Yangi yil yaqinlaşgani sayin katta-yu kiçikning qalbi şukuhga töladi. Çunki Yangi yil yaqinlarni bir dasturxon atrofida birlaştiradi, şirin suhbatlar, yaqinlar diydori uçun yaxşigina sabab böla oladi. Qolaversa, odamlar bir-birini yöqlaydi, sovğa-salom kötarib, keksalar va bemorlar holidan xabar olişadi. Bu — bizga taniş bayram anʼanalari. Xöş, dunyoda Yangi yil qanday kutib olinadi?
– Braziliyada Yangi yilda yasmiq isteʼmol qiliş anʼanaga aylangan. Aytişlariça, yasmiq pul, boylik ramzi ekan, uni yangi yilda isteʼmol qilgan odam uçun yil omadli bölarmiş… Şuningdek, ular bayramda oppoq kiyim kiyişadi. Ularning fikriça, oq rang ham kelgusi yilda omad keltirar ekan.
– Yaponiyaliklar esa 31 dekabr kuni uy tozalaşadi. Bu hatto yapon xaqining qadriyatiga aylangan.
– Ruminiyada tangani daryoga uloqtiriş odati bor, bu ham yangi yilda omad keltirişi bilan izohlanadi. Qolaversa, Ruminiyada odamlar göyo yovuz ruhlarni quvib çiqariş maqsadida raqsga tuşayotgan ayiqlar kiyimini kiyişadi. Sababi, ayiqlar qadimgi Ruminiya hikoyalariga asosan, odamlarni himoya qilişga va davolaşga qodir bölgan.
– Greklarning bayram anʼanalari qiziq: ular baxt, omad, şuningdek, hosildorlik, unumdorlik, yuqori samaradorlikka işonib, eşiklari tepasiga bir qança piyoz osib qöyişadi. Hatto keyingi kun undan grekça yangi yil taomini tayyorlaşlari ham mumkin.
– Irlandiyada marhumlarning ruhiga hurmat namunasi ölaroq, hatto ularning ruhi kirib kelişiga işonib, eşikni oçiq qoldirişadi, Yangi yil keçasi bayram dasturxonida ham ular uçun böş joy qoldirişar ekan.
Söğdiyona Sobirova tayyorladi.