(“Mening Doğistonim” kitobidan)
Rasul HAMZATOV,
avar şoiri
Bu voqea men Doğiston Yozuvçilar uyuşmasi raisligiga endigina saylangan kezlarim bölgandi. Rais lavozimining majburiyatidan köra huquqi köproq, agar özingga sarguzaşt izlamasang, bemalol asosiy işing – şeʼr yoziş bilan şuğullanişing mumkin. Men öşa vaqtda yoş, ğayratli bölganim uçun taşabbus körsata boşladim va yangi lavozimga boğliq işlarni topdim.
Öyladimki, öz uyining mustahkamligini bilmoqçi bölgan odam tösinlarni, ustunlarni, umuman, tayanç qismlarni bir-bir közdan keçiradi. Angladimki, Doğiston Yozuvçilar uyuşmasining tayançi tört millatga mansub törtta şoir ekan: lezgin Tagir Xryugskiy, qömiq Ali Qoziyev, avar Zohid Gadjiyev, lak Abutolib Ğafurov. Şunga boğliq tadbir ötkazişni rejalaştirdim va tört oqsoqol şoirning Doğiston hukumati rahbari bilan uçraşuvini taşkil qiliş harakatiga tuşdim. Şoirlar hukumat rahbariga öz iltimoslarini aytişadi, hukumat rahbari şoirlarga öz istaklarini bildiradi.
Mana, hukumat rahbari Abdurahmon Doniyolov bilan suhbatlaşib ötiribmiz. Davra suhbatida rasmiyatçilik yöq, bir piyola çoy ustida davom etayapti. Şoirlar xursandçiligidan yettinçi osmonda, ular uyuşmaning yangi raisi Rasul Hamzatov yaxşi odam ekanligini törtta tilda gapirayapti. Doniyolovga ham maşhur şoirlar davrasi yoqib tuşgan. U ham şunday uçraşuvni taşkil qilgan Rasuldan minnatdor.
Juda yozilib Doğiston, hayot va şeʼr haqida qizğin suhbat qurdik. Nihoyat, hukumat rahbari erib ketib, har bir şoir özining biror iltimosini aytsin, dedi. Birinçi bölib Tagir Xryugskiy boşladi.
– Örtoq Doniyolov, har yili qahraton qiş boşlanişi bilan toğdagi qötonlarda qöylarning köpçiligi oçlikdan, sovuqdan ölişi meni ranjitadi. Nahotki, yozda çöponlarga yordamçilar yuborib, qişga köproq piçan ğamlaş mumkin emas.
Doniyolov şoir gaplarini daftariga yozib olib, yana söradi:
– Boşqa iltimosingiz yöqmi?
– Yana, Xryug ovulidagi xöjalikka bitta avtomaşina ajratişning iloji bormi?
Söz navbati Ali Qoziyevga keldi. Qoziyev oğzini oçib bizga, şu jumladan, hukumat rahbariga çirik tişlarini körsatib dedi:
– Ovqatni çaynaşga ham qiynalayapman. Menga yaxşi, yangi tiş qöydirtirib beriş mumkinmi? Tişsiz oğiz bilan yaxşilab qöşiq aytib bölmasa. Şeʼr öqisam, oğzimdan sözlarning harfi tuşib ketayapti.
Şu zahoti Qoziyev tişi tuşgan oğiz bilan şeʼr öqiş qiyinligini namoyiş etdi. U Hasavyurt şahar boşliğiga murojaati bitilgan şeʼrini öqidi. Şeʼrda keksa şoirning uyiga kömir sörab yozgan iltimosnomasi taʼsirçan sözlarda ifodasini topgandi.
– Sizga kömir berişdimi? – söradi Doniyolov.
– Bu işni ötgan yildan beri çözib kelişayapti.
Doniyolov daftariga nimanidir qayd etdi va biz Zohid Gadjiyevni tinglaşga tayyorlandik.
– Hozirgi yoşlar konsertlarda kuylaş örniga, nuqul baqirişadi. Ular bu baqirişlari bilan juda yaxşi xalq qöşiqlarimizni buzişyapti. Yangi qöşiqlar aşulaçilarning baqirişiga moslab yozilyapti. Bunga çek qöyiş kerak. Ayrimlarida faqat afsonalardagi pari çiroyi maqtaladi. Örtoq Doniyolov, ularga ayting, afsonalardagi pari çiroyini emas, qişloq xöjaligi ilğorlarini maqtab qöşiq kuylaşsin.
Öz nutqini tugatgan Gadjiyev men tomonga engaşib, quloğimga şivirladi:
– Eşitişimga qaraganda, keça keçqurun Şaxtamonov va Sulaymonov restoranda vino içişibdi. Yozuvçilarga içkilik içişni taʼqiqlaş kerak. Bu masala böyiça sening oldingga alohida kiraman.
Navbat Abutolibga yetib keldi.
– Hurmatli Abdurahmon, – deya sözini boşladi Abutolib, – mening oxirgi xotinim yaqinda öğil tuhfa qildi.
– Nega endi oxirgi xotinim?
– Mening xotinlarim köp bölgan. Nima qilay, gazetalarda suratimni bosişadi, radioda Doğistonning orden olgan, deputat şoiri deb maqtaşadi. Yengil tabiat ayollar bu maqtovlarga uçadi. Maşhur şoir ekan, demak, qasrda yaşaydi, sandiği töla boylik deb öylaşadi va menga tegişadi. Keyin köp qavatli uyning yertölasida kun keçirayotgan qaşşoq Abutolibni körişadi. Bu ularga yoqmaydi va taşlab ketişadi. Şuning uçun men köp bor uylanganman. Ha, hurmatli Abdurahmon, mening qöşiqlarim törğaylar kabi kökka intilişadi, özim esa hamon yertöladaman. Mana şu yertöladan qöşiqlarimni kökka uçirayapman. Menga öğil tuğib bergan oxirgi xotinim ham agar yangi uy olmasam, taşlab ketişini aytdi. U öğlimni bağriga bosgança ketadi… Abdurahmon, u hali ketmasidan yuragimning bir parçasi uzilib tuşganday bölyapti. Mening oilamning buzilib ketişiga yöl qöyma, menga uy ber, toki kastryulimni plitaga mindirib bemalol ovqat qilayin. Yoşim ham yetmişdan oşdi, mening umr aravam tepaga emas, toğdan pastga şitob bilan tuşayapti. Agar menga yangi uy ajratsang, unga seni ham mehmonga taklif qilardim.
Hafta ötmasdan Abutolib yangi uyning orderini qöliga oldi. Alvido, jonajon yertöla! Abutolib “Puşkin” köçasida yangi qurilgan uyning uçinçi qavatidagi uç xonali uyga köçib ötdi.
Bir kuni köçada Abutolibni uçratib qoldim. U meni körişi bilan özini metall uyumidan nimanidir izlayotgan odamga öxşab tutdi.
– Assalomu alaykum, Abutolib! Yangi uyda qanday yaşayapsiz, yoqdimi?
– Neça kundirki, qönğiroq izlayapman, uni uyimga osib qöyib çalgança Sada ovulilik Hamzatning öğlini mehmonga çorlayman deb. Men dengizga qaragan derazamni uç marta oçib surnayimni çaldim, sen surnayimning nolasini eşitib mehmonga kelişingga umid qilgandim. Katta qönğiroq topib çalmasam, çorlovimni eşitmaydiganga öxşaysan. Qani, qönğiroq izlagani ketdik.
Men öşa zahoti Abutolib bilan uning uyini körgani bordim. Yangi uyda törtta devor bor edi, xolos. Polda Abutolibning yertöladan olib kelgan laş-luşlari yotardi: eski surnay va nay, temirçilik eski terisi (xudo biladi, endi nimaga kerak böladi), eski kerosinka, toğora, kastryul, çelak, köza, etik, pöstin… Uyiga toğlik eski qadrdoni mehmonga kelganga öxşaydi, bir çetda uning eski xurjuni. Albatta, toğliklar şaharga faqat mehmon böliş uçun emas, biror işini bitirişga kelişadi. Abutolib, böş xurjunni qöliga olib koyiy ketdi:
– Yaramas xurjun, nega böm-böşsan? Agar sen qöy göşti bilan töla bölganingda, mening mehmonimning işi tezroq bitardi. Sen böş bölganing uçun qança odam Çang toğidan şaharga bekorga kelib ketişadi.
Abutolib böş xurjunni koyir ekan, meni ötqazişga joy izladi. Ötqazişga taklif etadigan joyi yöqligini bilgani uçun qölimga piçoq berib, derazadan hovlidagi hujrasini körsatdi:
– Anavi hujrada ğozim bor, uni söyib tur. Bizning tuşligimiz böladi.
Hujraga kirib, bir amallab ğozni uşladim. Ğoz tipirçilab qölimdan çiqişga urinardi, men işga kirişdim. Yuqoridan Abutolibning ovozi keldi:
– Kim jonliqni bunday söyadi? Ğozning boşini boşqa tomonga bur. Sen Makka qaysi tomonda ekanini bilmaysanmi?
Men topşirilgan vazifaning uddasidan çiqdim va keyinroq Abutolibning maqtovini eşitdim.
Abutolib özi aytganday, kastryulni plitaga mindirdi va uzoq vaqt tuşlik tayyorlaş bilan band böldi. Men bu vaqtda uyni közdan keçirdim. Keksa şoir yertöladan köçgan bölsa ham yangi uyiga yertöladan eski kastryulidan tortib, turmuş tarzigaça barini köçirib olib kelibdi. Uyda stul, stol, şkaf, krovat, umuman, bironta mebel yöq edi.
– Abutolib, qayerda şeʼr yozayapsiz?
– Hali bu uyda bironta tayinli şeʼr yozganim yöq. Bir qança vaqt şeʼr yoziş uçun eski yertölaga borib yurdim, uni ham rassomga ustaxona uçun berib yuborişdi. Ollohga ayon, bu uyda yertöladagiday xotirjam uxlay olmayapman. Yertölamda tuşum kam bölsa ham, vaqtim köp edi. Odamlar ham tinçimni buzavermasdi. Hamma ham yertölaga meni yöqlab kelavermasdi. Töğri, yertöladan dengiz körinmasdi. Ollohga şukur, endi dengiz keksa Abutolibning şundoq köz oldida.
U oqiş-kökiş tusda tölqin hosil qilib çayqalayotgan dengizga uzoq tikilib qoldi. Men unga xalaqit bermadim, biz sukut saqladik. Nihoyat, Abutolib sekin gap boşladi:
– Bir yozuvçi men haqimda şunday debdi: “Abutolib yangi uy oldi. Köramiz, endi u qanday şeʼr yozar ekan?!” U öziça şeʼr yoziş uyga boğliq emasligini tuşuntirib qöymoqçi. Men ham yaxşi bilaman, şoir – öz şeʼrlarining uyi, şoir yuragi – şeʼriyat istirohat qiladigan joy. Umrimning yaxşi va yomon kunlari menda yaşaydi. Men özim qayerda yaşayman, bu ular uçun muhim emas.
Abutolibning uyidan oğir taassurot bilan çiqdim. Bu haqda Doğiston hukumati rahbariga sözlab berdim va Abutolibning naşrga tayyorlanayotgan “Quşlar janubga uçadi” kitobiga beriladigan gonorar hisobidan uning uyiga mebel sotib olişga qaror qilindi. Bu vazifani bajaradigan uç kişidan iborat tezkor işçi guruhi tuzildi: Doğiston naşriyoti direktori, savdo vaziri va men. Bizga kerakli mebellarni topiş, ularni xarid qiliş va Abutolib uyiga yetkazib beriş vazifasi yuklatildi. Menga vazifamizga doir barça kelişuvlarni amalga oşiriş topşirilgandi.
Uçalamiz Mahaçqalʼadagi barça savdo omborlarini körib çiqib, kerakli mebellarni tanladik: uxlaş uçun yumşoq mebel – mayli, xalq şoiri maza qilib orom olsin; ijod stoli – xalq şoiri unda ajoyib şeʼrlarini yozsin; oşxona jihozlari – xalq şoiri ularda mazali taomlar pişirib, huzur qilib ovqatlansin. Mebellarni uyiga joylaştirgandan keyin Abutolib bizni taşakkurnomaga kömib taşlaş uçun oldimizga çopib borgan, deb öylayapsiz. Ammo u çopib ham kelmadi, köngil uçun rahmat ham aytib ketmadi va hatto mebellarni joylaştirgani töğrisida xabar ham bermadi. Şunda biz özimiz uning uyiga borib, Abutolib mebellarni qanday joylaştirganini va ulardan qanday foydalanayotganini körmoqçi böldik.
Eşikni taqillatişga hojat qolmadi, çunki u oçiq ekan. Tuşlik stoli yoniga töşalgan gilamda Abutolib oilasi bilan çökkalab ötirardi. Oldida yozilgan gazetaga ovqat va çoy uçun krujka qöyilgan. Abutolib tarelkada kefir höplardi. Albatta, yap-yangi silliq tuşlik stoli tölişgan qizday quçoğini oçib turardi, faqat Abutolibning uni quçoqlaşga huşi yöq edi.
Boşqa xonada ajoyib ijod stolini kördik. Uning ustiga qöyilgan siyohdon, ruçka va qoğozga qöl tegizilmagan. Şu turişda u ijod stoliga emas, muzey eksponatiga öxşardi. Xonaning bir çetida polda arab alifbosida yozilgan qoğozlar yotardi.
– Abutolib, siz hozirgi imloda yozişni bilmaysizmi?
– Bilaman, eskiça yozişga örganib qolganman. Oldin şeʼrlarimni arab alifbosida yozaman, keyin ularni muharrirlar tuşunişi uçun hozirgi alifboda qayta yozib çiqaman, misoli özimni özim tarjima qilaman.
– Krovatda ham biror marta uxlagani yöq, – deya çaqmaçaqarlik qildi xotini. – Bekorga şunday qimmat mebellarni sotib olibsizlar.
– Yana krovat deydi. Men şaharga kelgan birinçi yilimda boşimga toş qöyib yotardim, yostiq örniga toş qöyib yotsam qattiqroq uxlardim. Bolaligimda buzoq boqqanimda, boşimga toş qöyib uxlaşga örganganman.
– Demak, biz sizga könglingizdagiday mebel tanlay olmaganmiz. Sizga krovat ham, şkaf ham, stol-stullar ham yoqmayapti, töğrimi?
– Nega, mebellar yaxşi. Ular mening qöşnim Golfrid Hasanov uyiga juda mos ekan.
– Qöşningiz Golfrid Hasanov yaxşimi?
– Balki u yaxşi odamdir, lekin biz totuv emasmiz.
– Nimaga?
– U judayam madaniyatli. Nima desam ekan, men juda qişloqiman, u juda şaharlik. Men juda toğlikman, u juda tekis joydan. Bizning boş kiyimlarimiz ham har xil. Ehtimol, boşlarimiz har xil bölsa kerak. Men öz yurtimning öğliman, u öz kasbining öğli. U mening surnayim va kuylarimga toqat qilolmaydi, men uning pianinosi va simfoniyasiga. Çalayotgan musiqasidan rohatlangim keladi, lekin buni uddalay olmayapman. U ham şunday, surnayimni qölimga olişim bilan eşigimni taqillatadi: “Abutolib, işlaşga xalaqit beryapsan”. Men unga atayin surnay çalayotganim yöq, radioda berişyapti deyman. Çindan, radioda berişsa ham eşigimni taqillatib kelaveradi. Bundan çiqadigan xulosa şuki, u özimning surnay çalişimnigina emas, radiodan surnay tinglaşimni ham taqiqlamoqçi. Bir söz bilan aytganda, biz boşqa-boşqa odamlarmiz. Mening uyimga toğdan xurjun kötargan mehmonlar keladi. Uning uyiga Moskvadan portfel kötargan odamlar. Men mehmonlarimni böza, qovurma, aççiq-çuçuk bilan siylayman, u mehmonlarining oldiga kofe va konyak qöyadi. Men bozorga boraman, u magazinga. Men uxlayotganda u yozadi, u uxlayotganda men yozaman. Unga tuvaklarda ösgan gullar yoqadi, menga baland toğlardagi yaşnagan maysalar. Eşitayapsizlarmi, hozir u özining qandaydir simfoniyasini çalyapti.
Biz Abutolibning qöşnisini bilardik, u Rossiyada va Doğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Golfrid Aliyeviç Hasanov edi. Öşa vaqtda u fortepyano uçun yozilgan simfoniyasi ustida işlardi. Men uning ilhombaxş, nozik ijrosini tinglar ekanman, öylab qoldim: “Qanday ajoyib simfoniya yaratiş mumkin edi-ya, agar xalqdan çiqqan Abutolibday isteʼdod va maxsus dargohlarda bilim olgan Hasanovday isteʼdod hamkorlik qilişsa…”
Men yana öyladimki, qanday baxtli şoir bölardim, agar şeʼrlarimda, kitoblarimda ikki fazilat — soddadil xalqimning muloyim feʼl-atvorini va zamonlar sinovidan ötgan bağrikengligini mahorat bilan birlaştira olsam. Istaymanki, şeʼrlarimda Abutolib va Golfrid qölni qölga bersin. Istaymanki, şeʼrlarimda ularning qöşniçiligi hayotdagiday emas, ahil-inoq bölsin.
Men ularning qaçondir hamkorlik qilişiga işongim keldi. Agar şunday hamkorlik paydo bölmasa, yoki menga bu işga aralaşiş huquqi berilsa… Ehtimol, eng sönggi texnika yutuqlari asosida tayyorlangan mazali içimlikka toğdagi jilğaning şaffof, sovuq suvidan qöşib içişga taklif qilardim. Nima ham derdim, madaniyat, taraqqiyot, kasb mahorati vaqt ötişi bilan singadi. Demoqçimanki, agar ular yöq bölsa özlaştiriş mumkin, lekin milliy tuyğu odamga tuğilişi bilan beriladi. Xalq şoiri va surnayçi Abutolib boşqa şaroitda, ehtimol, bastakor va hatto yetuk kompozitor bölişi mumkin edi, lekin mahoratli kompozitor va sozanda Golfrid heç qaçon oddiy xalq baxşisi böla olmasdi.
Abutolib xayrlaşayotgan vaqtimizda söradi:
– Rasul, uyimga telefon ötkazişga yordam bera olasanmi?
– Telefonni nima qilasiz? Yozuv stolidan, krovatdan foydalanmayotgan odamga telefonning nima keragi bor?
– Telefon orqali baʼzan Moskvadagi Nikolay Tixonovga, baʼzan jamoa xöjaligi raisimizga surnay çalib berardim. Axir, raisimiz mening tirik ekanimni va surnayim hamon qadim navolarni kuylayotganini bilib turişi kerak. Surnayimning navosini telefon orqali tinglagan raisimiz şahardagi uyimda ham toğlarning muattar isi va ohangi taralayotganini bilardi.
– Abutolib, toğning muattar havosiga töyingan sizning kuylaringiz telefonsiz ham Moskvaga, tuğilgan ovulingizga, Doğistonning boşqa ovullariga, dunyoning barça joylariga uçib boradi. Çunki kuylaringiz toğlardan ham baland uçadi.
Asror MÖMIN tarjimasi.