Yurtimizda “töqson bilan töqnaşib, yuz bilan yuzlaşib” yurgan otaxonu onaxonlar köpçilikni taşkil qiladi. Ularning tabarruk siymosiga boqqanimizda yuz-közlarida özgaça mehr, donişmandlik, vujudlarida esa ulkan matonatni his etişimiz aniq. Ana şunday möʼtabar onaxonlarimizdan biri — Toşkent viloyati Ohangaron tumanida istiqomat qilib kelayotgan Jahonaliyeva Xilva ona tabarruk 100 yoşni qarşi oldilar.

Şu munosabat bilan taşkil etilgan maʼrifiy tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev ham iştirok etib, onaxonni samimiy tabrikladi,  onaxonning ibratli hayot yölini eʼtirof etib, bunday nuroniylar davlatimiz, jamiyatimizning faxri va ğururi ekanligini taʼkidladi.

Tadbirda iştirok etgan nuroniylar yoşlarga Xilva onaning ibratli hayot yölidan hikoyalar sözlab berişdi. Bugungi farovon hayotga yetib keliş oson bölmagani, bu kunlarning qadriga yetiş, yoşlar uçun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan şaroit va imkoniyatlardan unumli foydalaniş zarurligini uqtirişdi.

Xilva onaning hayoti çin maʼnoda bugungi avlod uçun ibrat va saboq maktabidir. U 1926 yil 3 yanvar kuni tumandagi Oxunboboyev (Qoraxitoy) qişloğida tavallud topgan. Uruş yillarida yurtda  erkaklar frontga jönab ketgan bir paytda xöjalik işlarida faol qatnaşib, traktor haydagan. Bu esa Xilva onadagi ulkan jasorat hamda vatanparvarlikdan dalolatdir.

Maşʼum uruş yillari qişloqda qöliga qurol tutişga yaroqli erkak borki, barçasi frontga jalb qilingan. Kolxozning işongan toğlari bölib xotin-qizlar, keksalar hamda yoş bolalar qolgan. Bu vaqtlarda front ortini mustahkamlaş, oziq-ovqat, kiyim-boş va boşqa zarur mahsulotlar yetkazib beriş birinçi galdagi vazifaga aylangan edi.

Uruş boşlangan kunlarda hali baloğatga ham yetmagan Xilva Jahonaliyeva  front uçun zarur mahsulotlarni yetkazib berişdek muhim işlardan çetda qolmadi. Qişloqda işga yaroqli kişilar qatorida ertadan to qaro keçgaça dalada mehnat qildi. Yoş bölsa-da, boşqalarni ham şunga daʼvat etdi. Kolxoz yerlarida buğdoy, lavlagi, şoli va boşqa ekinlar ekib, obi-tobida parvarişladi. Mehnat haqiga berilgan bir kosa yovğon şörva yoki kepak solib pişirilgan atalaga qanoat qilib, ham frontdagi jangçilar, ham front ortidagi xalqning qornini töydiriş yölida jonbozlik körsatdi. Keksalarning taʼkidlaşlariça, Xilva Jahonaliyeva öşa paytlar juda yoş bölişiga qaramay, uddaburon, serğayrat bölgani bois, tengqurlari qatori yoşi kattalarni ham öz ortidan ergaştira olgan, ularning köngliga yöl topa olgan şaddod qiz bölgan edi. Bir qarasang, tizza böyi loy keçib şoli ötayotgan, bir qarasang, omoç sudrab yer haydayotgan bölar, ahyon-ahyonda esa hazil-huzul qilib, yon-atrofdagilarni kuldirib, könglini kötarib turar edi.

Eng oğir yillarda el koriga yarab, front ortida fidokorona mehnat qilgan  onaxonimiz Xilva Jahonaliyeva bugun yuz yoş bilan yuzlaşgan bölsalar ham hamon tetik, közlari biroz xiralaşgan bölsa-da, dadil boqişlari haliyam öşa-öşa. Nevara-evaralarining ardoğida umrguzaronlik qilmoqdalar.

Xilva ona fidokorona mehnati va ibratli hayoti davomida qator orden va medallar bilan taqdirlangan. Ha, onaxonning maşaqqat va sinovlarga töla umr hamda mehnat yölini, çinakam maʼnoda, ulkan ibrat maktabi deyiş mumkin.

Asolat Ahmadqulova.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan