Hayot ilmi, sir-asrorlari haqida bilişni istar ekanmiz, tabiiyki, yoşi uluğ onaxonlarimizu otaxonlarimizning suhbatlariga oşiqamiz. Ular bilan muloqotda bölar ekanmiz, qarşimizda umr deb atalgan sinovning qançalab çiğiriqlaridan mardonavor ötgan donişmandlar turganligini his qilamiz.
— Hayotim haqida söraşsa, negadir keksalik davrimizda könglimizni yoritayotgan eng yaxşi voqealardan gapirgim kelaveradi, — deya hikoyasini boşlaydi. Surxondaryoning Bandixon tumanida istiqomat qiluvçi Çori ota Eşqobilov. — Mamlakatimizda Prezidentimiz taşabbusi bilan yoşi uluğlarga körsatilayotgan eʼtibor, hurmat-eʼzozdan men ham bahramand bölyapman. 2023 yili menga Umra safariga imtiyozli yöllanma nasib etdi. Saudiya Arabistoniga borganimda, öşa yurtning muxbirlari mendan intervyu olişdi. Dorilomon yurtda yaşayotganim, 1-darajali “Mehnat faxriysi” unvoniga ega ekanligimni çeksiz faxru iftixor, şukrona bilan gapirib berdim.
Çori otaning faxrlanganiça bor. Bugun yurtimizda barça nuroniylar özgaça izzat-eʼtibordalar. Ularning şu yoşgaça halol mehnat qilgani, iş faoliyatida öz davriga xos yutuqlarga erişgani, oila muqaddasligini köngilga tugib, el-yurtga kerakli öğil-qizlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgani ulkan eʼtirofga loyiq, albatta.
Otaxonning bolaligi Ikkinçi jahon uruşi davriga töğri kelgan. Yurtga kelgan qaxatçiligu kun körişning oğirligi bolalarning masʼum tuyğularini öğirlab, ularning zimmasiga tirikçilik taşvişini yuklaganligi rost. Uç akasi, bir opasi onasi Bolxinmomo bilan birga dalaga işga çiqişardi. Onasining bolalarini jamlab turib, non taqsimlaganlari, qorni oçiqqan bolakay uçun bir bölak non bilan qumğonda qaynagan çoyning qançalar totli ekanligi. Ha, bu aççiq xotiralar aslo uning ongu şuuridan öçmaydi.
Uruş tugadi, kundalik hayot asta-sekin yaxşilana bordi. Çori Eşqobilov Qarşi pedagogika institutiga öqişga kirdi. Talabalikdan söng muallim bölib, maktabda iş boşladi. Bu yoğidagi qiynçiliklarning barini tinçlik bölsa, yengib ötiş mumkin, axir. Şu qişloqning oldi qizlaridan bölgan Maqsadoy opaga uylandi. Rafiqasi institutda öqimagan, ammo odobi, mehnatkaşligi bilan eʼtibor qozongan.
Çori ota öşandayam köp kitob öqirdi. Fikri keng, qadriyatlarimizni hurmat qiladigan Maqsad opa aynan u istagan qizlardan bölib çiqdi. Ikkalovining birgalikdagi hayoti muşkulotlarni yengib ötiş irodasini berdi ularga. Şungayam 54 yil bölibdi-ya…
Maqsad opa qaynonasi Bolxinmomo bilan bor-yöği ikki yil birga yaşadi. Qaynona ötgandan keyingi hayot saboqlarini esa katta ovsini Şodmon yangadan oldi. Aslida bu hovlida tört ovsin ahil yaşaşdi. Biri ustozlikdan erinmadi, yana birlari şogird bölişdan çekinmadi. Maqsad opa yillar ötgani sayin Maqsad onaga aylandi. Uning aytişiça, ovsinlar hozirgaça ham ahilu inoq ekan.
Onalar ittifoq bölsa, jigarlarning bolalari ham bir-biriga mehribon bölişi tayin. Çori ota va Maqsad momoning uç öğilu ikki qizi ana şunday katta oilaning ahilligi içra ulğaydi. Öğillari Şavkatbek, Ergaşjonu, Erkinboy, qizlari Muqaddasxon, Nasibaxonlar bugun jamiyatimizda öz örinlarini egallab, uyli-joyli bölib, el-yurtga munosib xizmat qilib kelmoqdalar.
Çori ota esa tumandagina emas, viloyatda ham taniqli maorifçiga aylangan. Respublika xalq taʼlimi aʼloçisi, yana bir qança medallar sohibi. Şeʼrlar ham yozib turadi.
— Şu kunlarda Abduqahhor Ibrohimovning “Yoruğlik” degan asarini öqiyapman. Öqiganim sari Maqsad onangiz bilan keçirgan hayotimiz kuraşlardan iborat bölganligini anglayapman.
— Maqsad onani juda yaxşi körarkansiz-a? — sörayman otaxondan quvlik bilan.
— Uni mengina emas, qarindoş-uruğlarim, aka-opalarim, jiyanlarimning barçasi yaxşi körişadi. Onam rahmatli tanlab olib bergan kelin, axir.
— Çori otaning yaxşi fazilatlari şunçalik köpmi? — sörayman endi Maqsad onadan.
— Oliy maʼlumotli, köp kitob öqigan odamning yomon fazilati bölmaydi. Mana, 85 yoşga kirsalar ham hamon ğayrati sönmagan. Tomorqamiz kattagina. Undagi daraxtlarga özlari şakl beradilar, buni öğillariga ham örgatadilar. Biz kenjamiz Erkinjon bilan birga turamiz. U ham, nabiralar ham otasining yonida böladi. Dasturxonimizni töldirgan meva va sabzavotlarning bari öz tomorqamizdan çiqadi. Boşqa bolalarim ham öz oilasida ota tutumini yölga qöyişgan. Bolalarimni otasiga öxşagan bölişlarini sörab duo qilaman doim.
Çori ota va Maqsad onaning gaplarini eşitamanu baxtli oila quriş, qöşa qariş, elda obrö topiş erkak va ayolning bir-birovini töğri tuşunib, izzat qilişidan boşlanişiga yana bir bor amin bölaman.
Otaxon hozirgi kunda “Nuroniy” jamğarmasi Bandixon tumani taşabbusi va taklifiga köra, “Uç avlod uçraşuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarida tez-tez iştirok etib turadilar.
Ha, Çori ota singari piru badavlatlarimizning oq-qora kunlarni farqlab, yaxşi, saodatli davrlarning qadriga yetiş haqidagi hayotiy hikoyalari, ulkan tajribalari yoşlarimizning umr yöllarida yölçiroq bölişi şubhasizdir.
Zamira Röziyeva,
“Nuroniy” muxbiri.