Andijon viloyati Xöjaobod tumanidagi “Köprikboşi” MFY hududida joylaşgan 30-maktabda haftaning har payşanba kuni nuroniylar bilan uçraşuv ötkaziladi. 87 yoşli Homid ota Yusupovning bir uçraşuvda “Kasbning osoni bölmaydi. Ammo uni yaxşi körsangiz, yaxşiliklar keltiraveradi”, deya aytgan gapi yuqori sinf öquvçilarida yorqin taassurot qoldirdi.
Otaxon öz hayoti davomida haydovçilikdan topgan barça yaxşiliklarni gapirganda, böy yigitlarning aksariyatida maşina haydaş iştiyoqi ortib ketgani rost. Ammo otaxon öquvçilarga kasbidan topgan eng katta yaxşilikni aytmadi.
Aslida Homid otaning bundan oltmiş yil avval tumandagi ança olis Nayman qişloğiga öz yuk maşinasida kelin sepi olib borib, şu qişloqlik Munojot ismli köhlik qizni yaxşi körib qolgani, onasi va xolasini sovçilikka qayta-qayta olib boraverib, unga uylangani esa tanlagan kasbining eng katta yaxşiligi bölgan.
— Adaşmabsan, bolam, — degan edi öşanda onasi. — Kelinjonim çiroyligina emas, çaqqon va odobli, könglimdagidek çiqdi.
Bor-yöği 18 yoşga yetgan Munojotxon öşanda non yopişni ham, sigir soğişni ham juda zör bilmasdi. Ammo qaynonasidan qunt bilan barini örgandi. Homidjon yolğiz öğil, Munojotxon erka kelin bölib, Inobat xola va Imomali otaning barça orzularini röyobga çiqardilar. Homidjon Yusupov desa qişloqdagilarning bari öta mehnatkaş, kasbidan faxrlanadigan odamni tuşunadi. U özi boşqargan yuk maşinasi bilan olis toğ yonbağridagi çöponlarga ham, kolxoz dalasidagi paxta, pilla, boğdorçilikda işlayotganlarga ham taniş bölib ketgan. Kasbi tufayli uning dösti köpaydi. Ulardan hayot ilmini örgana bordi. Otaning yana bir yaxşi körgan maşğuloti — daraxt ekiş, nihol parvarişlaş böldi.
Munojotxonim esa olis Naymandan Köprikboşiga kelib, pillakor ham, paxtakor ham böldi. Erta köklamdan yer çopiqqa çiqsa, yagana mavsumida ham, paxta terimda ham iştirok etdi. Terim tugab qolganida, etak-etak kösaklarni uyga olib kelib, yarim tungaça bolaçalari bilan peçka atrofida kösak çuvib, tongda bir etak paxta kötarib, dalaga ketganida ham qaynonasining “bu işlar elga kelgan töy” degan horğin gapini maʼqullab, mehnat qilaverdi. Uç öğli, tört qizi bolaligidanoq uning doimiy yordamçisi böldi.
— Bugungi yoşlar dorilomon kunlarda yaşaşyapti, — deydilar onaxon. — Hamma öz işi bilan şuğullanadi, ayniqsa, öquvçilar, talabalar paxtaga jalb etilmaydigan böldi. Buning uçun hurmatli Prezidentimizdan doimo minnatdormiz. Axir, biz 25 dekabrgaça nam kösakdan paxta ajratib, qölimiz muzlardi. Buyam bölsa, bolalarimizning baxti kulgani, bunday kunlarning qadriga yetiş kerak.
Homid ota ham, Munojot ona ham bugunimizning qadriga yetişni, yoşlik şijoatini ilmu hunarga baxş etiş lozimligini aytib ötişdi. Buni, avvalo, ularning özlari hayotda isbotlaşdi. Farzandlarni yetuk insonlar etib tarbiyalaşdi. Bugungi kunda yetti farzandning bari öz yoqtirgan kasbiga ega. Biri şifokor, biri muallim, yana biri tikuvçi, birovi quruvçi… Ularning barçasi işdan böş böldi degunça Homid ota asos solgan bir gektarli gilos va olma boğda birgalaşib mehnat qilişadi.
Aytişlariça, şu boğning özidan mömaygina daromad keladi. Ular yetiştirgan sara nav gilos xorijga eksport qilinayotgani, olmalarining içki bozorni tökinlaştirayotgani Homid ota va Munojot onaning tarbiyasi, ustozligi tufaylidir.
Ikki nuroniy bugun nabirasi Ozodbek va Muxlisa kelin bilan birga qolgan. Ammo har tongda “Assalomu alaykum” deb farzandlar kirib kelişadi. Kimning qölida non, nöxat, kimning qölida yangi söyilgan qöy göşti, yana birida otaga yangi yaktagu onaxonga yaraşimli römol böladi. Aslida bu hovlida hamma narsa tökin. Uçta soğin sigir, tovuq deganlaridek, sut-qatiq, tuxum tayyor. Homid otaning saʼy-harakatlari sabab tomorqada hamma meva daraxtlaridan bor. Muxlisa kelinning taom tayyorlaşi uçun sabzavotlar ham hovlining özidan çiqadi.
Qaysi meva pişsa, eng avval nabiralarga ilinişadi. Mehr-oqibat bilan tökinlik yaratiladi, axir. Munojot onaning rahmatli qaynonasi Inobat onadan örganganlarini bugun kelinlari, qizlari, hatto nabiralari ham örganişgan. Uluğ şoiramiz Zulfiyaxonimning bir şeʼri “Suydim, mehnat qildim. Sadoqat, vafo bilan ona böldim. Baxt topdim. Şu-da bir yaşaş” — degan mazmunda edi. Bu gapni bugun piru badavlatlik yoşiga yetgan Munojot ona va Homid ota ham aytsa, yaraşadi.
“Nuroniy” jamğarmasi Xöjaobod tumani bölimi raisi Zokirjon Mamadaliyev Homid ota kabi nuroniylar bilan işlaşni yölga qöyib ança yutuqlarga erişayotganlardan. “Köprikboşi” mahallasidagi 30-maktabda ön beş nafar faol nuroniyning yuqori sinflarda uçraşuvlar ötkazib, öquvçilarga hayot darslarini mukammal örganiş uçun saboq berayotganliklari ayni haqiqat.
— Zokirjonning yana bir yaxşi işi — u kişi “Qöşa qariş saodati ” tadbirlarini ötkazadi. Uşbu uçraşuvlarda yaxşi gaplar, tilaklar aytiladi. Qöşa qariganlarga sovğalar ulaşiladi. Bundan taşqari, bizni sayohatlarga taklif qilib turadi. Samarqandu Buxoro, Qöqon taraflarga tengdoş jöralar bilan sayohatga borişning gaşti bölakça böladi, — deydi nuroniylar.
Homid ota va Munojot aya bugun ana şunday baxtli nuroniylar jamoasida. Ularning bosib ötgan hayot va faoliyat yöllari örta avlod, ayniqsa, yoşlar uçun namuna, mahorat va insoniylik dorilfununi desak, aslo yanglişmagan bölamiz. Muhimi, bugun ana şu “dorilfunun” ziyosidan fayz olib, imkoniyatlardan oqilona foydalanib qolmoq lozim, albatta.
Zamira RÖZIYEVA,
“Nuroniy” muxbiri.