati bilan “Nuroniy” jamğarmasi Respublika Boşqaruvi hamda keng jamoatçilik qizğin qutladi.  

Şarof Ubaydullayev Özbekiston Kasaba uyuşmalari Federatsiyasining “Özbekiston kasaba uyuşmalarining 120 yilligi” esdalik nişoni bilan taqdirlanib, uning uzoq yillik mehnat faoliyati, keksalarni ardoqlaş, mamlakatimiz taraqqiyoti yölida munosib xizmat qilgan davlat va jamoat arboblarining hayoti va faoliyatini yoşlarga keng tarğib etiş yölidagi ezgu işlari alohida eʼtirof etildi.

Şarof Ubaydullayev 1943 yil 17 yanvarda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tuğilgan. Jizzax şahridagi 3-maktabni bitirib, Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU) filologiya fakultetining jurnalistika bölimiga öqişga kirgan. Universitetni tugatgaç,  “Sirdaryo haqiqati” gazetasida öz faoliyatini boşlagan.

Uzoq yillar davomida mamlakatimizdagi eng yirik bosma ommaviy axborot vositalari, jumladan, “Toşkent oqşomi” — “Veçerniy Taşkent”, “Özbekiston ovozi”  kabi yetakçi gazetalarda, hukumat idoralarida, davlat taşkilotlarida masʼuliyatli vazifalarda samarali faoliyat yuritgan Şarof Ubaydullayev  davlat va jamoat arbobi Şarof Raşidov, Ziyod Yesenboyev, Maqsud Qoriyev, Ahmadjon Muxtorov, Nöʼmon Nasimov, Rasul Rahmon kabi jamoat arboblari va milliy jurnalistikamiz darğalarini  öz ustozi deb biladi.

Şuningdek, Şarof Ubaydullayevning saboqlarini olib, sohada toblangan köplab taniqli jurnalistlar bugun el-yurtimizga munosib xizmat qilmoqdalar.

Uning turli sohalarda mehnat qilib, katta muvaffaqiyatga erişgan olimlar, davlat va jamoat arboblari, mehnat qahramonlari, oddiy işçi va xizmatçilar, yurt taraqqiyotiga hissa qöşgan yurtdoşlarimiz haqida yozgan oçerk va lavhalari, tahliliy maqolalari, yurtning fidoyi vakillari bilan suhbatlari yoş jurnalistlar uçun katta mahorat maktabi bölişga arzigulikdir.

M.Nazarova.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan