geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazildi

Adliya vazirligining xabar berişiça, Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga xos bölgan, özbek pazandaçilik sanʼatining durdonasi hisoblangan “Toşkent töy oşi” geografik körsatkiç sifatida davlat röyxatidan ötkazildi.

Tarixiy va etnografik manbalarga köra, Toşkent vohasida palov tayyorlaş madaniyati asrlar davomida şakllangan. Töy oşi — bu şunçaki taom emas, balki kimyo, fizika va biologiya qonuniyatlari mujassam bölgan murakkab jarayon bölib, asosan, tong saharda yarimsfera şaklidagi qalin devorli çöyan qozonlarda pişiriladi.

Mazkur maqom “Toşkent töy oşi” nomi va anʼanaviy tayyorlaş texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qiladi hamda mahsulot sifatining davlat meʼyorlariga muvofiqligini kafolatlaydi.

 (Manba: Intellektual mulk yangiliklari)

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan