Britaniyaning The Legatum instituti tahlil markazi har yili “Farovonlik indeksi”ni eʼlon qiladi. 2026 yil natijalariga köra, Şveysariya mazkur röyxatni boşlab bergan. Umuman olganda, Şveysariya sönggi yillarda dastlabki yuqori poğonalardan joy oladi. Markaz jami 161 ta davlatni 300 ga yaqin statistik körsatkiç asosida tahlil qiladi. Xususan, davlat muassasalari sifati, iqtisodiy erkinlik, (jumladan, tadbirkorlar uçun şaroitlar), aholi osudaligi, soğliqni saqlaş, taʼlim kabi insoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvçi faktorlar baholaşda boş mezonlardan bölgan.
Dastlabki öntalikda Yevropa mamlakatlari (Norvegiya, Irlandiya, Daniya, Finlandiya, Islandiya, Şvetsiya, Germaniya, Niderlandiya), şuningdek, Avstraliya qayd etilgan. Reytingning quyi qismidan, asosan, Afrika davlatlari örin olgan.
Özbekistonning farovonlik darajasi 161 ta davlat orasida 94-örinni egallaydi.
Şu örinda taʼkidlaş kerak, mamlakatimizda sönggi yillarda röy bergan iqtisodiy-siyosiy voqeliklar xorijiy tadbirkor va investorlar uçun Özbekistonning jozibadorligini oşirişda, iqtisodiy erkinlikning barqarorlaşişiga erişişda muhim qadam bölmoqda.
Zavqlanib yaşang — deydi britaniyalik 106 yoşli Edit Xill
Britaniyalik 106 yoşli keksa nuroniy Edit Xillning hayot hikoyasi köpçilikning eʼtiborini tortdi. Keksa onaxonning fikriga köra, uzoq umr köriş falsafasi u qadar murakkab emas: mustaqil yaşaş, şokolad isteʼmol qiliş, yaxşi kayfiyatda yuriş va soğlom turmuş tarziga amal qilişning özi kifoya. Bu omillar Edit Xillning bir asrdan oşiq yaşaşiga sabab bölgan faktorlardan hisoblanadi.
Maʼlumot uçun, Xill umri davomida dunyodagi yirik voqealar, xususan, ikkala jahon uruşiga ham guvoh bölgan. U haliyam işonadiki, umrning har bir lahzasidan quvonç topa oliş va şukronalik bilan zavqlanib yaşaş uzoq va mazmunli umr keçiriş uçun muhim aspekt hisoblanadi.
Haqiqiy baxt nimada?
Sizni ranjitişdimi? Eʼtiborsizlik bilan qalbingizga ozor beişdimi? Qattiq xafa böldingizmi?
Şuning uçun qalbingiz ğijimlab oğriyaptimi? “Nega unday qildi, axir, men şunga munosib edimmi”, deb ezilib öylayapsizmi?..
Kun böyi bunday oğir hislarni kötarib yuriş azob emasmi? Axir, oğriqli öylar kuçingizni oladi, tanangizdan mador, ruhingizdan quvvat ketadi-ku…
Sizni, albatta, begona xafa qilmaydi. Atrofingizdagi yaqinlaringiz, oilangizdagilar yoki qöni-qöşningiz, jigarlaringizdan kimdir beparvolik bilan ranjitgan bölsa, ularni keçiring.
Kattalar keçirimli böladilar… Kiçiklar esa keyinroq xulosa çiqaradilar. Ozor yukini qalbingizga yuklamang, sizni ranjitgan odamning yaxşi fazilatlarini öylang… Hayotni boriça qabul qiling, yaqinlaringiz xatosini keçiring.
Özingizni yaxşi işlar, yaxşi öylar bilan çalğiting. Öylamang, oğir öylarni uloqtiring, tin olasiz. Kuç-quvvatga tölasiz. Qalbingz xotirjam böladi.
Özingiz bilan suhbat quring, yaxşi niyatlarga andarmon böling — yangilanasiz.
Har tongni yaxşi niyatlar bilan qarşi oling. Axir, har bir kun neʼmat, har bir kun ğanimat…
Baxt esa atrofimizdagilarni keçira olişimizdadir.
Gulçehra Latif.