Karomat ona va Saydullo ota Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlarining qöriq yerlarida yaşadilar. Qum, çöl deb atalgan, kişi irodasi va sabri, mehnatkaşligini sinovdan ötkazadigan bunday hududda yaşayversang, unga mehr beraversang, hattoki, çöl deganida ham böston bunyodga kelarkan. Keyin esa bu joylarda kökka böy çözgan daraxtlar, möʼjaz gulzorlarga  mehring tuşib, ayni qöriq yerlarni yaxşi  körib ham  qolarkansan.

Ular asli zominlik edilar. Taqdir bu juftlikni ança vaqt Döstlik tumanidagi qöriq makonlar, keyinroq Paxtakor tumani kengliklariga yönaltirdi.

Çöl deb atalgan makon ham qadrdon ona tuproq. Unga maşaqqat bilan daraxt  ekib, boğ qilsang, gul ekib, gulzor yaratsang, bu boğ dunyodagi eng qadrli boğ böladi. Bu  gulzor olam içra eng çiroylisi, eng yoqimlisi bölib tuyuladi.

Karomat ona  Zilola momoning fayzli hovlisiga 1970 yilda uçinçi kelin bölib tuşgan.

— Ikkala ovsiningiz ham oqila, yaxşi kelin  deb nom olgan. Ulardan ibrat oling, örganing. Kam bölmaysiz… — qaynonasining töydan keyingi birinçi  gapi şu bölgan.

Karomat kelin bu gapni  közmunçoq qilib yuragiga taqdi. Ovsinlari Buzaynab va Saidanur qaynonasi  aytganidek, unga hayotda çin muallimdek böldilar. Karomat kelin jomadon kötarib, maskan yangilaş sabotini ham, pazandalik sirlarini ham, sariştalik tutumini ham, bola parvarişidagi quntu tarbiya yösinini  ham ular bilan hamrohlikda örgandi. Tez orada Zilola momoning oqila keliniga aylana  oldi. Törtinçi öğil Norbötaning taqdiriga tutaş Nadyaxon ham millati rus bölsa-da, uşbu ahil oilaning qoidalariga böysundi. Oqila kelin böldi.

Asli bu hovlidagi ahilu totuv  tört aka-ukaning  bir-biriga suyançu mehribonligi ularning ayollari va bolalariga ham ötganligi ayni haqiqat. Saydullo uçun akalari Inoyatullo va Asadulloning har bir gapi qonun. Inoyatullo esa ukalari Asadullo, Saydullo, Norböta uçun çinakam mehribon,  maslahatgöy, barça oilaviy muammolarga yeçim topa oluvçi aka edi.

— 56 yil böldi xonadonga kelin bölib tuşganimga. Bu orada olti farzandni tarbiyalab, kamolga yetkazdik. Ovsinlarim alohida rözğor bölib,  yangi hovli qilganlaridan keyin ham ahilligimizu totuvligimizga köz tekkani yöq. Saidanur opam bilan  quda böldim. Qizim Zulxumorning suyukli oyijonisi böldi. Mendan keyingi ovsinimning millati rus,  ammo u ham bizning bir parçamizga aylana olgan. Hozir ukamiz Norböta bilan Çirçiqda yaşaşadi. Bordi-keldimiz quyuq. Töylarimiz, yiğinlarimiz  birgalikda ötadi.

Saydullo otaning ayolini bu katta oila haqida quvonib gapirişidan faxrlanib turgani seziladi. Otaxonning aytişiça, Karomat onaning özi ham juda yaxşi kelin, yaxşi ovsin, yaxşi ona bölgan. Çölma-çöl köçib, jomadon kötariş har kimga ham yoqavermaydi, axir. Buni faqat taqdiriga şukr qilgan, oilani muqaddas deb bilgan Karomat ona singari fidoyilargina uddalaydi.

Bugun Saydullo ota va Karomat ona Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida istiqomat qilişadi. Sakkiz sotixli hovli joyda boğu gulzor bunyod etişgan. Bunga qöşimça ravişda xöjalikdan berilgan — avvaldan böş turgan 10 sotixli maydonni ham obod qilib, daromad manbaiga aylantirib olişgan. Nabiralar uçun deb jamiki meva daraxtlaridan ekişgan. Kelinlarining qaynab turgiç qozoni uçun ketadigan sabzavotlar ham  şu tomorqadan çiqadi. Beş-oltita qöy boqiladi.

— Karomat onangiz juda zör, deysiz. Aynan qaysi fazilatlarini nazarda tutasiz? — sörayman Saydullo otadan.

— Hammaga mehribon, hammadan ham menga mehribon, — deydilar ota.  — Soğligim tufayli ança yillardan buyon parhez ovqat yeyman. Bu borada ayolimga teng keladigan  jonsarak yöqdek. Soğligimni öylaydi doim. Biz bilan birga yaşayotgan öğlim Rustamjon va kelinimiz Muhayyoxon ham onalaridan örganib, iş tutişadi. Bundan taşqari, mening tönğiç Oynazin opam şu kunda 94 yoşga kirdi. Yangangiz undan goh qizlari, goh ovsinlari bilan birgalaşib, tez-tez xabar oladi. Şu feʼllarini  juda qadrlayman.

Saydullo ota Abdurazzoqov uzoq yillar turli idoralarda iqtisodçi,  bank boşqaruvi raisi bölib işladi. Tuman hokimining iqtisodiy masalalar böyiça örinbosari vazifasida ham faoliyat yuritdi. Karomat ona esa  har doim unga ğamxörlik körsatib,  parvariş qilişini qöymadi. Bolalariga ham bu  ibrat böldi. Oilada ota nufuzi, ona hurmatining balandligi şundan, albatta.

Bugun Saydullo otaning ham, Karomat onaning ham oyoq uzatib ötirgiç böş vaqti kam. Karomat ona mahalla-köy, qöni-qöşnilar bilan juda inoq. Ularning bemoridan xabar olib,  töy-töyçiğida maslahatgöy böladi. Bahor keldi, degunça  katta doşqozonlarda sumalaklar pişirişadi.

Saydullo ota  özi istiqomat qilayotgan “Şarq yulduzi” mahalla fuqarolar yiğinining faoli sifatida kambağallik reyestriga tuşib qolgan beş xonadonga masʼul sifatida biriktirilgan. Ulardan Qiliçbek Hosilov bilan Otaqözi Berdialiyevlar xonadoni otaning maslahati va kömagi bilan  imtiyozli kredit olib, issiqxona qurişdi. Endi yil böyi mavsumga qarab  ekin ekişyapti. Hozirda ular kambağallikdan çiqib, farovonlikka erişib borayotgan oilalardan hisoblanadi.

Yaqinda “Nuroniy” jamğarmasining Zarbdor tumani bölimi taşabbusi bilan uşbu baxtli juftlikning hayot va faoliyat yöliga bağişlangan “Qöşa qariş saodati” tadbiri bölib ötdi.

Unga jamğarmaning tuman bölimi raisi Abdulla Azimov, yetakçi mutaxassis Karomatillo Toşboyev,  MFY raisi Musurmon Hasanov,  xotin- qizlar yetakçisi Muqaddas Kenjayevalar boş-qoş bölişdi.

Öğil-qizlar,  kelinu kuyovlar, mahalla ahli uşbu tadbirda iştirok etib, nuroniy otaxonu onaxonga havas qilarkanlar, halol mehnat, ahilligu   totuvlik, şukronalik hissi insonga baxt, hurmat, umri ziyodalik keltirişiga yana bir karra guvoh böldilar.

Zamira RÖZIYEVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan