Buxoroi şarifning Vobkent tumani Nayman qişloğidagi “Çangaron” mahallasida bir-biriga suyanib, qöşa qariyotgan taniqli oila bor. Mahallada Rustam Rajabovni fidoyI feldşer, Qursiya onani esa el sevgan muallima sifatida yaxşi bilişadi.
Har ikkisi ham öttiz yildan ortiq halol mehnat qilib, nafaqaga çiqqan — biri yoşlarga bilim bergan, biri el soğliğini tiklaşda jonbozlik körsatgan. Ammo bugun bu xonadon sohiblarini nafaqat Buxoro viloyati, balki Amerika, Fransiya, Italiya, Malayziya, Daniya, Polşa, Yaponiya va Xitoyda ham hurmat qiladiganlar bor.
Ajablanmang, bu mubolağa emas. 52 yildan buyon bir yostiqqa boş qöyib, ikki qiz va ikki öğilni voyaga yetkazgan, el qatoriga qöşgan Rustam ota va Qursiya ona keyingi ön yil içida haqiqiy xalqaro oila vakillariga aylanişdi. Hammasi bundan ön yil avval, tönğiç öğil Dostonbek Rajabov oliy dargohni tamomlab, Buxorodagi “Palmira” mehmonxonasida menenjer bölib iş boşlaganidan keyin özgarib ketdi. Köp ötmay, uning ukasi Behzodbek ham çet tillar institutini bitirib, ingliz, fransuz, tojik va rus tillari tarjimoni sifatida akasiga yelkadoş böldi.
Keyinçalik Dostonbek ham Amerika va Turkiyadagi malaka oşiriş safarlari davomida ingliz va turk tillarini puxta egalladi. Şu tariqa, aka-ukaning turizm sohasidagi taşabbuslariga yöl oçildi. Buxoroga kelgan sayyohlar, tabiiyki, Vobkentning qadimiy obidalarini körişga ham iştiyoqmand bölişadi. Ammo aka-uka Rajabovlar faqat tarixiy obidalar bilan çeklanib qolmay, xorijliklarga özbekning milliy taomlari, xonadon madaniyati, kiyiniş va urf-odatlari — asl özbekona qadriyatlarni boriça körsatişni maqsad qilişdi. Zero, har bir çet ellik sayyoh mamlakat haqida quruq faktlar emas, balki öşa xalqning turmuş tarzi, oilaviy muhit, özbek onalari va kelinlarining ibosi-yu mehmondöstligi bilan yaqindan tanişgisi keladi.
Şularni öylagan Dostonbek va Behzodbek ota-onasi bilan maslahatlaşib, xorijlik mehmonlarni öz uylarida qabul qilişga ahd qilişdi. Bunga asoslar yetarli edi: xonadon bekasi Qursiya ona mehmon kelsa quvonadigan, tandirdan lovullab turgan patirlarni uzib, palov damlaydigan asl pazanda. Bu fazilatlar oilaga kelgan kelinlarga ham singgan. Hovlidagi özbekona fayz va tartib xonadon sohiblarining mehnatsevarligidan darak berib turardi.
Niyat xolis ekan, iş tez yurişib ketdi. Vobkentga kelgan xorijlik mehmonlar Rajabovlar xonadoniga ketma-ket taşrif buyura boşlaşdi. Yillar ötib, tajriba ortgaç, uyning kattagina bir xonasi muzeyga aylantirildi. Bu möʼjaz muzeydan özbek xalqining qadimiy osoriatiqalari, dehqonçilik va ipak qurti boqiş madaniyatiga oid noyob eksponatlar joy oldi. Tomorqadagi möʼjazgina issiqxona esa alohida bir dunyo. Bu yerda yaşnab turgan limon, mandarin, banan va xurmo daraxtlari özbek tuproğining neçoğli barakali ekanini körsatib turadi. Hovlidagi 20 tup anor, 15 tup uzum va boşqa sarxil meva daraxtlari mehmonlarni hayratga solmay qöymaydi.
Özbek xonadoni mehmonni heç qaçon çoysiz kuzatmagan. Katta ayvondagi tökin dasturxonga tizilgan mayiz, pista va milliy holvalar atrofida jonli suhbatlar boşlanadi. Bu yerda Rustam ota va Qursiya ona — asosiy mezbon, Behzodbek esa tarjimon. Eng qiziği, sayyohlar şu hovlining orasta kelini Gulzodaxonning tandirdan non uzişi, somsa va manti tugişi, oş damlaşini şunçaki tomoşa qilişmaydi; özlari ham yeng şimarib, jarayonga qöşilib ketişadi. Savatda non kötarib, manti tugib köriş xorijliklar uçun sayohat quvonçiga aylanadi.
Qaynona-kelinning non yopayotgan, oş damlayotgan jonli suratlari Germaniyadagi yirik körgazmalardan joy olgani ham bejiz emas. Turkiya davlat televideniyesi esa Qursiya ona va uning kelinlari haqida alohida körsatuv tayyorlab, namoyiş etdi. Bu — milliy urf-odatlarimizning dunyo miqyosidagi eʼtirofidir. Qursiya onaning donişmandligi, oqilaligi va farzand tarbiyasidagi zukkoligi har bir xorijlik mehmonning havasini keltiradi. Onaxonning sayyohlar kelişiga özbekona kamzuliga “Möʼtabar ayol” va “Ibratli oila bekasi” kökrak nişonlarini taqib çiqişi yurtimizda inson qadri, mehnat ahli qanday eʼzozlanişini körsatuvçi ramziy işoradir. Kelinlari Nargizaxon va Gulzodaxon, qizlari Feruzaxon va Madinaxonlarning çaqqonligi, odobi va mehmondöstligi oiladagi “ustoz — şogird”lik anʼanasi hamda özbek xonadonining muqaddasligidan darak beradi.
“Nuroniy” jamğarmasi Vobkent tumani bölimi faollari Rajabovlar oilasini haqli ravişda tumanning faxri, elga ibrat xonadon sifatida eʼtirof etişadi. “Mahalla” telekanalining tuman nuroniylariga bağişlangan körsatuvi aynan şu fayzli hovlidan suratga olingani ham bejiz emas.
— Doimiy keldi-ketdilar çarçatib qöymaydimi? — sörayman xonadon sohiblaridan.
— Çarçoq nimasi? Tursunoy Sodiqovaning bir şeʼrida: “Uç kun mehmon kelmasa, özbegimga uyatdir” degan satr bor. Bu bizning qon-qonimizga singib ketgan, — deydi Qursiya ona samimiylik bilan. — Men bu fazilatni rahmatli qaynonamdan örganganman, qizlarim va kelinlarimga ham şuni yuqtirganman. Sarişta hovlimiz, barakali boğimiz va issiqxonamiz kelgan mehmonni hayratlantirsa, ular bizning oş-mantimizdan yeb, xursand bölişsa, biz ulardan beş barobar köproq yayraymiz. Uyimizga baraka yoğilayotganini sezamiz.
Zotan, yurtimizda mana şunday fayzli, ibratli va dunyoga özbekning asl qiyofasini körsatib turgan tabarruk xonadonlar bor ekan, yurtimizning barakasi, özbek xonadonining jozibasi aslo yöqolmaydi.
Zamira RÖZIYEVA,
“Nuroniy” muxbiri.