“Bir qop un, içida ustun” degan topişmoqning javobini bilasizmi? Albatta, bu — bolaligimizdagi sevimli mevamiz jiydadir. Bolaligida keç kuz yoki qiş faslida qişloqda yaşaydigan bobo-buvilarinikiga mehmonga borganlar juda yaxşi biladi uning totini. Uzun, sovuq qiş keçalarida, issiq tançaga oyoqlarini solib, quroq dasturxonga tökib qöyilgan örik, olça turşaklari bilan birgalikda jiydani ham şimib, ertaklar tinglaganlar  yaxşi eslaydi. Avvallari qişloqlarda har bir uyda bir yoki ikki tup jiyda daraxti bölar, keç kuzda mevasi qoqib olinib, quritilib, boşqa mevalarning turşaklari bilan birga qutilarga solib qöyilardi. Qiş keçalari uzun-uzun hangoma paytlarida turşak, jiyda şimib, çoy içib ötirilardi. Keyingi paytlarda bu mevaga eʼtibor kamaydimi, borgan sari taomnomadan çiqib ketmoqda. Öziga yaraşa taʼmga ega bu mevaning foydali xususiyatlari bisyor, albatta. Uning böy östirişi, içketarni davolaşi haqida kayvoni momolar allaqaçonlardan beri gapirişadi.

Jiyda — jiydadoşlar oilasiga mansub daraxt yoki buta bölib, Janubiy Yevropa, Markaziy va Şarqiy Osiyo, Şimoliy Amerikada ösadigan 40 ga yaqin turga ega. Örta Osiyo, xususan, Özbekistonda uning qarğa jiyda, tikanak jiyda, non jiyda turlari bor. Guli sariq, xuşböy, efir moyli, mevasi unsimon, tarkibida qand, oqsil, kislota, vitaminlar bor. Şuningdek,  vitamin S, vitamin V1, vitamin V2, temir, mis, fosfor, magniy, kalsiy, kaliy borligi aniqlangan. Tabobatda oşqozon-içak faoliyatini davolaşda işlatiladi. Yoğoçidan turli buyumlar yasaladi. Parfyumeriya sanoatida gulidan efir moyi olinadi. Jiyda suvsizlikka çidamli, yer osti suvlari yuza, şör tuproqli yerlarda ham ösaveradi. Danagidan, ildiz baçkisidan va qalamçalaridan köpayadi. 3-5 yilda hosilga kiradi. May-iyun oyida gullaydi, mevasi sentyabr-oktyabr oyida pişadi. Bir tupi 50 kilogaça hosil beradi. 60-80 yil yaşaydi. Tuproqni azot bilan boyitadi. Ozuqaviy quvvati 34 kilokaloriyani taşkil etadi. Yurak-qon tomir kasalliklari, insult, infarktning oldini olişda, şuningdek, uyqu, asab tizimini tinçlantirişda ham foydalaniladi.

Uning yangi mevasi turli pişiriqlar, desertda işlatiladi, şuningdek, murabbo va jemlar tayyorlaş mumkin. Jiyda xalq tabobatida keng qöllaniladi. Uning mevasi, guli, bargi, novda, hatto pöstloqlari ham darmondorilar tarkibida işlatiladi. Mevasining damlamasidan ovqat hazm qilişda, gulidan oğizni çayişda, barglaridan radikulit, padagrani davolaşda keng foydalaniladi. Mevasi bavosilni davolaşda foyda beradi. Pöstloği qon ketişini töxtatiş xususiyatiga ega.

Asolat AHMADQULOVA tayyorladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan