Sodiqjon Turdiyev,
“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi,
senator, Özbekiston Qahramoni.
El-yurtning tinçlik-osoyiştaligi, oilalar farovonligi, mahallalar obodligi, öğil-qizlarimizning baxtli-saodatli kelajagiga işonç bilan umrguzaronlik qiliş hamma davrlarda ham odamlarning eng ezgu niyati bölgan. Bugun biz ota-bobolarimiz asrlar mobaynida orzu qilgan ana şunday niyatlarining röyobini köryapmiz.
Mamlakatimizda keçayotgan yangilaniş va özgarişlarga, davlatimiz rahbari yetakçiligida barça sohalarni izçil rivojlantiriş, xalqimiz farovonligini taʼminlaş, yurtimizning jahon hamjamiyatidagi örni va mavqeini yuksaltiriş yölida olib borilayotgan islohotlarga dunyo ahli alohida eʼtibor bilan qarayotgani heç kimga sir emas. Keyingi yillardagi iqtisodiy ösiş samarasi odamlarimizning turmuş tarzida, hayotidagi farovonlikda, oilalar daromadida, mahallalar, qişloq va şaharlarimizning obod qiyofasida namoyon bölmoqda.
Xalqimizning orzu-niyatlari uşalayotgan, tadbirkorlik rivojlanib, yurtdoşlarimizning daromadi oşib borayotgan bugungi munavvar kunlarimizning qadri qançalik uluğ ekanligini biz, keksa avlod vakillari yaxşi bilamiz.
2025 yilni katta yutuqlar bilan kuzatib, 2026 yilni qalbimizda şukronalik, ertangi kunga katta işonç bilan kutib oldik. Ötgan yil el-yurtimiz uçun qut-barakali, xayrli, manfaatli yil böldi. Prezidentimizning xalqimizga yöllagan Yangi yil tabrigida taʼkidlanganidek, mamlakatimizda yalpi içki mahsulot hajmi ilk bor 145 milliard dollardan oşdi. Mamlakatimiz örta daromadli davlatlar qatoridagi örnini mustahkamladi.
2026 yilning “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb eʼlon qilinişi bu nafaqat yurtimizdagi hayotbaxş islohotlarning izçil davom ettirilişi, mahalla tizimini yanada mustahkamlaş, uning infratuzilmasini yaxşilaş, kadrlar salohiyatini oşirişni, balki mahallaning ijtimoiy-siyosiy rolini yanada kuçaytirişga qaratilgan keng kölamli davlat dasturlarini amalga oşirişni ham anglatadi. Uşbu taşabbus, eng avvalo, yurtimizda inson qadrini yuksaltiriş, xalqimizning farovon turmuşi, baxtli-saodatli hayotini taʼminlaşga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev 2025 yil 26 dekabrdagi Oliy Majlis va xalqimizga yöllagan Murojaatnomasida “Oldimizga qöygan maqsadlarni faqat özimiz — katta hayotiy tajribaga ega mahalla raislari va faollari, hurmatli nuroniylarimiz, opa-singillarimiz, serğayrat yoşlarimiz, ziyolilarimiz, işbilarmon tadbirkorlarimiz, Vatan posbonlari, bir söz bilan aytganda, butun xalqimiz bilan birgalikda amalga oşiramiz”, deya xalqimizning bugungi islohotlardagi örni va rolini alohida taʼkidladi.
Sönggi töqqiz yilda mamlakatimiz hayotida şu qadar rivojlaniş va yuksalişlar sodir böldiki, köp yillar sinovlarini körgan biz, nuroniylar bu özgarişlarga osonlik bilan yetib kelmaganimizni yaxşi bilamiz. Xalqimiz oddiy maişiy muammolar girdobida qançalar qiynalgan, tadbirkorlikni boşlaş, uy-joyli böliş, öğil-qizlarni ilmli-maʼrifatli qilib, ularning salohiyatini yuzaga çiqariş oson bölmagan yillarni boşdan keçirdik. Ming şukrki, bu muammolarning barçasi Prezidentimiz rahbarligida bosqiçma-bosqiç öz yeçimini topmoqda.
Mamlakatimizda barça sohalarda olib borilayotgan islohotlar tufayli hayotimizga yangi zamon ruhi kirib keldi, şahar va qişloqlarimiz obod bölib, butunlay yangi, zamonaviy qiyofaga kirdi. Odamlarning hayoti ham, dunyoqaraşi ham özgardi.
Xalqimiz farovonligini oşiriş, tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun yaratilayotgan şaroit va imkoniyatlar, xorijiy davlatlardan kirib kelayotgan investitsiyalar tufayli eng çekka qişloqlarda ham yangi iş örinlari oçildi, hamyurtlarimizning turmuş şaroitlari yaxşilandi. Barça sohalarga yangi texnologiyalar kirib kelyapti. Bularning barçasi xalqimiz farovonligini taʼminlaşga xizmat qilyapti.
Oğir va maşaqqatli yillar sinovlaridan ötgan keksalar bugungi neʼmatlar, tinçlik-osoyiştalik qadrini va bunga erişiş oson bölmayotganini yaxşi biladi.
Aholi farovonligini yuksaltiriş maqsadida olib borilayotgan islohotlar natijasida ötgan yili hamyurtlarimizning 5 million nafari daromadli bölib, işsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tuşgani, qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambağallikdan çiqqani, ilk bor 1435 ta mahalla “kambağallikdan xoli” hududga aylangani ham sönggi töqqiz yildagi islohotlarning xalqimiz hayotidagi ifodasidir.
Şu örinda mamnuniyat bilan taʼkidlaşimiz kerakki, uşbu islohotlarni hayotga tatbiq etişda yurtimiz nuroniylari ham faol iştirok etmoqda. Ötgan töqqiz yil yurtimiz faxriylari, keksa nuroniylar hayotida ham tub buriliş yillari böldi. Mamlakatimizda keksalarning ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş, ularga eʼzoz va ğamxörlik körsatişga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilgani nuroniylarni yanada ruhlantirdi. Natijada keksalarimiz bugun “mahalla yettiligi” bilan hamqadam, faol va taşabbuskor kuçga aylandi.
Nuroniylar bilan suhbatlaşsangiz, “Prezidentimiz mahallalarda ahillik, hamjihatlik muhitini asraşda, yoşlarni tarbiyalaşda yuksak işonç bildirib, biz, nuroniylarga şunday şaroit, imkoniyat va vakolatlar berdiki, endi bizning işlaydigan, özimizni, bilimimiz, tajribamiz va mahoratimizni körsatadigan davrimiz keldi”, — deyişmoqda. Bugun har bir mahallada “Keksalar maslahati” guruhlari, “Buvijonlar maktabi”, “Nuroniylar va ota-onalar kengaşlari” faoliyat olib boryapti.
Prezidentimizning 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoşlar bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hamda 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning hayot darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorlari bilan joriy etilgan “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy işlar öziga xos umummilliy harakatga, qadriyatlar tantanasiga aylandi. Mamlakatimizning barça mahallalarida nuroniylar har yili 10 nafardan muammoli, işsiz va tarbiyasi oğir yoşlarning kasb-hunar egallab, jamiyatda öz örnini topişiga, oliy öquv yurtlarida taʼlimni davom ettirişiga, işga joylaşib, daromadli bölişiga kömaklaşmoqda. Şuningdek, nuroniylar “Kambağallikdan — farovonlik sari” umummilliy harakatida ham faol iştirok etayotir.
“Nuroniy — har bir oilaga masʼul” tamoyili asosida olib borilayotgan tizimli işlar natijasida bugungi kunda nuroniylar yordami bilan ajrim yoqasiga kelib qolgan köplab oilalar yaraştirildi.
Mahallalarda oilalar totuvligini taʼminlaş, erta va yaqin qarindoşlar örtasidagi nikohlarning oldini oliş, muammoli oilalar bilan işlaş borasida tizimli dasturlar yölga qöyilişi natijasida bugun jamiyatimizda muammoli oilalar soni kamayib bormoqda.
Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi. Mahalla azal-azaldan tarbiya, hamjihatlik va özaro kömak maktabi bölib kelgan. Qiyin damlarda qöşni-qöşnining kuniga yarab, töy-aza, maʼrakada bir-birini yolğizlatmagan. Şu bois, 2026 yilning “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb eʼlon qilinişi xalqimizning asriy qadriyatlariga tayangan kelajakni barpo etiş yölidagi mantiqiy qadam desak, sira ham mubolağa bölmaydi. Bu taşabbus mahallani faqat maʼmuriy tuzilma emas, balki inson qadri uluğlanadigan, muammolar joyida hal etiladigan ijtimoiy institutga aylantirişga qaratilgan.
Prezidentimizning mahallalardagi yöl, suv, elektr va transport taʼminoti, boğça, maktab va oilaviy poliklinikalardagi şart-şaroitlarni yaxşilaşga alohida eʼtibor qaratgani har bir yurtdoşimizni behad mamnun etdi. Zero, hammamizning jamiyatga qadamlarimiz mahalladan boşlanadi. Mahallalarimiz obodligi könglimiz obodligiga tutaşadi. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, mahalla tinç bölsa — jamiyat tinç böladi.
Şuningdek, Murojaatnomada Prezidentimizning taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişga ustuvor vazifa sifatida eʼtibor qaratgani inson qadrini yuksaltirişga yönaltirilgan tizimli işlarning izçil davom etişidan dalolatdir.
Umuman olganda, uşbu Murojaatnoma mamlakatimizning kelgusi rivojlanişi yölidagi strategik maqsadlarni amalga oşirişga qaratilgan, puxta öylangan va uzoqqa möljallangan “yöl xaritasi” bölib xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.