Erkin Sa'dullayevich uzoq yillardan buyon ushbu tizimda keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularning hayotiy manfaatlarini himoya qilish hamda mahallalarda nuroniylar harakatini yangi bosqichga ko'tarish yo'lida sidqidildan xizmat ko'rsatib kelmoqda.

Ayniqsa, ularning boy hayotiy tajribasi va tashkilotchilik qobiliyati voha nuroniylari ijtimoiy faolligini oshirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida ibrat namunasidir.

Biz E. Atadjanovni “Nuroniy” jamg'armasi Xorazm viloyati bo'limi, “Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gashti” jurnali jamoasi nomidan qutlug' 73 yoshi bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog'liq, uzoq va mazmunli umr, oilaviy xotirjamlik hamda xonadonlariga qut-baraka tilaymiz!

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan