Yurtimiz böylab ötkazilgan “Keksalar haftaligi” öz mohiyatida mehr-oqibat, ehtirom va eʼtibor kabi ezgu qadriyatlarni mujassam qilmoqda. Şu munosabat bilan Özbekiston sud tizimi faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik Markazi taşabbusi bilan mazmunli maʼrifiy tadbirlar taşkil etildi.
Bugun yurtimizda faxriylarning ijtimoiy faolligini qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan islohotlar nuroniylar faoliyatida öziga xos sahifalar oçganligini kundalik hayotimizda körib, yaqqol guvohi bölib turibmiz.
Ayni kunlarda “Nuroniy” jamğarmasi va uning tarkibida jamlangan faol nuroniylar işi har qaçongidan-da qizğin pallaga kirgan. Mamlakatimiz böylab barça hududlarda keksalar, faxriylar iştirokida taşkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, sayohatlar nuroniy otaxon va onaxonlarning ğayratiga ğayrat qöşmoqda.
Özbekiston sud tizimi faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazi taşabbusi bilan Toşkent şahri va viloyatida istiqomat qiluvçi soha fidoyilari iştirokida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga uyuştirilgan sayohat ham ana şunday taşabbuslardan biri böldi.
Sayohat davomida mehmonlar muzeydagi ekspozitsiyalar bilan tanişib, Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davri tarixi, milliy davlatçilik anʼanalariga oid qimmatli maʼlumotlarga ega böldilar.
Tadbir bahona faxriylar özaro bir-birlari bilan muloqotda bölib, bugungi jadal islohotlar natijadorligiga munosib hissa qöşiş, barkamol avlod kamoloti yölida özaro hamqadam böliş xususida fikr hamda tajriba almaşdilar.
Bu kabi taşabbuslar yurtimizda odil sudlovni taʼminlaşga munosib hissa qöşgan faxriylarni eʼzozlaş, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş hamda mazmunli hordiq çiqarişlari uçun zarur şaroitlar yaratiş maqsadlarini közda tutib, öz davomiyligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Şerzod Daminov.