Bir sayohat kitob öqigançalik kişiga taʼsir körsatişi, dunyoqaraşini özgartirişi bor gap. Şu sababdan u yoki bu sayyoh boradigan yerini alohida örganadi. Bu jarayonda borişga qaror qilingan mamlakatning tarixiy va şaharsozlik salohiyati, transport, gastronomiya, iqlim va şunga öxşaş omillar inobatga olinadi. Quvonarlisi, Özbekiston sayyohlar oqimi eng tez ösib borayotgan TOP-5 davlat qatoriga kirdi.

Birlaşgan Milllatlar Taşkilotining turizm taşkiloti havola etgan sönggi tahlillarga asosan, mamlakatimiz joriy yilning yanvar-mart oylarida xorijiy sayyohlarni jalb qiliş böyiça dunyoda eng yuqori ösiş qayd etdi.

Unga köra, sayohat qiliş uçun Özbekistonni tanlagan xalqaro sayyohlar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 37 foizga ösgan.

Global sayohat oqimi baholanganda, 2026 yilning birinçi çoragida dunyo böylab xalqaro sayohatçilar 307 millionni taşkil etgan, bu ötgan yilning şu davriga soliştirilganda 6 million nafarga köp.

Mamlakatimizda ham xalqaro sayyohlarni jalb etişda sezilarli özgarişlar kuzatilmoqda. Avvalo, bunga siyosat darajasida jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy majmuasi kabi madaniy-maʼrifiy, tarixiy ahamiyatga ega boqiy maskanlar, şuningdek, hududlarning gastronomik imkoniyatlari kengaya borayotgani dunyo ahlining eʼtiborini Özbekistonga qaratmoqda.

Raqamlarga töxtaladigan bölsak, 2025 yilda 11,7 millionga yaqin sayyoh kelgan bölsa, joriy yilning beş oyida bu körsatkiç 5,3 milliondan oşgan.

Bu oçiqlik siyosati, turizm infratuzilmasi, viza rejimi bilan boğliq bölib, mamlakatimiz nufuzining xalqaro maydonda yuksalişiga xizmat qilajak.

Suğdiyona Sobirova.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan