Hayot insonga berilgan betakror neʼmatdir. Bir martagina taqdim etiladigan oltin imkon. Uni mazmun bilan boyitiş ham, yelga sovuriş ham insonning öziga boğliq. Yana bir haqiqat şuki, yaratgan egam odamzotga ham juft bölib yaşaş baxtini ato etgan. Muvaffaqiyatga erişiş, inson degan nomga munosib tarix qoldiriş köp jihatdan şunga ham boğliq, albatta.
Agar inson umrini ulkan kemaga mengzaydigan bölsak, uni boşqariş uçun eşkakni barobar tortadigan yöldoşing bölişi kerak. Şunda hayot kemang özing istagan manzilga yetib bora oladi, yaʼni maqsadingga erişasan. Maʼlum bir manzilga yetib, ortingga qaraganingda, bekor yaşamaganingni his qilişning özi katta baxt aslida.
Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahar “Aralovul” mahallasida yaşaydigan mehnat faxriysi Pölat Murtazayev va Şohida Yöldoşevalarning oilasi ana şunday baxtga erişgan xonadonlardan biri. Ellik yildan buyon baqamti, hamjihat bölib yaşab kelayotgan bu oila vakillarini barçaga örnak qilib körsatsak arziydi.
Pölat Murtazayevni nafaqat qaşqadaryoliklar, balki mamlakatimizning turli hududlaridagi nuroniylar yaxşi tanişadi. Pölat aka “Nuroniy” jamğarmasi Qaşqadaryo viloyati bölimida hisobçi, viloyat bölimi raisi örinbosari, ijroçi-direktor vazifalarida işlagan. Hozirda viloyat hokimining faxriylar işlari böyiça maslahatçisi yordamçisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
1975 yilda Toşkent xalq xöjaligi instituti (hozirgi Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti)ning kunduzgi bölimini tugatgan Pölat aka uzoq yillardan beri viloyat miqyosida turli lavozimlarda samarali mehnat qilib kelmoqda. U mehnat faoliyatini Ğuzor tumanidagi “Tohir-Zuhro Muqobil maşina traktor parki” 3-sonli bölimida hisobçilikdan boşlagan bölsa, keyinçalik viloyat qişloq va suv xöjaligi boşqarmasida boş mutaxassis, Iqtisodiyot boş boşqarmasining agrosanoat kompleksi bölimi boş mutaxassisi kabi vazifalarda samarali faoliyat yuritgan.
Turmuş örtoği Şohida aya Yöldoşeva qirq yil davomida muallimlik kasbini uluğ tutib, yoş avlod taʼlim-tarbiya berdi. Bugungi kunda u Qarşi şahridagi “Aralovul” mahallasi raisining oila, xotin-qizlar ijtimoiy, maʼnaviy masalalar böyiça örinbosari vazifasida işlamoqda.
Oilada tarbiyalangan tört nafar farzand hayotda öz örinlarini topib, yurt ravnaqiga munosib hissa qöşib kelmoqdalar. Jumladan, tönğiç farzand Farhod Murtazayev Boysun tumanidagi “Inter injiniring GPZ” kompaniyasida boş mutaxassis. Keyingi öğil Odil Murtazayev “Şörtangazkimyo” majmuasi muhandisi. Qizi Feruza Murtazayeva Qarşi şahridagi 19-sonli maktabda öqituvçi. Törtinçi farzand Suhrob Murtazayev “Öztelekom” Qarşi şahar boğlamasi boşliği vazifasida işlaydi.
Şohida aya iş faoliyati davomida mahallasidagi xotin-qizlarning muammolarini aniqlaş, hal etiş, ularning maʼnaviyatini yuksaltirişga munosib hissa qöşib, xotin-qizlar bilan işlaş böyiça komissiya, “Ayollar maslahati kengaşi”, “Ota-onalar universiteti” faoliyatiga kömaklaşiş, xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularga huquqiy, maʼnaviy, axloqiy, psixologik, tibbiy maslahatlar berişda faol iştirok etib kelayotir.
— Ön nafar nabiramiz bor. Ular hali maktabda öqişadi, huquqşunoslik, axborot texnalogiyalari va iqtisodiyot yönalişlariga qiziqişlari yuqori, — deydi Pölat aka Murtazayev. — Katta nabiram Firdavs Murtazayev bu yil 11-sinfni bitiradi. Kompyuter savodxonligi yuqori bölib, hozirdan oliy taʼlim dargohiga grant asosida kiriş yöllanmasini qölga kiritgan. Turmuş örtoğim bilan avval farzandlarimiz kelajagi uçun qayğurgan bölsak, endilikda nabiralarimiz kelajagi uçun harakatdamiz. Farzandlar, nabiralarning har bir yutuği —bu bizning yutuğimiz. Qaçonki, şularning biror yutuqqa erişganini körsak, ulardan ham köra köproq quvonamiz, umrimiz zoye ketmagani uçun Yaratganga şukronalar aytamiz… Jamiyatda boşi baland, köksi toğ bölib, oilasidan, farzandlaridan köngli tölib yaşaş baxti hammaga ham nasib etaversin. Buning uçun, avvalo, inson öziga munosib umr yöldoşi topa olişi kerak. Hayot yöli davomida, yaxşi-yomon kunlarda hammasiga sabr qilib, barobar harakatda bölib, yoruğ kunlardan umid qilgan holda, yonidagi umr yöldoşiga ham işonç ulaşib yaşay olgan inson, şubhasizki, baxtli odam sanaladi.
Pölat akaning bu fikrlari yillar sinovlarida toblanib, amalda öz isbotini topgan hayot xulosalaridir. Çindan ham, oilada ota-ona özaro hammaslak, hamqadam va ahil bölib yaşar ekan, ular bunyod etgan oiladagi farzandlar ham barkamol, el-yurt uçun kerakli dilbandlar bölib ulğayadilar.
Asolat Ahmadqulova,
“Nuroniy” muxbiri.