Olamda yuz beradigan hodisalar, insonlardagi favqulodda isteʼdod va ğayritabiiy kuç, odatda, tabiiy qonuniyatlar bilan ölçanadi. Biroq şunisi ham borki, baʼzan ğayritabiiy kuç omillari inson ongi ilğay olmaydigan holatlar bilan ham izohlanadi va buni “ilohiy kuç” deb ataşadi. Insonga berilgan fikr yuritiş neʼmati uni hamişa tafakkur qilişga, yangi bilimlar sari intilişga çorlaydi.
Aslida, insonning Yaratganga bölgan iymoni, Uning hikmatiga işonçi va hayotini ezgulik asosida qurişga intilişida ilohiy kuçga bölgan işonçi namoyon böladi. Bu kuç insonni yomonlikdan qaytaradi, sabr-qanoat, adolat, mehr-oqibatga çorlaydi. Qurʼoni karimda insonga aql va tafakkur qiliş neʼmati berilgani va insonlar hamişa fikr yuritişi, olamni anglaşga intilişi zarur ekanligi bir neça bor takrorlanadi. Tafakkur orqali inson bilim oladi, ixtiro qiladi, jamiyatni rivojlantiradi.
Insoniyat tarixida ötgan buyuk siymolar ana şu ikki mezonga tayanib iş körişgan. Ulardan biri sohibqiron Amir Temurning davlatçilik tajribasi, ilmga munosabati va maʼnaviy qadriyatlarga tayanişi ilohiy kuç va inson tafakkuri uyğunligini anglaş uçun muhim tarixiy misoldir. Amir Temur öz davrining musulmon hukmdori sifatida har qanday muvaffaqiyatni faqat inson kuçiga emas, balki Allohning irodasi va marhamatiga ham boğliq, deb bilgan. Tarixiy manbalarda u ğalabalari uçun şukr qilgani, xayr-saxovat işlarini qöllab-quvvatlagani, masjid, madrasa va maqbaralar qurilişiga eʼtibor qaratgani qayd etiladi. Amir Temurning buyukligi faqat sarkardaligida emas, balki strategik tafakkurida ham namoyon bölgan. Uning qarorlari köpinça aniq hisob-kitob, tajriba, kuzatuv va uzoqni köra biliş qobiliyati asosiga qurilgan.
Insoniyat tarixidgi yana bir qomusiy olim va rassom Leonardo da Vinçi hayoti va ijodi ham inson tafakkuri kengliklarini namoyiş etişga misoldir. U koinot tartibi, tabiat qonunlari va yaratiliş sirlarini anglaşga intiladi. Bu nuqtai nazardan qaralganda, Leonardo da Vinçi merosi ilohiy kuç va inson tafakkuri örtasidagi munosabat haqida çuqur mulohaza qiliş imkonini beradi. Leonardo da Vinçi uçun ilm va sanʼat bir-biridan ajralmas edi. U inson tanasini örgandi, quşlarning parvozini kuzatdi, suv harakatini tahlil qildi, osmon jismlariga qiziqdi. Bu izlanişlarning barçasi tabiatdagi qonunlarni anglaşga qaratilgan edi. Leonardo da Vinçi misolida yuksak tafakkur insonni tabiat va koinot qonunlarini anglaş sari yetaklaşi mumkinligini köriş mumkin.
Maʼnaviyatsiz ilm insonni maqsadsizlikka olib borişi mumkin bölganidek, ilmsiz eʼtiqod ham turli notöğri talqinlarga sabab bölişi ehtimoldan xoli emas. Şuning uçun ham har bir inson yuksak maʼnaviyat, çuqur bilim va mustaqil tafakkurni uyğun rivojlantirişi zarur.
Kuşodbek Usmonov.