Yurtimizda faol nuroniylar örtasida ötkazib kelinayotgan “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” körik-tanlovi maʼnaviy kömakka muhtoj yoşlar bilan işlaş, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlaştiriş, yoşlarni Vatanga muhabbat, ezgulik va rahmdillik ruhida tarbiyalaş, nuroniylarning yoşlar örtasida milliy, umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylaş borasidagi faoliyatini yanada takomillaştirişga xizmat qiladi.

Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumanidagi 4-sonli musiqa maktabida tuman hokimligi, “Nuroniy” jamğarmasi, Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimlari, Mahalla uyuşmasi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,  Yoşlar işlari agentligi tuman bölimlari, Madaniyat bölimi hamkorligida ötkazilgan körik-tanlovda ayni haqiqat yaqqol namoyon böldi, deyiş mumkin.

Tanlovning tuman bosqiçida “Madaniyat”, “Maşrab”, “Oydinobod”, “Çinobod” mahallalarining nuroniylari va yoşlari iştirok etdilar. Bellaşuv uçta yönaliş böyiça taşkil qilindi.

Tadbirda iştirok etgan nuroniylar öz faoliyatiga oid taqdimotlar taşkil qilib, amalga oşirgan işlari xususida maʼlumotlar berib ötdilar. Şuningdek, öz ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etdilar.

Murosasiz, ammo samimiy va qiziqarli tarzda keçgan tanlovda “Maşrab” mahallasi faol nuroniysi Egamberdi Ataxanov faxrli birinçi örinni qölga kiritib, viloyat miqyosidagi tanlovda iştirok etiş imkoniyatiga ega böldi. “Oydinobod” mahallasi faol nuroniysi Dilbar Rahmatova ikkinçi örinni, “Çinobod” mahallasi faol nuroniysi Gulzoda Nazarova uçinçi örinni egalladilar. Ğolib va sovrindorlar tadbir taşkilotçilari tomonidan maxsus diplom hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.

Nigora ÖROLOVA.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan