Kosta-Rikalik Xose Flores 119 yoşida dunyodagi eng keksa erkakka aylanişi mumkin. Uning oilasi va rasmiy hujjatlariga köra, Flores 119 yoşda. Biroq uning tuğilgan sanasi xalqaro miqyosda hali tasdiqlanmagan. Hozir mutaxassislar tarixiy hujjatlarni örganmoqda.
Flores Kosta-Rikaning Tinç okeani sohilidan taxminan 20 daqiqalik masofadagi Sardinal şahrida oddiy yoğoç uyda yaşaydi. U kunlarini dam oliş, nabirasi tayyorlagan taomlarni yeyiş va u bilan qöl kuçini sinaş bilan ötkazadi.
Sardinal Nikoya yarim orolida joylaşgan bölib, bu hudud insonlar uzoq va soğlom hayot keçirişi bilan maşhur bölgan dunyodagi beşta “Yaşil hudud”dan biri hisoblanadi. Mahalliy aholi uzoq umr körişni kalsiy va magniyga boy suv, makkajöxori va loviyaga asoslangan ovqatlaniş, jismoniy mehnat hamda mustahkam oilaviy aloqalar bilan boğlaydi.
Xosening nabirasi va uni parvariş qilayotgan Hellen Floresning aytişiça, butun umrini qişloqda mehnat qilib ötkazgan bobosi hozir “tinç va baxtli” hayot keçirmoqda. Floresning şaxsini tasdiqlovçi guvohnomasiga köra, u 1907 yil 11 iyul kuni tuğilgan. Mutaxassislar uning tuğilganlik va çöqintiriş guvohnomalari, şuningdek, keyingi hayotiga oid boşqa hujjatlarni örganmoqda. Ular Guinness World Records kabi xalqaro taşkilotlar tomonidan tasdiqlanişi kutilmoqda.
Agar Floresning yoşi rasman tasdiqlansa, bu uning oilasi va Kosta-Rika uçun katta faxr bölişi mumkin. U 8 nafar farzand, 23 nafar nabira, 25 nafar çevara va bir nafar evaraga ega.
Manba: zamin.uz.