Samimiy tuyğular bilan bitilgan, yurakka yaqin şeʼrlar insonga özgaça yupanç beradi. “Döstlik” ordeni sohibi, taniqli şoir, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi Çorşam Röziyev ijodi ham insonni öziga ohanrabo kabi tortadi, desak mubolağa emas.

Çorşam Röziyev 1955 yil 8 dekabr sanasida Buxoro viloyati Kogon tumanidagi Miyonköl qişloğida oddiy dehqon Yöldoş Röziyev oilasida dunyoga kelgan. Maktabni oltin medal bilan tugatgaç, 1974-1980 yillarda hozirgi ÖzMUning jurnalistika fakulteti keçki bölimida tahsil olgan. Oliy öquv yurtini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Özbekiston radiosi, Yozuvçilar uyuşmasi, “Soğlom avlod uçun” jurnali, “Özbektelefilm” studiyasi va Milliy teleradiokompaniya tahririyatlarida faoliyat yuritgan.

Şoirning bugungi kunga qadar şeʼriy, hajviy, dramaturgiyaga oid va köplab xotira — esse kitoblari çop etilgan. Tanlangan asarlari, “Ismoil Somoniy” nomli tarixiy dramasi, “Afandi aldamaydi” nomli hajviy kitobi, ijoddagi ustozi, Özbekiston xalq şoiri, xalqaro Mahmud Qoşğariy mukofoti sohibi Rauf Parfiga bağişlangan “Abadiyat qöşiği” nomli essesi şular jumlasidandir. Yaqinda şoirning “Özbekning bir oilasi” nomli xotira kitobi ham çop etildi.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida Çorşam Röziyev tavalludining 70 yilligiga bağişlab ötkazilgan adabiy-ijodiy uçraşuvda Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, ustoz jurnalist, “Jahon adabiyoti” jurnali boş muharriri Ahmadjon Meliboyev şunday degan edi:

— Uning şeʼriyati ibratli, hikmatli şeʼriyat. Zero, şoirning özi ham xalqiga intilgan, xalq esa unga intilgan şoirdir. Rauf Parfi “şeʼr —  öngda körilgan tuş” deb taʼriflagandi. Çorşam öz ijodida şu sözlarning maʼno-mazmunini oçib berdi.

Şuningdek, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining ijodiy masalalar böyiça birinçi örinbosari Minhojiddin Mirzo, taniqli adabiyotşunos olim, filologiya fanlari doktori Qozoqboy Yöldoşev ham Çorşam Röziyev —  eng qaltis damlarda ham öz milliyligini yöqotmagan, odamiylik maqomini baland tutib kelayotgan ijodkor ekanligini eʼtirof etişdi.

Kamina Çorşam Röziyev bilan 1996 yildan 2008 yilgaça ÖzMTRK qoşidagi “Özbektelefilm” kino-video studiyasida hamjihatikda mehnat qildim. Çorşam dublyaj studiyasining katta muharriri edi. Uning öz işiga puxta, har jabhadan xabardorligi, zukkoligi, samimiyligi, xodimlarga nisbatan mehribon, ğamxörligi barçani hayratga solmay qöymasdi. Uning şeʼrlariga bastalangan qöşiqlar allaqaçon radiomizning oltin fondidagi xazinalardan biriga aylangan.

Şoir juda kamtarin, atrofi­dagilarning fidoyi mehnatlarini qadrlaydigan inson. Qaysi vazifada işlamasin, darrov jamoaning hurmat-eʼtiborini qozonadi.

Halilulloh Tojimuhamedov,

mehnat faxriysi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan