Hassos şoir Muhammad Yusuf: “Momolar har qayda bor, bizda bori qayda bor” deb yozganida ming bor haq edi-da. Bunga Xorazm viloyatining Qöşköpir tumanida istiqomat qiluvçi Sönajon momo Polvonova bilan suhbatda yana bir karra işonç hosil qildik. Momo bu yil 88 yoşga kiradilar. Sözi butun, çehrasi nurli, fikri qatʼiyatli. 14 farzandni dunyoga keltirgan ona öz davrida “Oltin yulduz” taqqan. 14 farzandning uç nafari vafot etib, 11 nafari ulğaygan. Şulardan 2 nafari öğil, 9 nafari qiz.
— Olti öğilli xonadonning beşinçi kelini bölganman, — deydilar onaxon. — Uç qaynoğam uruşga ketib, biridan qoraxat kelgan ekan. Ikkitasi esa nogiron bölib qaytişgan. Farzand doğida kuygan ota-onaga oson emas. Qaynota-qaynonam juda sabrli, mehnatkaş bölganlar… Qaynonam Niyozjon momo 11 bolamning barini yaxşi körgan. Şirinsöz, yuvoş edilar. Ular bilan 20 yil birga yaşadim. Şungaça doim yonimda maslahatgöyim bölganlar. Qizlarimning tarbiyasiga, ayniqsa, jiddiy qarardilar.
Sönajon momo bilan ança suhbatlaşdik. Suhbat davomida 47 yil oddiygina haydovçi bölib rözğor tebratgan turmuş örtoği Madrim ota haqida, bolalarni katta qilişdagi qiyinçiliklar, rözğoridagi borlik, yöqliklar xususida biror marta hasrat qilmadilar. Aslida oila muqaddasligi, totuvlik, ahillikning barqaror bölişi ham şunday oliy fazilatlar tufayli böladi-da.
Ayonki, xuddi şunday yaxşilikka suyaniş fazilati Madrim otaga ham xos. Qöşa qariş saodatiga yetgan bu ikki nuroniy bir paytlar sinfdoş bölib, bir partada ötirişgan. Öquvçilik davrida yonma-yon yurib, dalada paxta terişgan. 70 yildan buyon bir oilaning tozadil jufti bölib hayotning pastu balandida bir biriga suyanç bölişgan. Hayotning aççiq-çuçugini birga totişgan. Töqqiz qizni uzatib, ikki öğilni uylantirib, elga dasturxon yozişgan. Aytmoqqa oson bu.
Madrim ota Madaminov kitob öqişni juda yaxşi köradi. Aytişiça, şu kunda Abu Hamid Ğazzoliyning “Sabr va şukur” asarini öqiyapti. Tomorqadagi yigirma tupdan köproq mevali daraxtlarning parvarişiga haligaça otaning özi boş-qoş. Sönajon momo esa önta tovuqqa don va suv berib, tuxumini olişga odatlangan. Juda jonsarak, harakatsizlikni yoqtirmaydi. Bundan taşqari, Madrim otaning parvarişiga ham özi qaraydi.
Qutluğ xonadonlaridan mehmon arimaydi. 11 farzand, 36 nafar nevara, 48 nafar çevara bor uydan mehmon arirmidi?! Kimdir öqişga kirganini, kimdir işxonasidagi yutuqqa erişganini suyunçilab quvontiriş uçun, yana kimdir töymi, biror yiğin qilişni rejalayotgani aytib, maslahat oliş uçun kelaveradi. Agar şu hovlida bayrammi, tuğilgan kunmi nişonlansa, eng katta dasturxon ham kiçiklik qiladi, töğrisi.
Ular istiqomat qilayotgan “Qadriyat” MFY raisi Oybibi Ortiqova yoş oilalarga inoq-ahil yaşaş borasida nasihatlar qilib beriş uçun uçraşuvlarga taklif qiladi. Madrim ota ham, Sönajon momo ham garçi töqson yoş arafasida tursalar-da, elga hamişa kerak ekanliklarini his qilib, doimo mamnun yuradilar, Yaratganga çeksiz şukronalar aytadilar. Ha, qöşköpirlik qöşa qarigan otaxon va onaxon bugun barçaning izzat-ikromi va eʼtiborida. Oramizda şunday nuroniylar bor ekanlar, hayotimiz yanada çaroğon bölaveradi, albatta.
Zamira RÖZIYEVA
“Nuroniy” muxbiri.