Körik-tanlovining respublika bosqiçi ğoliblari aniqlandi
Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi tomonidan anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” körik-tanlovining respublika bosqiçiga bu yil Namangan viloyati mezbonlik qildi.
Davlatimiz rahbarining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoşlar bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hamda 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarorlarida nuroniylarning jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş, yoşlar tarbiyasida ularning boy hayotiy tajribasidan samarali foydalanişga alohida eʼtibor qaratilgan. Şu maqsadda Prezidentimiz taşabbusi bilan joriy etilgan “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosida nuroniylarning yoşlar tarbiyasidagi faolligini oşiriş borasidagi işlar mamlakatimizda öziga xos qadriyatlar tantanasiga aylandi. Mana, bir neça yildirki, nuroniylarning yoşlar bilan olib borayotgan işlari sarhisobi — “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” körik-tanlovi anʼanaviy tarzda ötkazilib, ğoliblar taqdirlanmoqda.
Joriy yilda ham Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahar va barça viloyatlar bölimlari tomonidan davlat va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikda mamlakatimizning barça hududlarida “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” körik-tanlovining tuman (şahar) hamda viloyatlar bosqiçlari yuqori uyuşqoqlik bilan taşkil etildi. Ularning barçasidan muvaffaqiyatli ötib, hududiy bosqiçda ğolib bölgan 14 nafar iştirokçi respublika bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi.
Körik-tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahar va viloyatlarning hududiy bosqiçlari ğoliblari, faxriy mehmonlar va faol nuroniylarni namanganlik mezbonlar bayramona kayfiyatda, karnay-surnay sadolari ostida Namangan şahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazida kutib olişdi.
Tadbir avvalida Namanganda yaşab ijod qilgan tarixiy şaxslar, maʼrifatli insonlar, allomalar, fozilu fuzalolar, jadidçilar, olimlar va iqtidorli yoşlar hayotidan sahna körinişlari namoyiş etildi.
Namangan viloyati hokimi örinbosari Jamşid Xatamov tadbirni kiriş sözi bilan oçib, viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqovning nuroniylarga yöllagan tabrigini öqib eşittirdi. Şundan söng “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi örinbsari Şuhrat Usmonov sözga çiqib, mamlakatimizda Prezidentimiz taşabbusi bilan keksa avlod vakillariga körsatilayotgan ğamxörlik, eʼtibor va hurmat natijasida nuroniylar jamiyat hayotida kundan-kunga faol bölib borayotganini taʼkidladi va “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, senator, Özbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyevning körik-tanlov iştirokçilariga yöllagan tabrigini öqib eşittirdi.
Körik-tanlov iştirokçilari uçta şart böyiça bellaşuvlari boşlandi. Bellaşuvlarni hakamlar hayʼati raisi, Iqtisodiyot universiteti huzuridagi Özbekiston iqtisodiyotini rivojlantiriş ilmiy asoslari va muammolari ilmiy markazining sektor mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor Bahodir Umrzaqov, hayʼat aʼzolari — Yoşlar işlari agentligi direktori maslahatçisi Umidjon Bahromov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boşqarma boşliği, hayʼat aʼzosi Begmat Oçilov, Özbekiston mahallalari uyuşmasi bölim boşliği, hayʼat aʼzosi Ilyos Dostonov, Özbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qömitasi bölim boşliği Rahima Mirxoliqovalar baholab borişdi.
Nuroniylar barça şartlarda faol iştirok etdilar. “Bir nuroniy – ön yoşga masʼul” tamoyili doirasida amalga oşirgan işlari yuzasidan tayyorlagan albom va yozma maʼlumotlarida, “Nuroniylar bellaşuvi” şartida özlariga biriktirilgan uyuşmagan, muammoli 10 nafar yoşlarni töğri yölga qaytariş va jamiyatda öz örnini topişiga kömaklaşiş borasida amalga oşirgan işlarini bayon etişdi.
Bu yilgi bellaşuvlar juda qizğin tus oldi. Ayniqsa, Namangan viloyati Uyçi tumani “Boğ köça” mahallasidan Saida Ubaydullayeva, Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumani “Sultoniya” mahallasidan Mavluda Abduqodirova, Buxoro viloyati Buxoro tumani “Şodlik” mahallasidan Hamida Jörayeva, Navoiy viloyati Nurota tumani “Ğafur Ğulom” mahallasidan Baxtiyor Halimovning çiqişlari tadbir mehmonlarida katta taassurot qoldirdi.
Jizzax viloyati Zarbdor tumani “Toşkeskan” mahallasi faol nuroniysi Asrorxon ota Şodiyev milliy urf-odatlarimizni sahna körinişi tarzida tomoşabinlar eʼtiboriga havola qilganida zalda gulduros qarsaklar yangradi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Şumanay tumani “Mami” mahallasi faol nuroniysi Sarbiyke ona Qallaşova sahnaga kötarilganidayoq tomoşabinlar eʼtiborini qozondi. Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumani “Eski qişloq” mahallasi faol nuroniysi Çori ota Raimov, Toşkent viloyati Yangiyöl tumani “Özbekiston” mahallasi faol nuroniysi Mastura aya Yakubova, Xorazm viloyati Xiva tumani “Parçanxos” mahallasi faol nuroniysi Abdurasul ota Jumaniyazov, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Dehqonobod” mahallasi faol nuroniysi Jumaboy Qosimov, Samarqand viloyati Urgut tumani “Yuqori qayroqli” mahallasi faol nuroniysi Akrom Suyunov, Qaşqadaryo viloyati Nişon tumani “Navbahor” mahallasi faol nuroniysi Şavkat Sultonov, Andijon viloyati Andijon şahri “Ğayrat” mahallasi faol nuroniysi Ğulomiddin Abdullayevning çiqişlarini ham tomoşabinlar katta qiziqiş bilan kutib olişdi. Farğona viloyati Quva tumani “Quva” mahallasi faol nuroniysi Ğofirjon ota Qoraboyev sahnaga özi bilan nurli allomalar siymolarini yaratgan nuroniylar bilan çiqqanida zalni gulduros qarsaklar tutib ketdi.
Qizğin bellaşuvlar yakunida hakamlar hayʼati xulosasiga köra, Namangan viloyati Uyçi tumani “Boğ köça” mahallasi faol nuroniysi Saida Ubaydullayeva faxrli 1-öringa sazovor böldi va unga boş sovrinni viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov topşirdi.
2-örinni egallagan Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani “Sultoniya” mahallasidan Mavluda Abduqodirovaga mukofotni “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi örinbosari Şuhrat Usmonov topşirdi.
Bu yilgi bahslarda nuroniylar şu qadar faollik bilan iştirok etişdiki, hakamlar hayʼati ikki iştirokçiga 3-örinni berişdi. 3-örin sohiblaridan biri Buxoro viloyati Buxoro tumani “Şodlik” mahallasi faol nuroniysi Hamida Jörayeva hamda yana bir 3-örin sovrindori — Navoiy viloyati Nurota tumani “Ğafur Ğulom” mahallasi faol nuroniysi Baxtiyor Halimovga mukofotlarni “Nuroniy” jamğarmasi Namangan viloyati bölimi raisi, senator Ikromxon Najmiddinov topşirdi.
Körik-tanlov iştirokçilarining barçasi turli nominatsiyalar böyiça ğoliblikka erişdilar.
Namanganlik sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qöşiqlar körik-tanlovga özgaça fayz bağişladi. Tadbir yakunida Namangan viloyati hokimligi nuroniylarni şahardagi “Şodiyona” töyxonasiga bir piyola çoyga taklif etdi. “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” körik-tanlovi nuroniylar uçun çin maʼnoda şodiyonaga aylanib ketdi.
Hamroxon Musurmonova,
Abduraşid Boltaboyev.