Muqaddas qadamjolarni ziyorat qiliş — xalqimizning asrlar davomida şakllangan ezgu qadriyatlaridan. Bunday maskanlarda, zamon va makon tuşunçalaridan qatʼi nazar, inson ruhi quvvat oladi, qalbi sakinat, maʼrifatga oşno böladi. Uzoq yillik tarix haqiqatlarini özida mujassam etuvçi majmualar yurtdoşlarimizda xabardorlikni oşiriş, uni tarixiy ildizlariga yaqindan boğlaşi jihatdan katta ahamiyatga ega.

Namanganlik bir guruh faol nuroniylar qöşni Qozoğiston Respublikasining Turkiston şahriga ham sayohat, ham ziyorat maqsadida safarga otlanişdi. Jarayon davomida tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar va zamonaviy bunyodkorlik namunalari bilan yaqindan tanişildi.

Dastlab Turkiston şahrida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan barpo etilgan yangi masjid majmuasida yaratilgan şaroitlar, milliy va islomiy qadriyatlarni özida mujassam etgan quriliş uslubi hamda zamonaviy infratuzilma mehmonlarning alohida eʼtirofiga sazovor böldi. Nuroniylar yurtimiz hamda qardoş xalqlar örtasidagi döstlik va hamjihatlik riştalari tobora mustahkamlanib borayotganini qayd etdilar.

Ziyorat buyuk mutafakkir va tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Xöja Ahmad Yassaviy maqbarasida davom etdi. Nuroniylar alloma hayoti va faoliyati haqida maʼlumotlarni eşitib, uning xalq maʼnaviyati taraqqiyotida tutgan örni haqida fikr yuritdilar. Qadamjoda Qurʼon tilovat qilinib, yurtimiz tinçligi, xalqimiz osoyiştaligi va yoşlarning kamoli uçun duo qilindi.

Keksa sayohatçilar Turkiston şahridagi tarixiy va zamonaviy obidalar bilan tanişar çoği qardoş xalqlarni birlaştirib turuvçi umumiy tarix, madaniyat va maʼnaviy merosning naqadar boy ekaniga guvoh böldilar. Şaharning bugungi taraqqiyoti, obodonlaştiriş va tarixiy merosni asraş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan ham tanişildi.

Aytiş joizki, bu nuroniylarning hayotiy tajribasini  boyitib, yoş avlodni milliy qadriyatlar va maʼnaviy merosga hurmat ruhida tarbiyalaşga xizmat qilişi bilan eʼtiborlidir.

Hilola ODILOVA.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan