Kasbim taqozosi bilan yurtimizning turli manzillarida yaşayotgan nuroniylar bilan suhbatlaşar ekanman, aksar hollarda savollarimga ulardan olayotgan javoblarimda özaro uyğunlik kasb etardi. Ammo Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi “Navbahor” mahallasida istiqomat qilayotgan 90 yoşli Berdimurod bobo Karimov bilan suhbatimiz odatdagidan farqli keçdi.
— Ikkinçi jahon uruşi davrida 7-8 yoşli bolakay bölgan ekansiz. Xalqimiz boşiga tuşgan oğir, sinovli kunlarni eslay olasizmi?
— Oğirliklar qanaqa bölganligini eslolmayman. Ammo öşa vaqtlarda ham yaxşi odamlarning köpligi yodimda qolgan. Otam vafot etganida beş yoşda ekanman. Keyin tönğiç akam Bobomurod kanal qaziş işiga ketib, vafot etgan. Onam voyaga yetmagan uç öğli bilan beva qolgan. Volidam doim “Oqil böling, olim böling!” degan allasini aytib uxlatardilar bizni. Boymurod akam ikkimiz uzoq qarindoşimiznikiga, mol-holiga qarab, uy işlariga kömaklaşgani borardik. Otasi çöpon bölib ötgan bizdek qişloq bolalariga mollarning tagini tozalab, öt-yemini vaqtida beriş iş böptimi?!
Ular ham bunga javoban özida borini qizğanmay, çorsiga kiyim-keçak, non-oş tugib berişardi. Akam bilan uyga xursand holda qaytib kelardik. Onam “polvon bolalarim” deb alqardilar. Qornimiz töygaç, yana “Oqil böling, olim böling, iloyo” degan allani eşitgança, qotib uxlardik. Akam ham, onam ham, bizga yordam berayotgan qişloqdoşlar ham juda yaxşi odamlar edi. Şundan bölsa kerak, oğirligu dard-alamlar emas, yaxşilar va yaxşiliklar yodimda qolgan.
Berdimurod bobo har voqeaning yaxşi tarafini köradigan, yaxşilik izlaydigan noyob inson ekanidan ruxlanib ketdim.
— Taqdir tilakka yaraşa böladi deganlaridek, onangizning orzulari röyobga çiqdimi?
— Ha, röyobga çiqdi. Uruş tugab, tinçlik kunlari boşlandi. Boymurod akam ham, Barotbek ukam ham öqimişli arxitektor bölişdi. Men esa fizika-matematika fani muallimi bölib, 40 yil davomida maktabda bolalarga taʼlim-tarbiya berdim. Oqilligim şu böldiki, Buvinor onangizga uylandim. Buvinor oliy maʼlumotli emas, ammo onamning yaxşi körgan kelini, yetti farzandimning oqila onasi böldi. Qişloqda qöli gul çevar bölib, hurmat-eʼtibor topdi.
— Oşirib yuboradilar-da, bu bobo, — samimiy tabassum bilan suhbatga qöşiladi Buvinor ona. — Mening baxtim — oqila qaynonaga kelin bölganim. Qaynonam Şahrizoda momo nimani tilasalar, söraganlari röyob bölaverardi. Yettinçi bolamga homiladorligimda qattiq betob böldilar. Qölimizdan kelgança oq yuvib-oq taradik. “Oy-kuning yaqin, Buvinor. Sen tuqqani “raddom”ga ketguningça Rabbim çaqirsin meni, öligimni özing kuzat, bolam”, — dedilar bir kuni. Qarangki, ertasiga qölimda öz omonatlarini topşirdilar. Janozaning ertasi kuni kenja öğlim Hamrozbek tuğildi.
Bu qadar osmonqalb, bu qadar yaxşilikparvar odamlar bilan suhbatim davomida ularning avliyosifat insonlar ekanliklariga guvoh böldim. Ularning 60 yildan buyon ahil-totuv yaşaşlari, yetti farzandning ikki nafari arxitektor, ikki nafari taniqli şifokor, biri ota kasbini olgan matematika fani muallimasi, yana biri ona hunarini davom ettirayotgan qöli gul tikuvçi bölib, elga tanilgani ularning ota-ona ibratini olib ulğayganidan dalolatdir.
— Keyingi paytlarda Berdimurod boboni uçraşuvlarga kamroq olib boryapmiz, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Navbahor tumani bölimi raisi Toşqul Abdiyev. — Sababi şuki, qişloğimizning har bir xonadonida bobodan ilm olib, tarbiya örganadigan öquvçilar bor. Axir, 40 yil bitta maktabda muallim böliş hazilakam gapmi?! Otaxonning bir qişloq şogirdidan taşqari, olislarda ham ilm-fan bilan şuğullanayotgan olim izdoşlari köp. Ular ham otani tez-tez yöqlab turişadi.
Uç öğil, uç kelin, tört qiz va tört kuyov, 21 nafar nevara, 17 nafar evara kunda-kunora oilaning piri badavlatlarini soğinib, ziyoratga kelişadi. Kattagina hovlidagi mevali daraxtlar parvarişi haliyam bobo nazoratida. Har holda bahordan to keç kuzgaça dasturxondan meva arimaydi. Kelinlarning oşxonasi uçun pomidor, bodring, sabzi, kartoşka… xullas, bari neʼmatlar şu tomorqadan çiqadi.
Ha, Şahrizoda onaning “Oqil böling, allayo, olim böling, alla!” degan tilaklari ijobat böldi. Orzulari röyobga çiqdi. Döst qidirib, döst topgan, baxtni orzulab, astoydil mehnat qilgan va unga erişib, qöşa qarib yaşayotgan ikki beğubor nuroniyga umringiz ziyoda bölsin, sizlar hamişa yoşlarimiz uçun ibrat va örnaksiz, degimiz keladi.
Zamira RÖZIYEVA,
“Nuroniy” muxbiri.