Bugungi islohot va yangilanişlar davrida yurtimizda iş olib borayotgan faol nuroniylar muhtaram Yurtboşimizning çaqiriqlariga labbay deb javob bergan holda, jamiyatimizning barça jabhasida ezgu va savobli işlarni amalga oşirmoqdalar. Ularning bevosita iştiroki natijasida qator muammolar hal etilmoqda, köplab oilalar kambağallikdan çiqarilmoqda, yoşlar bandligi taʼminlanib, kasb-hunarga yönaltirilmoqda, mahallalarda aholini qiynab kelayotgan masalalarga yeçim topilmoqda. Bir söz bilan aytganda, bugunning faol nuroniylari aholi farovonligini oşiriş, yoş avlodni barkamol etib voyaga yetkazişda asosiy kuç va tayanç vazifasini ötamoqdalar.

“Nuroniy” jamğarmasining Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani bölimi tomonidan olib borilayotgan ilğor taşabbuslar hamda ularning natijalarini fikrimizga yaqqol misol deyiş mumkin. Tuman nuroniylari sardori Hikmatulla hoji Oktamov masʼulligida bu borada “Yöl xaritasi” işlab çiqilgan bölib, Özbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlarida belgilangan topşiriqlar öz vaqtida bajarib kelinmoqda. “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturi, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul”, “Faxriylar — faxrimiz”, “Yuz bilan yuzlaşib”, “Qöşa qariş saodati” va yana qator loyihalar şular jumlasidandir.

Mazkur tadbirlar davomida faol nuroniylarimiz örta va yoş avlod vakillariga mustaqil hayotga qadam, oila tutiş sirlari, farzandlar tarbiyasi, kasb-hunar egallaş, yetuk mutaxassis bölib, el-yurtga sidqidildan xizmat qiliş yuzasidan insoniylik saboqlarini berib kelmoqdalar.

Tumanimizning faol nuroniylarini har doim band, qaysidir masala bilan maşğul holda körişingiz tabiiy, albatta. Ularning xayolida xalq farovonligi, avlodlar kamoli uçun hissa qöşişdek oliy maqsad turadi.

Jumladan, tarix fanlari nomzodi, qator darslik, risola va qöllanmalar muallifi, “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi Iskandar Hayitovning yoş avlod taʼlim-tarbiyasi, kamoloti oldidagi xizmatlari tahsinga sazovor. Iskandar aka “Toşkent”, “Mahalla”, “Zör TV”, “Mening yurtim” kabi telekanallardagi dasturlarda iştirok etib, köp sonli xalqimiz, ayniqsa, yoşlarga özining qimmatli maslahatlarini berib boradi. Qobuljon Mirnigmatov esa qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda yoşlarga jamoat joylarida özini tutiş, zararli odatlardan saqlaniş, salomlaşiş, muomala odobi haqida qimmatli maslahatlar beradi.

Marhamat Irgaşeva esa 1000 taqvim oyi bilan yuzlaşgan tabarruk onaxonlardan biri. Marhamat opa şijoat va harakatda yoşlardan aslo qolişmaydi. Ular bilan birga ezgu loyihalarni amalga oşirişga, el-yurt uçun yonib yaşaşga hamişa şay.

Mavluda opa Abduqodirova ham ana şunday faol nuroniylardan biri. Ular “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” körik-tanlovining respublika bosqiçida iştirok etib, ikkinçi örinni egallaganlar. Opaning yoşlar bilan işlaşdagi öziga xos tajribasi va uning samaralari hakamlar hayʼati tomonidan yuqori baholangan.

Tumanimizdagi “Avayxon” MFY hududi va aholi soni jihatidan mamlakatimizdagi eng katta mahallalardan biri sanaladi. Ayni mahallada hayot söqmoqlarini mardonavor yengib, yetarliça tajribaga ega bölgan Husnillo aka Azizov mahalladagi har bir yoş va qiyin vaziyatga tuşib qolgan oilalar bilan döstona munosabatda bölib, amaliy yordam berib kelmoqda.

Tumanimiz yoşlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş işlarida jonbozlik körsatib kelayotgan polkovnik Abubakir Dehqonboyev nuroniylar kengaşining faxri hisoblanadi.

Xalq manfaatlari yölida qilingan fidoyi mehnat, şubhasizki, beiz ketmaydi. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida faol nuroniylarimizdan Mavluda Abduqodirova, Sunnat Jalilov, Mohira Berdiyeva, Zuhra Taşevalar “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlandilar.

Davlatimiz rahbarining biz, nuroniylar oldiga qöygan vazifalarini sidqidildan bajarişda nuroniylardan Zulfiya Rasuli, Jahongir Boltayev, Olimjon Hidoyatov, Zulfiya Mamanova, Qobiljon Yuldaşev, Nasibaxon Abdullayeva, Turali Örozboyev kabi mehnatsevar, bağrikeng nuroniylarimiz har qança ardoqlaşga sazovordirlar.

Yuqoridagilardan kelib çiqib, aytiş mumkinki, tumanimizning faol nuroniylari bundan keyin ham öz zimmalariga yuklatilgan şarafli vazifalarni yuqori masʼuliyat bilan ado etib, yurt manfaatlarini taʼminlaş yölida kamarbasta bölib turadilar.

Davronboy Nizamov,

Mirzo Uluğbek tumani

Nuroniylar kengaşi aʼzosi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan