Yurtimizda namunali oilalar, baxtli onalar bisyor. Ana şunday fayzli xonadonlardan biri Andijon viloyatining Xöjaobod tumani “Jomeʼ” mahalla fuqarolar yiğinidagi Röziyevlar oilasidir.

Xonadon kattalari Hasanboy ota va Mukarramxon aya Röziyevalar mana, 48 yildirki, ahil-inoq turmuş keçirib, bugun 6 öğil va 6 kelin, yigirmaga yaqin nabiralarga duogöy bölib, hurmat-izzatda yaşab kelmoqdalar.

Oila bekasi Mukarramxon aya Röziyeva yoşlikda savdo sohasida, keyinçalik tikuvçilik fabrikasida mehnat qildi. Birin-ketin tuğilgan farzandlarini oyoqqa qöygaç, asosan, maktabgaça taʼlim muassasasida tarbiyaçi bölib işladi.

Özining mehnatsevarligi, kattayu kiçikka birday samimiyligi sabab işxonada ham, mahalla-köyda ham obrö qozondi. Turmuş örtoği Hasanboy akaning usta duradgorçilik bilan halol mehnat evaziga topgan noniga qanoat qilib, rözğorini barakali qildi.

— Katta xonadonning katta kelini bölib turmuş boşlaganman, — deydi Mukarramxon aya. — Turmuş örtoğim oilaning boş farzandi, ularning ortida 5 nafar uka-singillari bor edi. Qaynonam rahmatli juda zehnli, serğayrat ayol edilar. Qaynotam rahmatli Zokirjon otamiz esa oğir-bosiq, mulohazali inson bölganlar. Ular meni öz qizlariday körib, mehr berişdi. Men ham katta oilaning töy-maʼrakalarida ularga yelkadoş böldim. Oilada “meniki, seniki” degan gap bölmagan. Katta kelin bölganim uçun ham qaynonam menga rözğor tutumlari borasida köp narsalarni örgatgan. Töğrisi, yangi kelin bölib tuşgan kezlarimda oddiygina oş damlaşni ham yaxşi bilmasdim. Şu boisdan, qovurib, suv quygaç: “Buvi, tuzini körib bering?” — deb çaqirardim va boşqa işlarga andarmon bölib turganimda qaynonamning özlari damlardilar. Men şirin taom pişiriş, tandirda non yopiş mahoratini ham qaynonamdan örganganman. Bugun baʼzi bir feʼli tor insonlarni körib, qaynonalik ham özgaça bir ilm, mahorat ekan, deb aytaman. Şunday insonlar yöl körsatmasa, feʼli kenglik bilan örgatmasa, bugun uyim uy bölarmidi?!

Mukarramxon hoji ona bilan suhbatimiz orasida:

— Turmuşning muşti böladi, yaxşi-yomon kunlar ötadi, sir bölmasa, arazlab uyingizga ketib qolgan paytlaringiz ham bölganmi? — deb söradik hazil aralaş.

— Peşonamga Alloh bitgan taqdirdan keçib qayerga ham borardim?! Ketsam, ertaga qaysi yuz bilan qaytib kelişimni öylab, biror marta ham arazlab ketmaganman. Hozir şu gaplarni ayrim yoş oilalarga aytaman, —deya javob qiladi aya.

— Odamlar bir uyda bir kelin bilan murosa qilib yaşaşi qiyin, siz qanday qilib olti kelinni ahillikda olib yuribsiz? — dedim suhbatdoşimga gap orasida.

— Öğillarimizni birin-ketin uylab, uyli-joyli qilib, rözğorini alohida qildik. Töğri, bir hovlida tört kelin bilan yaşagan vaqtimiz ham böldi. Lekin hammasining yomonini yaşirib, yaxşisini oşirib, bolamday körib yaşaganimiz uçun “sen-men”ga bormaganmiz. Şuning uçun ham ulardan mehr qaytsa kerak. Hammasi ham könglimni olişga intiladi.

— Mukarramxon opaning qizi yöq, deganlar yanglişadi. Men doim ularning olti nafar qizlari bor, deyman, — deya suhbatimizga qöşiladi “Jomeʼ” mahalla fuqarolar yiğini xotin-qizlar faoli Mavludaxon Tirkaşeva. — Çunki ular kelinlarini qizlariday körib, tarbiyalab, qöni-qöşnilarga ibrat bölib kelmoqdalar. Şu boisdan, ayani mahallamizdagi “Oqila ayollar” komissiyasining raisi qilib saylaganmiz. Opamiz ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarga juda katta eʼtibor beradilar. Özim bir neça bor suhbatlarida bölganman. Ular kelin-kuyovni yonma-yon ötqazib, “Öğlim, qizim, töy arafasidagi kunlaringni yodga olinglar. Bir-birlaringni qanday qadrlar edilaring. Şamolni ham ravo körmasdilaring-ku. Axir, haliyam öşa insonlarsiz-ku. Nahot, farzandlaring uçun ham ötgan damlarga xayolan qayta olmaysizlar?! Qalblaringda beğubor tuyğularni uyğota olmaysizlar?!” — deya şunday taʼsirli gapiradilarki, aksariyat hollarda biroz avval qattiq-qattiq gapirişayotgan juftlikning köngli yumşaydi. Farzandlari hayotiga aralaşgan qaynonalarga ham köpinça  gaplarini ötkazadilar.

“Baxt — bu tinçlikda, soğlikda, xotirjam yaşaşda, deb öylayman”, — deydi Mukarramxon aya. Haqiqatan ham, farzandlarning baxtu kamolini köriş, ularning yutuqlaridan quvonib, duo qiliş eng katta baxt bölsa kerak. Ona uçun farzandlar iqbolidan ortiq baxtiyorlik yöq, aslida.

Inson özini baxtli sezişi uçun dunyoda köp sabablar bor. Lekin baʼzan birgina kamçilik yoki hayotdagi muammoga duç kelib, özimizni baxtsiz sanaymiz.

Kitoblarda öqigandim, özimizga berilgan neʼmatlar şukrini qilmay qöysak, neʼmatlarga odatlanib qoliş kayfiyati boşlanar va biz baxtli ekanligimizni ham unutib borar ekanmiz.

Aslida, oilamiz, yaqinlarimiz bilan ertalab issiq yuz-la diydor körişiş ham baxt. Soğlik esa, uluğlarimiz aytganiday, eng katta boylik.

“Kim özini heç qaçon baxtiyor his qilmaydi?” — deb söradik onaxondan.

“Menimça, hasadgöy, içi qora odamning dili yorişib, baxtiyor bölganini körmaysiz. Uni hasad öti öldiradi”, — deydi Mukarramxon aya. “Şuning uçun ham inson hamişa havas bilan yaşaşi, boşqalarning yutuğini, muvaffaqiyatini körib, quvonişi kerak. Şunda boşqalarga berilgan neʼmatlar unga ham nasib etadi, albatta”.

Mukarramxon aya öziga berilgan har bir lahzani  qadrlab, vaqtni baxtu saodatga aylantirib yaşayotganini uning hayot yöllari közgudagidek körsatib turibdi.

Aya umr yöldoşi bilan olti nafar öğilni ulğaytirib, ularni el koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyaladilar.

Farzandlarining uç nafari ota kasbini olib, hunarmand usta bölib yetişişgan bölsa, yana biri işlab çiqariş sohasida faoliyat yuritmoqda. Ikki nafar farzandlari esa yurt tinçligi va xalq osoyiştaligi yölida xizmat qilib kelişmoqda.

Oilaning katta öğli Xurşidbek jurnalistika sohasida öqib, yoşlikdan niyat qilgan kasbini tanladi. Asli bolaligidan harbiy jurnalist bölaman, deb niyat qilardi. Bugungi kunda podpolkovnik unvoniga erişib, yurt posbonlari safida Içki işlar sohasida xizmat qilib kelmoqda. Yozganlarini, eng avvalo, ota-onasi, yaqinlariga öqib beradi. Aya öğlining xizmatda erişgan yutuqlarini körsa, ortidan yaxşi sözlar eşitsa, köngli toğdek kötariladi. Xurşidjon  hozir ham ijod qilib, şeʼrlar yozadi.

Yana bir öğli Faxriddin akasiga havas qilib, şarafli kasbni tanladi. Bugun u Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasida xizmat qiladi.

— Men Vatan tuyğusining qadr-qimmatini ota-onamning suhbatlarida anglaganman, — deydi Mukarramxon ayaning tönğiç farzandi Xurşidbek. — Bolalikda bizni biror joyga olib borsalar, uyga juda şoşilar, uyimizga yetib kelgaç esa: “Öz uying — ölan töşaging!” — deb qöyardilar. Bu sözlarning maʼnosini ulğayib, musofirlik nonini totib bildim. Onam yopgan non isi menga köp şirin xotiralarni eslatadi. Ayniqsa, xizmat safarlarida, boşqa viloyatlarda bölganimda, onamning tandirdan issiq nonlarni uzayotgan holatlari köz oldimga kelaveradi. Boşqa joylarda ham onam yopgan non yonimda bölsa, oilamizning mehrini, yurtimning taftini his qilganday bölaman…

Xurşidbekning şu sözlaridan ham onaning taʼsirçan qalbi sezilib turibdi. Axir, xalqimizda “Alp — onadan” degan maqol bor-ku…

Röziyevlar xonadonidan qaytar ekanmiz, öğilu kelinlarning samimiyligi, ota-onasiga mehribonligi, nabiralarning quvonçu şodligi bardavom bölsin, deb niyat qildik.

Feruza ORIPOVA,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan