Jamğarmaning tuman bölimi tomonidan «Bir nuroniy — ön yoşga masʼul» loyihasi doirasida körik-tanlovning tuman bosqiçi kötarinki ruhda ötkazildi.
Mahallalarda yoşlar tarbiyasi, ularni ezgu ğoyalar va milliy qadriyatlar ruhida kamol toptirişda alohida ibrat körsatayotgan faol nuroniylarimiz özlarining samarali faoliyatlari, boy hayotiy tajribalari va erişgan natijalari böyiça özaro bellaşdilar.
Keksa avlod vakillarining har bir çiqişida mahallada maʼnaviy muhitni soğlomlaştiriş va yoşlarga töğri yöl körsatiş borasidagi fidokorona mehnatlari yaqqol namoyon böldi.
Yakunlarga köra, 1-örin “Baymurat” OFY “Keksalar maslahati” guruhi rahbari M. Egamqulov, 2-örin “Şörköl” MFY faol nuroniysi N. Qurbanov, 3-örin “Birlik” MFYdan N. Narbayev va gulistonlik D. Ermamatovga nasib qildi.
Sovrindorlar munosib taqdirlanişdi.
Umida KAPAŞOVA,
Konimex tumani.