Urushlarda suvosti kemasidan foydalanish g'oyasini Leonardo da Vinchi yozib qoldirgan. Biroq aynan Pyotr Birinchi rahbarligi ostida birinchi marta suvosti kemasi yaratilgan. Uning muallifi dehqon oilasidan chiqqan duradgor Yefim Prokopevich Nikonov bo'lgan. 1721 yilda Yefim o'z kemasida Neva daryosida ikkita muvaffaqiyatli sho'ng'ishni amalga oshirgan.

Inuyitlar ilk ko'zoynak

taqqan qabila edi

Quyosh nuridan himoyalovchi ko'zoynaklardan birinchi bo'lib qadim zamonlarda inuyit xalqi foydalangan. Ular tirqishi tor bo'lgan va morj suyagidan yasalgan “quyosh ko'zoynaklari” taqishgan, bu orqali ular quyoshning zararli nuridan saqlanishgan.

Xitoyda esa XII asrda qora ko'zoynaklardan foydalanishgan. Bunaqa ko'zoynaklarni majlis vaqtida sudyalar taqqan. Bu ularga ko'zlaridagi his-hayajonni yashirishda yordam bergan.

Havo harorati pasayishi kutilmoqda

O'zgidromet kuchli yomg'ir, shamol va harorat pasayishidan ogohlantirdi

O'zgidrometning hafta kunlari uchun tuzgan prognozlariga ko'ra, chorshanbadan jumagacha O'zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda. Yomg'ir yog'ib, ayrim joylarda kuchli bo'ladi, tog'larda qorga aylanadi, momaqaldiroq bo'lishi ham mumkin. 15-17 aprel kunlari havo +13…+16 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

15-16 aprel kunlari nam havo massalari respublika hududiga tarqaladi. Barcha viloyatlar bo'yicha vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi, ayrim joylarda kuchli bo'ladi, ba'zi joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Kunduzgi havo harorati +13…+16 darajagacha pasayadi.

15-17 aprel kunlari ba'zi joylarda yomg'ir qorga aylanishi mumkin deb xabar bermoqda O'zgidromet.

Respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan