Choy xushxo'r ichimliklardan biri, ayniqsa, yoshi kattalar orasida uning shinavandalari ko'p. “Bir piyola choy ustida gurunglashamiz”, “kiring, bir piyola choyimiz bor” kabi iboralardan bilish mumkinki, choy allaqachon  turmush tarzimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. Choyni ko'pchilik hamyurtlarimiz sevib iste'mol qilsa-da, mamlakatimizda bu mahsulotga bo'lgan ehtiyoj, asosan, import hisobidan qoplanadi.

Xalqaro choy ishlab chiqarishning deyarli yarmi Xitoy hissasiga (3,74 million tonna) to'g'ri keladi. Shuningdek, ushbu sanoatda yirik beshlikka Xitoydan tashqari, Hindiston, Keniya, Turkiya va Shri-Lanka ham kiradi..

Har uch kishining kamida ikkitasi sevib iste'mol qiladigan bu mahsulot, Xitoy kamelliyasi yoxud  Camellia sinensis o'simligidan tayyorlanadi. Ishlab chiqarish, quritish va fermentlash jarayonidagi tafovutga ko'ra, uning qora, yashil kabi turlari farqlanadi.

Choyning sevimli ichimlikka aylanishi shunchaki hodisa emas. Uning inson salomatligi uchun qator foydasi bor. Camellia sinensis o'simligining minglab yillardan beri yetishtirilayotgani va ilgarilari uning bargidan tibbiy maqsadlarda foydalanilgani mazkur fikrni tasdiqlaydi. Keksalarni bilgani bilgan, degan gap ham bejizga aytilmagan, zamonaviy tadqiqotlarga ko'ra, choy yallig'lanishga qarshi va antioksidant xususiyatga ega ekani, shuningdek, yurak kasalliklari, yuqori qon bosimi, diabet xavfini, stressni kamaytirish, aqliy faoliyatni yaxshilab, qon quyuqlashishi xavfini kamaytirish kabi xususiyatlarga ega ekanini tasdiqlamoqda.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan