Samarqand viloyati Qöşrabot tumanining toğli “Pangat” mahallasida  tabarruk yoşli otaxon — Narzulla bobo Qöşboqov yaşaydilar. 94 yoşni qarşilagan otaxondan bardam-baquvvatlik, uzoq umr sirlarini söraganlarga jismoniy faollik deb javob beradilar. Darhaqiqat, otaxon esini tanigandan buyon mehnat qiladi. Örta maktabni tamomlagandan boşlab, jamoa xöjaligida quruvçi bölib işlagan. Uzoq yillik mehnat faoliyati davomida köplab yöllar va binolarning qurilişida, Qöşrabot tumani obodligi yölida mehnat qilgan.

Işdan böş paytlarida boğdorçilik bilan şuğullangan, köçatlarni payvandlaş, kasallikka çidamli, serhosil yangi navlar yaratiş eng sevimli maşğuloti bölgan. Çorvaçilik bilan qiziqqan, ot, sigir, qöy-eçkilarning nasliga eʼtiborli bölgan. Sara zotli hayvonlarni köpaytirişga eʼtibor qaratgan.

— Menga uzoq umr köriş, qöşa qariş haqida köp savollar berişadi. Ularga uzoq umr körişni istasang, köproq harakat qil, mehnat qilsang, soğlom bölasan, ham oilang tökin böladi, degan gapni köp aytaman, — deydi otaxon. — Qöşa qariş masalasiga kelsak, butun umr birga yaşaydigan odamning nasl-nasabi, oilasini obdon örganiş va keyin turmuş quriş zarur. Axir, bölajak ayoling  avloding  davomçisi bölgan farzandlaringni dunyoga keltiradi, tarbiyalaydi. Bu juda jiddiy masala. Amir Temur bobomiz ham kelin tanlaşni davlat işi darajasidagi masala, deb qaraganlar. Ayolim Manzuraoy bilan turmuş qurganimizga bu yil yetmiş bir yil töladi. Uç nafar farzandimiz bor. Ikki qiz, bir öğil. Farzandlarimning kattasi — qizimning yoşi ham yetmişga borib qoldi. Hammasi özidan tingan, uvali-juvali bölib ketişgan, şukr. Nevarayu evaraning sanoğini özimam bilmayman, töğrisi, sanamayman ham. Barakasi uçmasin deyman-da.

Qişloq ayollari qatori qöllari mehnatda qavargan, 88 yoşda bölsalar ham, hamon qaddi tik, harakatlari ildam onaxonni suhbatga tortaman.

— Onaxon, yetmiş bir yil birga yaşabsizlar, bu oz muddat emas. Şu yillar davomida qanday umr keçirganingizni köz oldingizga keltirgan çoğingizda könglingizdan qanday hislar keçadi?

— Yetmiş bir yil birga yaşagan davrimda, umuman, 88 yillik hayotim davomida faqatgina şukronalikni his qildim, — deydi Manzura aya. — Alloh şunçalik umr, turmuş örtoq, farzandu nabira-evaralar berdi. Barçasiga şukr. Töğri, hayot yöli bir tekis ketmagan, kamçiligu tuşunmovçiliklar bölgandir, ranjigandirman, lekin tişimdan taşqariga çiqarmaganman. Çunki men tarbiya topgan oilada, ayolning sabrli bölişi haqida doimo uqtirib kelingan. Tinmay mehnat qildim, rözğorning butunçiligi uçun tirişdim. Erkak toğday topib kelsa ham ayol örniga qöyib, eplab, joy-joyiga işlatmasa, rözğorda baraka bölmaydi. Heç nimani isrof qilmaslikka, boridan unumli foydalanişga harakat qildim. Qöy-eçkilarimizning yungini yigirib, gilamlar töqidim. Uylarimizni qip-qizil qilib bezadim, qizlarimning sepiga qöşdim. Mahallamizda men töqigan gilamlarning xaridori köp böldi. Orttirganimni sotib, boşqa kamçiliklarni butladim. Sabzavotlar, göşt-yoğ, hatto un ham özimizdan çiqadi. Buğdoy ekib, tegirmonda torttirib olamiz. Buning hammasi mehnat va harakat talab qiladi. Vaqtimni bekorga sarflamadim, doimo foydali iş bilan şuğullandim. Uzun qiş keçalarida  yo jun yigirib, yo paxta çuvib vaqt ötkazardim. Mehnatlarim evaziga kamçilik körmadim, rözğorim but, barakali böldi, şukr. Farzandlarim ham mehnatda katta böldi. Halol non yeb ulğaydi, hozir ular ham farzandlarini şunday tarbiyalayaptilar. Insonning halol rizq yeb ulğayişida gap köp, unib-ösadi, el-yurt oldida yuzi yoruğ böladi. Şu yoşimda ham endi böldi, qaridim, deb ötirmayman, özimga mos iş topib, bajarib ketaveraman. Harakat qilib yurgan odam jim ötirolmas ekan. Tirik odam harakat qilgani yaxşi-da, ötirib qolişdan Xudo asrasin.

Ötayotgan umri va taqdiridan rozi onaxon bilan suhbatlaşib töymaysiz. Sodda, samimiy, dilkaş onaxonning mehr töla sözlari dilga olov yoqadi.

— Hayotimdan mingdan-ming roziman, — deydi otaxon. — Agar yana qayta dunyoga kelsamu tanlaş imkoniyati berilsa, yana şu hayotimni, şu ayolimni, oilamni tanlagan bölardim. Ötgan umrimni sarhisob qilib körsam, könglim yorişadi. Yomon yaşamadim, birovni ranjitmadim, özgalar haqiga köz olaytirmadim. Farzandlarimga ham şunday tarbiya berdim. Qaysidir xislatim yoqqanmi, Yaratgan şunday barakali umr berdi. Mahalla-köy, qöni-qöşnilar tez-tez ziyoratga kelib turişadi. Yangi tuğilgan çaqaloqlarni olib kelişadi, nom qöyib beraman, quloğiga azon aytaman. Elda aziz qilib qöyganiga şukr.

Ötgan hayotini köz oldiga keltirib, hozirda yonida bölmagan aziz insonlariyu döstlarini eslabmi, közlariga yoş olgan Narzulla ota, sezdirmaslik uçun derazadan körinib turgan qirlarga köz tikadi. Şu qirlar bağrini töldirib, gulduros solib ot çoptirib yurgan yigitlik damlarini qömsaydi, soğinçi közida yoş bölib miltillaydi…

Nuroniy otaxonu onaxonning duolarini olib, taşqariga çiqarkanmiz, uşbu fariştadek beozor insonlarning ibratiyu matonatiga havas tuyğusi butun borliğimizni çulğab olganligini yurak-yurakdan his qildik.

Asolat AHMADQULOVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan