Qöşa qariş saodati  — yaratgan öz bandalariga inʼom etgan neʼmatlardan biridir. Yurtimizda bunday baxtga erişgan oilalar bisyor. Ulardagi turmuş tutumi, azaliy qadriyatlarning bardavomligi bugungi kun yoşlariga ulkan ibrat hamda namunadir.

Navoiy şahar Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi taşabbusi bilan “Qöşa qariş saodati”  tadbiri taşkil etildi.

Unda “Yoşlik” mahallasida 53 yildan beri birga yaşab kelayotgan Nasim Norov va Xulisa aya Ergaşeva,  “Humo” mahallasida 51 yildan beri birga yaşab kelayotgan Hamid ota Şaripov va Norxol aya Toğayeva, “Istiqlol” mahallasida 53 yildan beri birga yaşab kelayotgan Ramazon ota Navrözov va Musallam aya Navrözovalardan iborat uç ahil juftlik davra töridan joy oldi.

Uçraşuvda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi bölim boşliği Nodira Musayeva, jamğarmaning viloyat bölimi raisi Şabon Nabiyev, faol nuroniylar hamda yoş oilalar vakillari iştirok etdilar.

Tadbir davomida nuroniylarning jamiyat hayotidagi örni, oila muqaddasligi, mehr-oqibat va hamjihatlik kabi qadriyatlar haqida söz yuritildi. Keksalarning hayotiy tajribasi yoş avlod uçun muhim ibrat ekani  taʼkidlandi.

Uçraşuvda söz olgan, qöşa qariş saodatiga erişgan nuroniy otaxonu onaxonlar yoşlarga özlarining hayotiy saboqlarini berdilar. Ular öz sözlarida Vatanni seviş, xalqqa munosib xizmat qiliş, turmuş sinovlari oldida mustahkam iroda egasi böliş, maşaqqatlarni birgalikda yengib ötiş, bu masalada farzandlarga ibrat böliş, ularga kasb-hunar örgatiş zarurligini qayd etdilar.

Tadbir yakunida uzoq yillar birga umr keçirib kelayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarga esdalik sovğalari topşirilib, ularga samimiy tilaklar bildirildi.

Maysara Nazarova.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan