Ona tabiat neʼmatlarga boy. Uning bağrida ming bir dardga davo böluvçi ösimliklaru turfa minerallar jamuljamdir. Faqat ularni anglaş, zararlisini foydalisidan ajrata biliş ğoyat muhim. Bunda bizga qadimdan şakllanib, takomil bosqiçini ötab kelgan tabobat ilmi ğoyat asqotadi. Şarq tabobatining otasi, uluğ bobokalonimiz Ibn sino tabiatdagi neʼmatlar qatorida, şolğomning ham şifobaxş xususiyatlari haqida qimmatli maʼlumotlarni yozib qoldirgan.
Uluğ allomaning qayd etişiça, şolğom uruği oğrigan joyga qöyib boğlansa, oğriqni bartaraf etadi. Içini öyib, unga mum bilan gulmoyi solib, qörga kömib eritilgani teri xastaliklari, sovuqdan paydo bölgan va yaraga aylangan yoriqlarga naf beradi. Göşt bilan pişirilganda, tomoqni yumşatadi. Uni pişirib yoxud xomligiça isteʼmol qilinsa, közga foyda keltiradi. Nafas yölini rostlaydi. Yurak behalovat bölganda ajoyib malham böladi. Şolğomning asal bilan aralaşgan şarbati yötalga barham beradi. Harorat kötarilganda, tomoq oğriganda foyda qiladi. Uşbu sabzavot ham piyoz, sarimsoqpiyoz, turp kabi tabiiy antibiotik hisoblanadi. Çunki uning tarkibida fitonsidlar mavjud. Bu modda viruslarga qiron keltiradi hamda ötkir respirator virusli infeksiyalarga qarşi kuraşda ijobiy taʼsirga ega.
Şolğom, odatda, suyuq taomlar bilan birgalikda isteʼmol qilinadi. Uning şifobaxş xususiyatlari bisyor. 100 gramm şolğomning kaloriyasi 30 kilokaloriyaga teng. Uning tarkibida karotin, A, V1, V2, V5, V6, V9 (foliy kislotasi) kabi köpgina vitaminlar guruhi, K, S va RR singari kletçatkalar hamda kaliy tuzi, magniy, kalsiy, fosfor, temir, oltingugurt, mis, natriy, marganets va yod moddasi mavjud.
Şolğom tarkibi mikroelementlar, uglevod va vitaminlarga juda boy. Uşbu sabzavotda juda kam uçraydigan glyukorafanin moddasi mavjud. U diabet va saratonni davolaşga yordam beradi. Uning tarkibida rediskaga nisbatan fosfor köp. Karamga nisbatan esa S vitamini bisyorligi bilan ajralib turadi.
Şolğom jigar faoliyatini yaxşilaydi. Öt pufagi suyuqligining işlab çiqarilişini meʼyorlaştiradi. Qovuqda toşlarning paydo bölişiga tösqinlik qiladi. Tarkibidagi sellyuloza içaklar faoliyatini faollaştiradi. Meʼda-içak tizimi faoliyatiga ijobiy taʼsir körsatadi. Qolaversa, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Qadimdan şolğom sil va moxov kasalligining oldini oluvçi sabzavot sanalgan. Undan tayyorlangan murabbo immunitetni kötaradi. Şolğom qaynatmasi esa angina (bodomça bezlari yalliğlanişi) va tiş kasalliklarida foydalidir. Bu sabzavot pişirilganda uning şifobaxşligi yanada ortadi. Çunki şolğom pişiriliş jarayonida undagi glyukozid moddasi xantal moyiga aylanadi. U iştahani yaxşilaydi. Şolğomni xomligiça yeyiş qabziyatda foydali. Meʼda va içaklar ötkir yalliğlangan paytda, gastrit va ön ikki barmoq yarasi borlarga uni xomligiça yeyiş tavsiya etilmaydi.
Şolğomni içak yalliğlanişi bor insonlar isteʼmol qilmagani maʼqul. Çunki kuçli va surunkali gepatit (jigar höjayralari yalliğlanganda), xoletsistit (öt pufagi yalliğlanişi) va markaziy asab tizimi bilan boğliq kasalliklarda ham uni isteʼmol qiliş tavsiya etilmaydi.
Internet manbalari asosida
Asolat AHMADQULOVA tayyorladi.