Ayni kunlarda yurtimizda iş olib borayotgan faol nuroniylar örtasida anʼanaviy “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” körik-tanlovining tuman va şahar, şuningdek, viloyat bosqiçlari bölib ötmoqda.
Prezidentimizning 2022 yil 15 mart kunidagi “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-167-sonli, 2023 yil 11 mart kunidagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-92-sonli qarorlariga asosan taşkillaştirilayotgan mazkur tanlovni faol nuroniylarning özlariga biriktirilgan yoşlarni kasb-hunarga örgatiş, ilm-fanga qiziqtiriş, mustaqil hayotga yöllaş, bandligini taʼminlaş borasida olib borayotgan işlarining öziga xos hisoboti, taqdimoti deyiş mumkin. Ikkinçidan, uşbu loyihada iştirok etgan faol nuroniylar özaro bir-birlaridan tajriba örganib, mahoratlarini ham oşirmoqdalar. Bu esa ularning kelgusidagi faoliyatlarida asqotmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyatining Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida bölib ötgan tanlovlar özaro bahslarga boyligi bilan ajralib turdi. Denovda bölib ötgan tadbirda tuman hokimi örinbosari M.Abduraimov, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi A.Xolmatovlar sözga çiqib, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili bugungi kunda mahallalarda jinoyatçilikni jilovlaş va yoş oilalarni asrab qolişda muhim dasturilamal bölayotganini alohida qayd etdilar.
Tanlovda iştirokçilarning çiqişlari hakamlar hayʼati tomonidan 3 ta şart asosida baholab borildi. Natijalarga köra, faxrli 1-örin “Özbekiston” MFY nuroniysi Elmurod Boysariyevga, 2-örin “Boği Eram” MFY nuroniysi Zulayho Sultonovaga, 3-örin “Kenagas” MFY nuroniysi Tölqin Qorayevga nasib qildi.
— Biz, nuroniylarga bildirilayotgan yuksak işonç zimmamizga ulkan masʼuliyat yuklaydi, — deydi tanlov ğolibi, denovlik otaxon Elmurod Boysariyev. — Uşbu işonçga har doim munosib böliş yölida bor kuç-imkoniyatlarimizni safarbar etmoqdamiz. Men erişgan yutuqni nafaqat özimniki, balki butun tumanimiz faol nuroniylarining muvaffaqiyati deb bilaman. Oldinda viloyat bellaşuvi turibdi. Unda ham bor tajribam, bilim hamda mahoratimni namoyon etib, ğolib bölişga harakat qilaman. Biz, faxriylarga körsatilayotgan yuksak ehtirom va eʼtibor uçun muhtaram Yurtboşimizga ulkan minnatdorlik bildiraman.
Sariosiyo tumani madaniyat uyida ötkazilgan körik-tanlov ham taassurotlarga boy böldi. Tadbirni tuman hokimi örinbosari A.Şukurov kiriş sözi bilan oçib, tanlov ahamiyatiga töxtaldi. Öz navbatida, iştirokçilarga omad tiladi.
Tanlov iştirokçilarining çiqişlari “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi S.Qosimov, Maʼnaviyat va maʼrifat bölinmasi boşliği X.Normatov, Madaniyat bölimi boşliği I.Rajabovlardan iborat hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholab borildi.
Tadbir nuroniylarning öziga xos muloqot maydoniga aylandi. Iştirokçilarning bir-biridan mazmunli va rangba-rang çiqişlari tomoşabinlarga manzur bölib, tanlov özgaça bayram dasturiga aylanib ketdi.
Uzun tumanida bölib ötgan tanlovda ham iştirokçilarning yoşlar bilan işlaş borasidagi taşabbuslari, mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yaxşilaş va yoş avlod tarbiyasiga qöşayotgan hissasiga baho berildi.
Yakuniy xulosalarga köra, faxrli 1-örinni “Çaqar” MFY nuroniysi Rustam Ergaşov, 2-örinni “Navröz” MFY nuroniysi Dilorom Safarova,
3-örinni “Döstlik” MFY nuroniysi Mamatqul Şukurovlar qölga kiritdilar.
Mazkur körik-tanlov nuroniylarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oşiriş, ularning boy tajribasini yoş avlodga yetkaziş hamda mahallalarda “ustoz — şogird” anʼanalarini qaror toptirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatli hisoblanadi, albatta.
Tanlov yakunida ğolib va sovrindorlar, faol iştirokçilar taşkilotçilar tomonidan “Taşakkurnoma” hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Bahodir Valiyev.