Şunday zamondoşlarimiz borki, butun yaşab ötgan umri, qilgan işlari faqat ibratdan iborat. Hayotlari davomida qilgan ezgu işlari köpligi sabab, Yaratgan ularning umriga, rizqiga baraka berganligi rost. Ulardan biri, Surxondaryo viloyati Boysun tumani Darband qişloğida yaşaydigan Şohimardon ota Hamroyev bu yil muborak 104 yoşga kiradilar.
Şohimardon Hamroyev 1922 yil 15 martda Boysun tumani Darband qişloğida duradgor oilasida tuğilgan. 1938-1939-öquv yilida Darband qişloğidagi töliqsiz örta maktabni tamomlagan. 1940 yili “Termiz — Boysun — Tuda” temir yöl qurilişida işlaganlar.
1941 yil Ikkinçi jahon uruşi boşlangan dastlabki kunlardanoq frontga köngillilardan bölib ketganlar. Dastlabki tayyorgarlikdan söng uçinçi Belorussiya frontida artilleriya qismlarida töpçilar safida xizmat qilgan. Uruşning dahşati borgan sari ortib, frontdagi hayot-mamot janglari kuçaygan paytlarda Voronej, Latviya, Litva, Estoniya kabi davlatlarni duşmandan ozod qilişga öz hissasini qöşdi. Keyin esa Kenzberg, Xelsberg qalʼasini ozod etişda qatnaşdi. Uruşning eng qaynoq nuqtalarida bölib, duşmanga ayovsiz, qaqşatgiç zarbalar berdi. 1945 yili oxirgi marra — Berlingaça yetib borib, ğalaba bayroğini qadagunça, janglarda bir neça bor yarador böldi, lekin har gal tezroq soğayib, jang maydoniga qaytiş, quroldoş döstlari safida böliş, ularga madad berişni öyladi. Uruş ğalaba bilan yakunlangandan söng köksini orden-medallar bilan töldirib, eson-omon uyiga qaytdi. Uruşning dastlabki kunidan to yakuniga qadar körsatgan xizmatlari hamda jasorati munosib taqdirlandi.
Uruşdan keyingi tiklaniş yillarida ota yoş avlodga taʼlim-tarbiya berişga bel boğladi. Uruş sabab, maktablar yopilgan, savodi bor odamlar hammasi uruşga jalb qilingan edi. Şohimardon ota qişloğidagi maktabda öqituvçi bölib iş boşladi. Keyinçalik Pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetida sirtdan öqib, uni 1961 yilda tugatdi. Maktabda 40 yil davomida yoşlarga saboq berdi va “Özbekistonda xizmat körsatgan öqituvçi” unvoni bilan taqdirlandi. Otaxonning 11 nafar farzandi ham jamiyatga kerakli insonlar bölib yetişdi. Bugungi kunda hammalari nafaqada, 48 nabira, 70 çevara, 7 evara uluğlar yonida girgitton.
Şohimardon Hamroyevning minglab şogirdlari Özbekiston, Tojikiston, Rossiya va boşqa davlatlarda turli sohalar rivojiga xizmat qilib kelmoqda. Şogirdlari orasida olimlar, öqituvçi-yu şifokorlar, viloyat, tuman hokimliklari, davlat va xöjalik taşkilotlarida rahbar bölib işlayotganlar köpçilikni taşkil etadi.
Jangçi-ustoz Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan taşkillaştiriladigan tadbirlar oldidan maktab, mahallalarda bölib, yoş avlodga Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, inson qadr-qimmatining uluğlanişi haqida şukronalik bilan gapirib, bu kunlarning qadriga yetiş, Vatanni seviş, eʼzozlaş kerakligini uqtirib kelmoqda.
Otaxonning yuzlari, qöllarida vaqt sinovlari öz izini qoldirgan. Yelkasi yuz yillik tarix zalvoridan bukilgan, ammo ruhi tetik, qaraşlari öktam, sözlari purmaʼno. Şunday azim çinorlari, asrlarga guvoh azamat, öktam insonlari bor yurtning yoşlari ham ulardek vatanparvar, bobolariga munosib avlod bölişiga işonamiz.
Eşdavlat TOŞBOYEV,
“Nuroniy” jamğarmasi Boysun tumani bölimi raisi.
Asolat AHMADQULOVA,
“Nuroniy” muxbiri.