Bugun yurtimizda taşkil etilayotgan mahalliy turizm tadbirlarida nuroniylarimiz ham faol iştirok etmoqdalar. Ayniqsa, poytaxtimizda joylaşgan Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, şuningdek, köhna va hamişa navqiron Samarqand zaminida qaytadan dunyoga böy körsatgan Imom al Buxoriy majmuasi hozirda yurtimiz va dunyo mamlakatlaridan kelgan sayyohlar bilan gavjum.
Jumladan, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidan bir guruh nuroniylar Imom al Buxoriy majmuasiga borib, uluğ muhaddis hazratlarining xotirasiga hurmat-ehtirom körsatdilar. Nuroniylarimiz muqaddas maskanda ziyorat qilar ekanlar, azizlar ruhini şod etiş bilan birga, yurtimiz tinçligi, xalqimiz farovonligi va davlatimiz ravnaqi uçun ham duolar qildilar.
Farğona viloyatining Qöqon şahridan kelgan sayohatçilarning ham safarlari köngildagidek böldi. Ular poytaxtimizda joylaşgan “Möyi-muborak” ziyoratgohi, Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bölib, xalqimiz tarixi, madaniyati va maʼnaviyati sahifalari bilan yaqindan tanişdilar. Ziyoratgoh va markazda yaratilgan şaroitlar, ulardagi eksponatlar, taqdim etilgan boy va qimmatli maʼlumotlar mehmonlarda ulkan taassurotlar qoldirdi.
Sayohat va ziyorat tadbirlari otaxonu onaxonlar uçun unutilmas lahzalarga boy böldi. Öz navbatida, ular yaratilgan mana şunday öziga xos imkoniyatlar, keksalar uçun eʼtibordan minnatdor bölib, buning uçun davlatimiz rahbariyatiga ulkan minnatdorlik bildirdilar.
Öz muxbirimiz.