— deydi yaponiyalik tiba mari xonim

Kunçiqar mamlakat xalqining intizomi, soğlom turmuş tarzi, şu jumladan, uzoq umr köriş borasidagi peşqadamligi dunyo ahlini hayratga solib keladi. Dengiz böyi, qulay infratuzilma, yaşaş va faoliyat bilan boğliq öziga xosliklar ularning kundalik hayot tarziga singib ketgan, taʼbir joiz bölsa. Maʼlumotlarga köra, Yaponiyada 100 yoşdan oşgan fuqarolar soni 90 mingdan ortiqni taşkil etadi. Xöş, bu fenomenning asl siri nimada? Bu şunçaki genga boğliqmi yoki davlat va jamiyat yaratib bergan muhit natijasimi? Biz bu borada yapon tili va madaniyati mutaxassisi Tiba Mari xonim bilan eksklyuziv intervyu uyuştirdik.

— Mari xonim, ayting-çi, Yaponiyada keksa avlod vakillariga munosabat va davlat tomonidan körsatiladigan ğamxörlik qanday yölga qöyilgan?

— Bizda yoşi uluğ insonlarga hurmat va ğamxörlik körsatiş xalqimiz mentaliteti va milliy qadriyatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Keksalarimizni jamiyat va oila hayotiga faol jalb etiş, ularni ruhan va jismonan qöllab-quvvatlaş odatiy hol. Bundan taşqari, davlatimiz tomonidan nuroniylar uçun köplab imtiyozlar va ijtimoiy dasturlar mavjud. Masalan, Tokio şahrida 70 yoşdan oşgan fuqarolarga jamoat transportida tekin va imtiyozli yuriş uçun maxsus kartalar beriladi.

Şaharlardagi ijtimoiy muassasalar esa keksalarning doim yangi bilimlarni egallaşlari, til örganişlari yoki hunar egallaşlari uçun arzon va qulay şaroitlarni yaratib beradi.

— Jamiyatda yolğizlik muammosi keksalar uçun juda oğir taʼsir qiladi. Yaponiyada nuroniylarning yolğizlanib qolmasligi va faol hayot keçirişi uçun qanday mexanizmlar işlaydi?

— Har bir hududda (mahalliy provinsiyalarda) maxsus ijtimoiy markazlar faoliyat yuritadi. U yerda yoşi uluğ insonlar muntazam yiğilib, yengil sport turlari bilan şuğullanişadi, turli tögaraklarda qatnaşadi va guruh bölib vaqt ötkazişadi. Bundan taşqari, ijtimoiy xizmat xodimlari va volontyorlar yolğiz yaşaydigan nuroniylarning holidan xabar olib, ular bilan muloqotda bölib turişadi.

Eng ommaviy va eʼtiborli anʼanalarimizdan biri — ertalabki jamoaviy gimnastikadir. Har kuni barvaqt mahalliy boğ va maydonlarda keksalar, yoşlar, hatto uy hayvonlarini sayr qildirayotgan aholi radio orqali beriladigan musiqa ostida töplanib, birgalikda badantarbiya maşqlarini bajarişadi. Bu nafaqat jismoniy soğlomlikni saqlaydi, balki kişilarga kun böyi kötarinki kayfiyat bağişlaydi, ijtimoiy birlikni taʼminlaydi.

— Yaponiyalik nuroniylarning dunyoni hayratga solayotgan uzoq umr köriş sirini nimalarda körasiz?

— Mening fikrimça, eng muhim ruhiy omil — harakatdan, izlanişdan va foydali mehnatdan töxtamaslikdir. Nafaqaga çiqqandan söng ham volontyorlik bilan şuğullaniş, yoşlarga va jamiyatga taʼlim beriş yoki muhtojlarga yordam qölini çöziş juda muhim. Inson kimgadir nafi tegayotganini va jamiyat uçun kerakligini his etsa, bu unga ruhiy quvvat beradi hamda umrini uzaytiradi. Ikkinçi muhim omil — kundalik ovqatlaniş madaniyati va taomlar tarkibi. Ovqat tayyorlaşda deyarli yoğ işlatmaymiz. Ratsionimizda fermentlangan (miso, natto kabi açitqili) foydali mahsulotlar va albatta, yangi uşlangan baliq hamda dengiz mahsulotlari asosiy örinni egallaydi.

— Bilamizki, şarqona va ayniqsa, özbek oilalarida uç avlod bir uyda yaşaydilar. Yaponiyada esa yoşlar köpinça alohida yaşaşni afzal körişadi. Buning sababi nimada?

— Bu yerda bir neçta tabiiy va maişiy omillar bor. Birinçidan, Yaponiyada xonadonlar va uy maydoni kiçik. Ikkinçidan, ikkala avlod — yoşlar ham, keksalar ham kundalik turmuşda bir-birlari bilan ortiqça hurmat va çeklangan qoidalarni saqlaş zaruratini istaşmaydi va bir-birlarini bezovta qilmaslikni maʼqul körişadi. Alohida yaşaş mehr-oqibat yöqligini anglatmaydi — nuroniylarimizning öz döstlari, qiziqişlari va muloqot doirasi juda keng.

— Yurtimiz — Özbekistonga qilgan sayohatingiz va Toşkentdagi faoliyatingiz haqida töxtalib ötsangiz. Taassurotlaringiz qanday?

— Özbekiston — juda gözal, xavfsiz mamlakat ekan. Mahalliy aholi juda mehmondöst, issiq çehrali va oqibatli. Men yapon va özbek xalqlarining samimiyat hamda özaro hurmat borasidagi öxşaşliklarini his qildim. Yaqinda dugonalarim bilan birga Toşkentda milliy madaniyatimizni namoyiş etdik. Tadbir doirasida özbek tomoşabinlariga ikebana (gul tuziş sanʼati), kimono kiyiş, furosiki (matodan tugunçalar tugiş) va yudzen — matoga qölda surat soliş sanʼatlarini körsatib berdik. Bunday madaniy va maʼrifiy muloqotlar xalqlarimiz örtasidagi döstlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaşiga işonaman.

— Yaponiyaga sayohat qilişni va ajoyib tabiatingizni körişni istagan yurtdoşlarimizga qaysi maskanlarni tavsiya etasiz?

— Yaponiyaga kelsangiz, albatta, Nati (Nachi) şarşarasini körişingiz va Tokiodagi betakror muzey hamda ibodatxonalarga sayohat qilişingizni tavsiya qilaman. Agar gözal toğlar va dengiz qiziqtirsa, tarixiy Kamakura va xususan, Okinava oroli ayni muddao. Okinavaning dengizi, moviy sohillari va betakror tabiati heç kimni befarq qoldirmaydi.

— Suhbat uçun rahmat. Sizni yana Özbekistonda kutib qolamiz.

Ilhomjon ABDUSALOMOV

suhbatlaşdi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan