yoxud “pogonsiz general” ibratlari

Mamlakatimizda el-yurt manfaatlari yölida fidoyilik körsatib, insonlarga yuksak ibrat namunasi bölib kelayotgan xalqparvar insonlar köpçilikni taşkil qiladi.

Qosimjon Söpiyev — istiqlolga qadar va istiqlolning ilk yillarida radio va televideniyeda eng ötkir, eng dolzarb umummilliy, ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy muammolar va ularning yeçimlarini yoritib, xalqimiz va köpsonli tomoşabinlarning eʼtiborini qozongan, radio-televideniyening otaxon, fidoyi jurnalistlaridan biri.

Otaxonning turişlari şahdam, yuz-közlaridan qatʼiyat yoğiladi. Bugungi kunda Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan navbatdagi taşabbus, yaʼni “Harbiy xizmatçilarning (xodimlarning) va ular oila aʼzolarining davlat pensiya taʼminoti töğrisida”gi Qonun Senatning yalpi majlisida muhokama qilinib, maʼqullanganligidan ğoyat mamnun ekanliklarini bildirdilar. Haqiqatan ham, uşbu qonunga köra, uzoq yillar davomida halol xizmat qilgan harbiy xizmatçilar ijtimoiy rağbatlantiriladi. Masalan, kalendar hisobida 30 yildan ortiq xizmat qilgan şaxslar uçun pensiyani hisoblaşning eng yuqori miqdori 75 foizdan 100 foizgaça oşiriladi. Muhimi, mazkur ijtimoiy kafolatlar faqat kelgusida pensiyaga çiqadigan harbiy xizmatçilarga emas, balki bugungi kunda pensiya olayotgan, kalendar hisobida 30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiy xizmatçilar, xodimlar va ularning oila aʼzolariga ham tatbiq etiladi.

— Pensiyalar 100 foizga oşgandan keyin vatanparvarlik ham oşişi kerak-da. Hammasi risoladagidek bölişi, yurtda yaşayotgan keksa faxriylar qalban vatanparvar, millatparvar bölişlari lozim, — deydilar yana faxriy jurnalistimiz.

Otaxon davlatimiz rahbariyatining uşbu eʼtibori va eʼtirofidan ruhlanib, bundan keyingi tadbirlarda  ham tajribali jurnalist, ham faol nuroniy sifatida tizimdagi islohotlarga astoydil hissa qöşiş, yangi loyihalarini taqdim etişga tayyor ekanliklarini maʼlum qildilar.

Ustoz jurnalist haqida maqola tayyorlaş maqsadida yakşanba kuni u kişi bilan körişdik. U insondagi kamtarlik, samimiylik dastlabki lahzalardayoq eʼtiborimni tortdi.

Qosimjon Söpiyev bilan suhbatimiz meni sobiq ittifoq davri hamda Özbekiston davlat mustaqilligining ilk yillari sari boşladi.

Aslida mustaqillikning oson qölga kiritilmaganligini ötmiş saboqlaridan yaxşi anglaymiz. Bu haqda tajribali jurnalist Qosimjon Söpiyevning öz hikoyalari bor. U kişi sobiq ittifoq armiyasidagi millatçilik, ayirmaçilik kabi holatlar köplab özbekistonlik yigitlarning hayotlariga zomin bölganini, ularning murdalari solingan tobutlar ustida ota-ona, yaqinlarining bağri qon bölganini afsus-nadomat bilan esladi. Öşa kezlarda Qosimjon Söpiyev muallifligida tasvirga olinib, efirga uzatiluvçi “Oy borib, omon qaytmagan bolam” körsatuvi ota-yu onalarning ana şunday aççiq faryodlaridan hikoya qilardi. Qosimjon aka afğon uruşi, undan nogiron bölib qaytgan yurtdoşlari, taʼbir joiz bölsa, quroldoşlariga astoydil yordam qilardi. Avvalo, bu uning insoniylik burçi, ikkinçidan, u ham afğon uruşi qatnaşçisi, baynalmilal jangçi edi.

— Afğon tuproğida askarlar bir burda non uçun halok bölib ketgan paytlar bölgan, — deya eslaydi otaxon. — “Mardlar qöriqlaydi Vatanni”, “Vatanimga xizmat qilaman!”, “Vatanparvar” kabi körsatuvlar öz-özidan dunyoga kelmagan. Ularning öz yaraliş tarixi bor, albatta. Faoliyatim davomida rahmatli Rözmat Madatov, Soyibjon Rahmonov kabi ustozlarimiz bilan uşbu körsatuvlarni yölga qöyganimiz, xalqimizning sevimli, intiqib kutadigan tele-loyihalariga aylantirganimiz yodimda…

Otaxon jurnalistning “Karvon” nomli köp qismli, “Oqquşlar” nomli badiiy-publitsistik filmlari, “Botma, quyoş” nomli badiiy-hujjatli filmi, “Şöraviy” nomli hujjatli filmi Turkiya, Rossiya, Malayziya, Belarus, Ukraina kabi davlatlarda ötkazilgan xalqaro badiiy hujjatli kinofestivallarning sovrindori bölib, özbek xalqi, özbek öğlonlarining çinakam vatanparlik fazilatlarini dunyoga namoyiş etgan. Uşbu filmlar özbek, rus, ingliz, arab, fors va yevropa tillariga tarjima qilinib, qator mamlakatlarda namoyiş qilingan.

Özbekistonlik askarlarning ayançli holati mamlakatda turli eʼtirozlarni keltirib çiqara boşlagan bir vaqtda Qosimjon Söpiyev davlat topşiriğiga asosan, holatni örganiş böyiça komissiya tarkibida Moskvaga boradi. Harbiy qismlarda holat juda ayançli ekaniga guvoh bölib, yurtga qaytayotganida, aynan ular uçib kelayotgan samolyotda uç nafar özbek askarining tobutga joylangan murdasi ham borligidan xabar topadi. Samolyot Toşkentga qönganda, keçiktirmay videolavhaga kirişadi. Hodisa böyiça körsatuv tayyorlaydi, biroq uni tele-efirda uzatişga ruxsat berişmaydi. Şunday bölsa-da, u radiodan özi kabi fidoyi bir jurnalist hamkori bilan birga radiomaterial tayyorlaydi. Ammo uni efirga uzatiş uçun ham öşa davrdagi “TURKVO”dan ruxsat oliş söraladi. Ruxsat olgani borganida, masʼul mayorning  ham  “afğonçi” ekani maʼlum böladi. Sobiq “quroldoşlar” jangu jadallarni eslaşadi. Keyin öşa harbiy xizmatçi Qosimjon Söpiyevga materialni eʼlon qiliş mumkinligi böyiça xulosa berib, muhr bosadi. Şundan keyin “Oşkoralik” nomli ikki soatli radiolavha efirga uzatiladi. Mamlakatda kutilmagan şov-şuv yuzaga keladi. Keyin esa… radioeşittirişni tayyorlagan “qahramon”lar işdan böşatiladi.

Oradan uç kun ötgaç, mamlakat miqyosidagi plenum bölib ötadi. Unda Oşkoralik qömitasi raisi, şoir va adib Erkin Vohidov nutq sözlaydi. “Biz mamlakatni mustaqil qilibmizu armiyani mustaqil qilmabmiz. Şu narsa yodimizdan kötarilibdi. Bolalarini 17-18 yil boqib, el-yurt xizmatiga safarbar qilgan  onalarning gunohi nima edi?!” — deydi u öz nutqida.

— Şu voqeadan söng bizni qaytadan işga çaqirib, ulkan işonç bildirildi, endi poligonlarda işlaysanlar, deyişdi, — deya eslaydi Qosimjon Söpiyev. — Uç kundan keyin esa Özbekiston armiyasi mustaqil böldi. Menga haligaça xatlar keladi. Çunki öşa vaqtlarda bedarak ketgan askarlar bor edi. Afsuski, ularning taqdirlari haligaça nomaʼlum qolgan.

Qosimjon ota tinib-tinçimas odam. Belarus mamlakatida katta bir maydonga Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi, Sobiq ittifoq qahramoni Ğulom Yoqubov nomi berildi. Otaxon elçixonalar bilan hamkorlikda işlamaydimi, darrov örganiş işlariga kirişadi. Qahramon tarixiga oid film yaratadi. Tafsilotlar esa ğaroyib. Qarangki, bir oilada nabira buğdoy rangda tuğilibdi. Buni körgan erkak ayolini xiyonatda ayblaydi. Ayol esa bunday emasligini aytadi. Keyin ular Germaniya davlatiga borib, tekşiruvdan ötadilar. Aniqlanadiki, avvalgi ajdodi Markaziy Osiyolik bölgan. Bobo — yurtdoşimiz, qahramon Ğulom Yoqubov bölib çiqadi. Qaytanga ular, ayniqsa, nabira bundan quvonadi. “Men qahramonning nabirasiman!” — deya faxrlanadi.

— Qarangki, qon tortgan joyga jon ham tortarkan, — deydi Qosimjon ota Söpiyev. — Bugun Belarus tuproqlarida qançalab özbekistonlik jangçilarning muborak xoki yotibdi. Bularning barçasi bizdan xulosa çiqarişni talab qiladi.

Jurnalist otaxonning eng uluğ va eng aziz bayram hisoblangan mustaqillik ayyomi tantanalariga oid bir-biridan qiziqarli va mazmunli tele-materiallarni tayyorlab, xalqimizga manzur qilganligi tahsinga sazovordir. Ayniqsa, Andijon viloyatining “Navoiy” boğidagi ulkan Semurğ quşi haykali fonida bölib ötadigan mustaqillik bayrami şodiyonalarini butun mamlakat böylab namoyiş etişda Qosimjon Söpiyevning ulkan xizmatlari bor.

Özbekiston Kinoarboblari ijodiy uyuşmasi, Özbekiston jurnalistlari ijodiy uyuşmasi aʼzosi, muharrir Qosimjon Söpiyev 1956 yil 30 aprelda Andijon viloyatining Asaka tumanida tuğilgan. Otaxon bu yil 70 yoşga töldilar.

— Nuroniy degani pensiyaga çiqib, Hajga borib kelib, oppoq soqolini köksiga tuşirib, oq yaktakda törida ötirişi kerak, degani emas faqat. Balki yanada fidoyilik körsatişi, yoş avlodni öz ortidan ergaştirişi kerak, — deydi otaxon kuyunçaklik bilan. —  Mana, endi ijod, izlaniş, el-yurt koriga yaraş vaqti keldi. Keksaydim deyişga haqqimiz yöq. Bugun nuroniylar jamiyatimizning barça sohalarida öz faolligini körsatmoqda. El-yurt farovonligi uçun qölni qölga berib, joylarda oqsoqollar kengaşlari, onaxonlar, buvijonlar maktablari özlarining innovatsion loyihalari bilan çiqib, yoşlarni ilmli, ziyoli va saodatli etib tarbiyalaş yölida kamarbasta bölişimiz kerak.

Qosimjon Söpiyev haqida hikoya qilganlarimiz daryodan bir irmoq. Hali matnga aylantirilmagan audioyozuvlar turibdi. Özbekiston xalq yozuvçisi Xudoyberdi Töxtaboyev Qosimjon Söpiyevning fidoyiligi, jurʼati-yu jasorati, haqiqat va adolat, maʼrifat yölida amalga oşirgan işlarini baholar ekan, “Siz pogonsiz generalsiz!” — degan ekan.

Bir söz bilan aytiş mumkinki, Qosimjon Söpiyevdek  fidoyi, el-yurt koriga kamarbasta insonlarning ibratli umr yöli, hayotiy saboqlari yoşlar uçun maʼrifat mayoğiga aylanadi. Qosimjon Söpiyevdan ibrat saboqlarini olgan şogirdlari ham bugun nafaqat mamlakatimiz, balki jahonning turli davlatlarida faoliyat yuritib, özbekning donğini dunyoga taratmoqdalar.

Bahodir Valiyev.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan