Buxoro viloyatining Olot tumanida mahallalar va köçalarni obodonlaştiriş, xonadonlarni kökalamzorlaştiriş, tomorqa madaniyatini rivojlantiriş hamda aholining estetik madaniyatini yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, “Usmonşayx”, “Nurobod”, “Piçoqçi” va “Denov” mahallalarida tomorqalardan samarali foydalanayotgan, jumladan, meva-sabzavot, poliz mahsulotlarini yetiştirib, issiqxona xöjaliklarini rivojlantirayotgan, gulçilikni yölga qöygan xonadonlar soni ortib bormoqda.

“Piçoqçi” mahallasida istiqomat qiluvçi Şerali Nazirov va Farida Haqqiyevalar xonadoni ana şunday namunali xonadonlardan biridir. Oila aʼzolari bir neça yildan buyon manzarali gullarni köpaytiriş va parvarişlaş bilan şuğullanib kelmoqda. Dastlab havaskorlik ortidan boşlangan maşğulot keyinçalik oilaviy tadbirkorlik faoliyatiga aylangan.

— Avvalboşda gul ekiş, köçat köçirib ötqaziş biz uçun havas, ermak edi. Keyinçalik gullarni köpaytirib, dastlab gulçilikka qiziqqan qöni-qöşni va mahalladoşlarga yetkazib beriş, söngra sotişni ham yölga qöydik, — deydi Farida aya Haqqiyeva. — Bugungi kunda xonadonimizda ming tupdan ziyod gul köçati parvarişlanmoqda. Ularning 20 dan ortiq navi bor. Gulçilik ham obodlikka, ham farovonlikka xizmat qiladigan soha. Şuning uçun uni farzandlarimizga ham örgatyapmiz.

Mazkur işbilarmon oilada, jumladan, aloening bir neça turi, geran, sanseveriya, atirgul, tol guli, bargi tomoşa, kanna, pöloçguli, rayhon hamda boşqa manzarali va xuşböy ösimliklar yetiştirilmoqda. Şerali ota Nazirov va Farida aya Haqqiyevalar gullarni parvarişlaşda ularning har biriga alohida eʼtibor qaratib, köçatlarni köpaytiriş, soğlom rivojlantiriş va mavsumiy parvarişlaş işlariga mehr bilan yondaşadilar.

Xonadonda yetiştirilayotgan gul köçatlari bozorga ham çiqarilmoqda. Ularning narxi turi va hajmiga qarab 5 ming sömdan 150 ming sömgaça belgilanmoqda. Şu tariqa, gulçilik oila uçun nafaqat sevimli maşğulot, balki qöşimça daromad manbaiga ham aylanib ulgurgan.

Hovlida turli xil manzarali ösimliklarning uyğun joylaştirilgani xonadonga öziga xos körk bağişlab, kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş işlarining xonadonlar miqyosidagi amaliy ifodasini namoyon etmoqda. Bunday tajribalar aholining tomorqadan samarali foydalanişi, gulçilik va kökalamzorlaştirişga qiziqişining ortişi, şuningdek, oilaviy daromad manbalarini kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 S.Sobirova.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan