«Nuroniy» jamg'armasi viloyat bo'limi raisi Orziqul Chorshanbiyevich Soatov pedagogika hamda qishloq xo'jaligi sohasida ko'p yillar samarali faoliyat yuritgan. Olim-agronom sifatida el-yurt hurmatiga sazovor bo'lgan ziyolilardan.
Ayni paytda Surxondaryoda keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularning boy hayotiy tajribasidan foydalangan holda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga bosh bo'lib kelmoqda.
Biz Orziqul Chorshanbiyevichni “Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gashti” jurnali jamoasi nomidan qutlug' 85 yoshi bilan muborakbod etib, mustahkam sog'liq, uzoq va mazmunli umr tilaymiz!