— deydi navoiylik nuroniylar
“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi hamda Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi taşabbusi bilan yaqinda bir guruh navoiylik nuroniylarning Toşkent şahriga sayohati taşkil etildi.
Taʼkidlaş kerakki, boy hayotiy tajribaga ega, turmuş sinovlarida toblangan, davlatimiz va jamiyatimizga munosib xizmat qilib, ayni paytda keksalik gaştini surayotgan piru badavlat nuroniylarimizning yoş avlod tarbiyasida öz örni bor. Ular doimo yoşlarni farovon yaşaşga, gözal turmuş keçirişga, ahil-inoqlikka, bugungi farovon kunimizning qadriga yetişga, ezgu amallarga saʼy-ğayrat körsatişga çorlab, duolarida yoşlarga umr, yurtga tinçlik, xalqqa baraka söraydilar.
Ayni paytda mamlakatimizda keksa avlod vakillarining salomatligini asraş, ularning boy hayotiy tajribasidan yoş avlod kamoloti yölida oqilona foydalaniş, jamiyatdagi faolligini oşiriş, keksalarning maroqli dam olişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, aziz nuroniylarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş ustuvor vazifalardan biriga aylangan.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 maydagi “Keksalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini yanada takomillaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan har yili oktyabr oyida “Keksalar haftaligi”, noyabr oyida “Keksalar uçun turizm oyligi”ni ötkaziş belgilangan bölib, uşbu taşabbus keksa avlod vakillarining hayot tarzida yangiça maʼno-mazmun kasb etmoqda.
Nurota va karmanalik nuroniylarimiz poytaxtga sayohat qilarkan, davlatimiz rahbari tomonidan keksalarga qaratilayotgan eʼtibor va ğamxörlikdan ğoyat mamnun böldilar. Mehmonlar “Sayohat” mehmonxonasiga joylaşib, dastlab Toşkent teleminorasiga, söngra Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga, “Ğalaba boği”ga bordilar. Keyingi kun sayohati Islom sivilizatsiyasi markazida ötdi.
— Hayot taşvişlari bilan bölib ança yillardan beri Toşkentga bormagan edim. Körib, közlarim çaqnab ketdi. Yirik özgarişlar, bunyodkorliklar, bir-biridan çiroyli turar joy majmualari, osmonöpar binolar hayratda qoldiradi kişini, — deydi Nurota şahar “Mustaqillik” mahallasi faol nuroniysi Tursun Hayitov. — Zamonaviy, şinam avtobus, şuningdek, xizmat körsatiş darajasining yuqoriligi bizlarga juda manzur böldi. Ayniqsa, Islom sivilizatsiyasi markazini körib, ğoyat hayratlandim. Poytaxtimizning eng katta, mahobatli masjidi bölmiş mazkur tarixiy, uluğvor markazda ibodatimizni ado etdik. Bir qator diqqatga sazovor joylar bilan yaqindan tanişdik.
— Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi, “Ğalaba boği” kabi diqqatga sazovor joylarda böldik. Sayohatning inson dunyoqaraşi, tafakkuriga taʼsiri kuçli deyişadi. Ayniqsa, öz yurtingning qudratini namoyon etuvçi tarixiy yodgorlik va majmualar mutlaqo boşqaça hissiyot beradi kişiga. Şu maʼnoda, bu galgi sayohat boşqalaridan butunlay boşqaça böldi, deb bemalol ayta olaman, — deydi mehnat faxriysi Muhammadazim Qurbonov.
Poytaxtdan katta taassurotlar bilan qaytgan mehmonlar uşbu sayohatni taşkil etgan tegişli idora va taşkilotlarga öz minnatdorçiliklarini bildirdilar. Har bir nuroniy öz sevinçini yaşirmay, duoga qöl oçib, xalq hayoti bugungidan-da farovon bölişini, yurtimizning tinç-osoyişta bölib, yanada taraqqiy etişini söradilar.
Abdumutal NORBOYEV,
Navoiy viloyati Nurota tumani faol nuroniysi.